O‘qituvchilar uchun attestatsiya savollari (Javoblari bilan)

7-sinf Tarix fanidan test savollari
19.03.2017
Attestatsiya savollari 2017 (na’muna)
20.03.2017
Show all

O‘qituvchilar uchun attestatsiya savollari (Javoblari bilan)

Attestatsiya maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun har 5 yilda, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog kadrlari uchun har 3 yilda bir marta o‘tkaziladi.

Belgilanishicha, quyidagilar attestatsiyadan o‘tkazilishi shart:

  • maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli;
  • umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining oliy ma’lumotli;
  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining umumta’lim, chuqurlashtirilgan va kasbiy ta’lim fanlari bo‘yicha oliy ma’lumotli;
  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli pedagog kadrlari.

Attestatsiya 2 bosqichda o‘tkaziladi:

  • attestatsiyadan o‘tuvchilarning o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovi natijalari, dars o‘tish mahorati, mehnati samaradorligi ekspert guruhi tomonidan o‘rganiladi va tegishli tavsiyalar tayyorlanadi;
  • attestatsiya komissiyasi tomonidan pedagog kadrlarning xorijiy tillar, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilishi, ijtimoiy-siyosiy bilimlarini aniqlash yuzasidan suhbat o‘tkaziladi. Suhbat jarayoni videotasvirga olinadi.

Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan o‘tuvchining ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, “attestatsiyadan o‘tdi/o‘tmadi”, “tegishli malaka toifasi (lavozim) berilsin/saqlansin/tushirilsin” degan qarorlardan birini qabul qiladi.

Attestatsiya komissiyasi “Attestatsiyadan o‘tmadi, mutaxassis (o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas” degan qarorni qabul qilsa, pedagog kadrlar navbatdan tashqari malaka oshirish kurslariga yuboriladi va keyingi yilda qayta attestatsiyaga jalb etiladi.

Pedagog kadrlar qayta attestatsiyadan o‘tmasa, ish beruvchi tomonidan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

Quyida ba’zi fanlardan attestatsiya savollari va javoblari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

uz_UZUzbek