6 – sinf Matematika fanidan 2-chorak testi
20.11.2017
8-sinf Ona tili va adabiyot fanidan bilimlar bellashuv uchun test
22.11.2017
Show all

7-sinf Ona tili va adabiyot fanidan bilimlar bellashuv uchun test

1. Bir-biriga mazmunan yaqin bo‘lgan olmoshlarning birikuvidan hosil bo‘lgan olmoshlar?
A) Juft olmoshlar B) Takroriy olmoshlar
C) Sodda olmoshlar D) Qo‘shma olmoshlar
2.Qaysi qatorda zidlov bog‘lovchilari berilgan?

A) Va, hamda, bilan B) Ammo, lekin, biroq
C) Yo … yo, goh … goh D) Na … na

3.Qaysi qatorda sof bog‘lovchi berilgan?
A) Lekin, ammo B) Bilan, ham
C) -u (yu) D) -da, na … na

4. Ko‘ngil, sen munchalar nega
Kishanlar birla do‘stlashding?
Na faryoding, na doding bor,
Nechun sen muncha sustlashding?
She’rdagi boglovchining turini aniqlang
A) Biriktiruv bog‘lovchi B) Zidlov bog‘lovchi
C) Ayiruv bog‘lovchi D) Inkor bog‘lovchi

5.Holatga taqlid so‘zlar qatorini toping
A) Lik-lik, qult, pix-pix B) Yilt-yilt, jiq, dik
C) Gurs-gurs, taq-tuq, lip D) Chip, yalt, tap-tap

6.«O‘h-ho‘, buncha katta ketdingiz!» Ushbu gapdagi undov so‘z qaysi ma’noni anglatyapti?
A) Mag‘rurlanish B) Mensimaslik
C) E’tiroz D) Qoyil qolish

7.Belgini aniqlash uchun ishlatiladigan olmoshlar qaysi qatorda berilgan?
A) Hech qanday, hech qaysi B) Har qaysi, har bir
C) Allanima, allanarsa D) Qanday, qanaqa?

8.Rasul Hamzatov «Ona tilim» she’rida «Ko‘ksimda qo‘rg‘oshin quyosh tig‘ida, Tog‘lar orasida yotibman bejon» misralaridagi «tog‘lar» so‘zi qaysi tushunchaga ishora qilmoqda?
A) Mavhum bir makon B) Shoirning vatani Dog‘istonda
C) Qabr D) Yer sayyorasi

9.«Sharq yulduzi», «Guliston» jurnallarida bosh muharrir bo‘lib ishlagan, O‘zbekistonda birinchi haftalik gazeta – «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati»ga asos solgan ijodkor kim?
A) M.Osim B) Shuhrat C) A.Muxtor D) A.Avloniy

10.«Yo‘l» she’rida shoir (Asqad Muxtor) uchun yo‘l qanday mazmun kashf etgan?
A) Ayriliq B) Ijod.
C) Turmushdagi muammolar. D) Uzoq safarga sayohat.
11.O‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil. Ushbu gapda olmoshning qaysi turi qo‘llanilgan?
A) So‘roq olmoshi B) O‘zlik olmoshi
C) Belgilash olmoshi D) Bo‘lishsizlik olmoshi
12.Qaysi qatorda tub olmoshlar berilgan?
A) Kim, nima, allaqanday? B) Hamma, barcha
C) Allakim, hech bir D) Qaysidir, kimdir

13.Olmoshlar gapda qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelishi mumkin?
1) ega; 2) kesim; 3) to‘ldiruvchi; 4) aniqlovchi; 5) hol.
A) 1, 3, 4, 5. B) 1, 2, 4, 5. C) 1, 2, 3, 4, 5. D) 1, 3.

14.U, bu, shu olmoshlari qaysi kelishiklar bilan turlanganda kelishik qo‘shimchasi oldidan bir –n tovushi orttiriladi?
A) Jo‘nalish, o‘rin-payt, tushum kelishigi
B) Jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi
C) Qaratqich, jo‘nalish, chiqish kelishigi
D) Bosh kelishik bilan turlanganda

15.Qaysi qatorda jamlash, umumlashtirish ma’nosini ifodalovchi olmoshlar berilgan?
A) Hech kim, hech qaysi B) Har bir, har qaysi
C) Barcha, hamma, bari D) Allakim, allanima

16.Men, sen olmoshlari qaratqich kelishigi bilan turlanganda qanday tovush o‘zgarishi ro‘y beradi?
A) Tovush almashishi B) Tovush tushishi
C) Tovush orttirilishi D) Tovush o‘zgarishi ro‘y bermaydi

17.Quyidagi olmoshlardan qaysi biri egalik qo‘shimchasi bilan qo‘llanmaydi?
A) Nima? B) Kim? C) Biz D) O‘z

18.Qaysi qatorda olmoshdan yasalgan so‘zlar berilgan?
A) Ularga, menimcha, unday B) Shunda, shu yerda, shuni
C) Bugun, butun, birov D) Sensira, manmanlik, sizla

19.Maftuna 7-sinfda o‘qiydi. U a’lochi. Ushbu gapda olmosh qaysi so‘z turkumi o‘rnida qo‘llangan?________________________________________________
20.Birinchilardan bo’lib sho’ro idoralaridagi mas’ul xodimlarning munofiqona basharalarini ochib tashlagan «zamon kuychisi» kim edi?__________________
21.«Yo‘qlatmagan har kuning yilcha bo‘lurmi hay – hay» deb boshlanuvchi, sevimli qo‘shiq bo‘lib kuylanayotgan ushbu misralar qaysi shoiraning qalamiga mansub?________________________________________________________
22. Shuhratning qaysi asarida Sho‘ro tuzumining eng adolatsiz, eng chirkin
bosqichi bo‘lmish qatog‘on davri mahorat bilan aks ettirilgan?
______________________________________________________________
23.Shuhratning «Mardlik afsonasi» balladasi qaysi mard qahramonning shijoati haqida?___________________________________________________________
24. Qaysi kelishik shakllari doimo bir xil gap bo‘lagi vazifasida keladi?
_______________________________________________________
25.Ismlarning egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi qanday nomlanadi? _____________________________________________________

 

uz_UZUzbek