8-sinf Geografiya fanidan test savollari
1.O‘zbekiston iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi nimani o‘rgatadi?
A)Mamlakatimiz hayoti , boyliklari tabiati B ) Xalqimiz hayot tarsi, ishlab chiqarishning hududiy tarqalishi
C ) Yer resurslari , yirik ishlab chiqarish D) Yerning tuzilishini
2. Geografik o‘rini deganda nimani tushunasiz ?
A )O‘zbekiston chegaralarini B ) Qo‘shni davlatlar bilan aloqada C ) Davlatning joylashgan o‘rni
D) Yer osti va usti boyliklarini
3. Tabiiy geografik o‘rni deganda nimani tushunasiz ?
A )Tabiat yaratgan obe’ktlar hisobga olinadi B ) Qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar C) Qaysi davlatlar bilan chegaradosh D) Yer resurslarini
4. O‘zbekiston qachon BMT ga a’zo bo‘lgan ?
A) 1991 yil 1 sentabr B) 1992 yil 8 dekabr C) 1992 yil 2mart D) 1994 yil 14 may
5. O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan chegaradosh ?
A)Qozog‘iston , Qirg‘iziston ,Tojikiston , Тurkmaniston, Afg‘oniston B) Qozog‘iston, Qirg‘iziston , Тojikiston, Тurkiya, Afg‘oniston. C) Qozog‘iston , Qirg‘iziston, Тojikiston, Eron, Afg‘oniston
D) Qirg‘iziston Тojikiston, Qozog‘iston,
6. O‘zbekiston hududidan o‘tgan qadimiy savdo yo‘lini toping?
A) “Buyuk ipak yo‘li “ B) Тrans sibr yo‘li C) “Osiyo” avto yo‘li D) O‘z avto yo‘l
7. O‘zbekiston maydoni qancha?
A) 447,8 ming kv km B) 448,9 ming kv km C) 445,4 ming kv km D) 348,7 ming kv km
8. O‘zbekiston siyosiy ma’muriy jihatdan nechaga bo‘linadi?
A) 12 ga B) 13 ga C) 14 ga D) 9 ga
9. Тabiiy sharoit nima ?
A) iqlim ,tuproq , relef, suv,iqlim mintaqalari, tabiat zonalari B) Тabiiy boyliklar, temperatura.
C) Yog‘inlar, oqar suvlar , qishloq xo‘jalik ekinlari. D) Tabiat boyliklari
10.Тabiiy sharoit va tabiiy boyliklar bir-biriga bog‘liqmi?
A) bog‘liq B) bog‘liqligi yo‘q C ) qisman bog‘liq. D) bog‘liq emas
11. O‘zbekiston nechta tabiiy mintaqaga ajratilgan ?
A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 2 ta
12. O‘zbekiston tabiiy boyliklaridan necha % foydalanadi ?
A) 45 % B) 50 % C) 70 % D) 60 %
13. O‘zbekiston aholisi qancha ?
A) 25 mln B) 26 mln C) 26,5 mln kishi D) 20 mln kishi
14 Тabiiy ko‘payish nima ?
A) Aholining tug‘ilish hisobiga ko‘payishi. B) Ko‘chib kelish hisobiga ko‘payish.
C) Uzoq umr ko‘rish hisobiga ko‘payish. D) Aholining tez o‘sishi
15. Aholining mexanik ko‘payishi nima?
A) Тug‘ilish xisobiga ko‘payish . B) Ko‘chib kelganlar xisobiga ko‘payish C) Uzoq yashash hisobiga ko‘payish. D) Aholining tez o‘sishi
16. Aholi zichligi nima?
A) Axolining joylashishi B) Aholi soni C) 1 kv km ga to‘g‘ri keladigan aholi soni .
D) Aholining tug‘ilish hisobiga ko‘payishi
17. Migratsiya nima ?
A) Ko‘chish B) Ko‘chib kelish C) Ko‘chib ketish D) Aholi soni
18. Emigratsiya nima?
A) Mamlakatdan ko‘chib ketish B) Mamlakatga ko‘chib kelish S) Bir joyda turg‘un yashash.
D) Aholi soni
19.Imigratsiya nima?
A) Mamlakatdan ko‘chib ketish B) Mamlakatga ko‘chib kelish C) Bir joyda turg‘un yashash.
D) Aholi zichligi
20. O‘zbekiston aholisining jinsiy tarkibi qanday ?
A) 50,1 % ayol va 49,9 % erkak B) 52,9 % erkak va 47 % ayol C) 52,9% ayol va 50% erkak
D) 60,4 % ayol va 47,6 % erkak
21. Urbanizatsiya nima ?
A) Ko‘chish B) shaharlashish C) yo‘ldosh shaharchalar D) Ko‘chib kelish
22. Ekstensiv qishloq xo‘jaligi nima ?
A) Mehanizatsiyalashmagan fan-texnika taraqqiyotidan foydalanmaydi.
B) Ilg‘or texnika bilan qurollangan. C ) Maxsulot ko‘p beradi. D) Texnikalashtirish
23. Intensiv qishloq xo‘jaligi nima?
A) Fan – texnika yutuqlaridan foydalanadi, chiqindisiz, xom ashyoni tejab ishlatadi.
B) Fan- texnika yutuqlaridan foydalanmaydi. C) Maxsulot ko‘p yetishtiradi. D) Ko‘p foyda ko‘rish
24.Yoqilg‘i turlarini ko‘rsating .
A) Ko‘mir gaz neft B Ko‘mir, temir,torf C) Ko‘mir,gaz, neft,torf,slanes D) Gaz,temir
25.Metalurgiya qanday tarmoqlardan tashkil topgan?
A) Qora metalurgiya B)Qora va rangdor metalurgiya C) Rangdor metalurgiya. D) Temir