7-sinf Geografiya fanidan 2-chorak testi (2-variant)
10.11.2017
6-sinf Biologiya fanidan test savollari 1-variant
13.11.2017
Show all

4-sinf Ona tili fanidan 1-chorak testi

1.Gap deb nimaga aytiladi ?
A)So’roq mazmunidagi so’zlarga aytiladi. B)Tugallangan fikrga aytiladi
D)So’zlar majmuasiga aytiladi. E)T.J.Y
2.Darak gap berilgan qator ni aniqlang.
A)Yaxshilik yerda qolmaydi. B)Vatan tuyg’isi nima?
D)Aziza, ertaga kelasanmi? E)Gulla ,yashna O’zbekiston!
3.”Umrboqiy” so’zi qaysi so’z bilan birikma hosil qilmaydi?
A)ohang B)satrlar D)asar E)kapalak
4.Oynaga….ketdi. Mazkur gapda tushib qoldirilgan so’zni aniqlang.
A)darz B)siniq D)dars E)teshik
5.”Tug’ro” so’zining m’nosi nima?
A)bayroq B)yulduz D)gerb E)nishon
6.Gapning asosini qaysi bo’laklar tashkil etadi?
A)ega B)kesim D)ega va kesim E)I.D.B
7.Kesimning so’rog’i berilgan qatorni aniqlang.
A)nima qildi? B)qanday? D)kimlar? E)qancha?
8.”Xarsang” so’zining ma’nosi nima?
A)toliqmoq B)katta tabiiy tosh D)qovun turi E)qattiq
9.Gullar kechasi ko’zlarini yummaydi. Gapning egasini toping.
A)gullar B)kechasi D)ko’zlarini E)yummaydi
10.”Biz qovunlarni ,tarvuuzlarni mashinalarga ortdik.”Mazkur gapdagi ikkinchi darajali bo’laklarni belgilang.
A)Biz,ortdik B)tarvuzlarni,qovunlarni D)qovunlarni,tarvuzlarni,mashinalarga E)biz,qovunlarni,ortdik
11.Uyushiq bo’laklar nima?
A)O’zaro bo’g’langan bir nechta gaplar. B)kimni?,nimani?so’rog’g’iga javob bo’lgan so’zlar
D)So’zlovchining fikri qaratilgan shaxs
yoki narsa E)Gapda bir xil so’roqqa javob bo’lgan,bir so’zga bog’lanib kelgan so’zlar
12.Qaysi gapda kesimlar uyushib kelgan.
A)Mayna mayna yoqimli ovoz bilan sayray boshladi.
B)Mard tog’ri va haq gapni gapiradi.
D)Bulbullarning yoqimli sayrashi kishiga zavq beradi.
E)Oy yoritadi,biroq isitmaydi.
13.Uyushiq bo’laklar qahday bog’lanadi?
A)Ohang yordamida B)ammo so’zi yordamida
D)va ,lekin so’zlari yordamida E)barcha javoblar to’g’ri
14. Uyushiq bo’laklar ”ammo”,”lekin” so’zlari yordamida bog’lansa qanday tinish belgisi qo’yiladi?
A) ikki nuqta B) vergul
D) undov E) chiziqcha
15.Undalma nima?
A)tugallangan fikr B)fikrning kimga qarata aytilganini bildiradi.
D)xabar mazmunidagi gaplar E)so’roq mazmunidagi gaplar

16. Nutqning qanday shakllari bor?
——————————————————————————————————–
17. Matn deb nimaga aytiladi?
———————————————————————————————————
18. O’zbek tilida nechta tovush bor?
———————————————————————————————————-
19. Alifbo deb nimaga aytiladi?
———————————————————————————————————-
20.Gapda so’zlarni bir-biriga qaysi qo’shimchalar bilan bog’lanadi?
———————————————————————————————————–

 

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15
B A E A D D A B A D E E E B B

 

  1. og’zaki va yozma
  2. Matn mazmunan o‘zaro bog‘langan gaplardan

tuziladi.

  1. 29 ta
  2. Tartib bilan terilgan harflar
  3. So’zlarni o’zaro bog’lovchi qo’shimchalar.

uz_UZUzbek