9-sinf Biologiya fanidan test savollar
28.02.2017
8-sinf ona tili 15 talik test (2-variant)
01.03.2017
Show all

8-sinf ona tili 15 talik test (1-variant)

8-SINFLAR UCHUN ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN test savollari

1-variant

1.Kengayishi o’ta chegaralangan gap turini aniqlang?

A.So’z-gaplar                  B.Atov gap              C.Shaxsi noma’lum gap         D.Shaxsi umumlashgan gaplar

2.A.Navoiy “Munshaot” asarida   yozishicha, Muhammad alayhissalom nimani “um ul- xabois”(yaramasliklar onasi) deb atagan?

A.kibrni       B.mayni      C.chog’irni       D. sharobni

3.Robindranat Thokurning  “Nur va soyalar” asarida  Shoshibushon yashaydigan qishloqqa okrug sudyasi tushgan hovli atrofida qiziqish va qorquv bilan to’dalashib yurgan bolalar nimaga o’xshatilgan?

A.Bo’ri quvlagan quyon to’dasiga        B.Mushukdan qo’rqqan sichqonga

C.It  quvlagan soqovga                           D.Yo’lbars orqasidan kuzatib borgan chiyabo’ri galasiga

4.Qaysi gap bo’lagi yordamida aytilmoqchi bo’lgan fikr ravshanlashadi?

A.Izohlovchi         B.Aniqlovchi           C.To’ldiruvchi            D.Kesim

5.Mashrab va So’fi Olloyorning muhabbatlari, dunyoqarashlari bir –biriga hamohang edi. Gapdagi so’z birikmalari sonini aniqlang.

A.6ta      B. 4ta        C. 5ta       D.7ta

6.Uyushiq bo’lakli gaplarda  qo’llanadigan tinish belgilarining to’liq qatorini toping

  1. Vergul, nuqtali vergul, tire. B.Vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta

C.Vergul, nuqtali vergul, tire, ikki nuqta                   D.Vergul, ikki nuqta, tire

7.Gap bo’laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan bo’lak qatnashgan javobni aniqlang.

A.Xatni uning o’ziga,Muqaddasga, bering.                B.Saida uning xohishini,baxtga qarshi, payqamadi.

C.Anjumanda direktor Xoliqov ham qatnashdi.        D.O’g’lim, qo’zichog’im, orom olib uxlayapti.

  1. “Mirzo Ulug’bek” fojiasida sarbadorlar qissasini Hofiz Abrudan eshitgan qahramon kim edi.?

A.Mavlono Shamsiddin Miskin     B.Berdiyor            C.Bek Arslon        D. Abdurazzoq Samarqandiy

9.Bitishuvli birikmani aniqlang.

A.maktab tomon      B.daryo bo’ylab       C. ataylab aytmoq        D.sizga atab

  1. Kichik hayotiy detallardan katta umumlashma obrazlar yasay olish fazilatiga ega shoir nomi qaysi javobda?

A.G’G’ulom          B.Sergey Yesenin        C.Oybek         D. M.Yusuf

  1. Sinash ma’nosini ifodalaydigan ko’makchi fe’lni yozing

12.Usmon Nosirning qaysi she’rida haqiqiy hayot bolallik taassurotlari asosida muqoyasa qilinadi?

13.Kesim tarkibida egalik qo’shimchalarining yo’qligi muhim belgisi hisoblangan gap…

14.”Kiprikdagi tong” asari muallifini  ko’rsating

15.Tushuncha saqlanib , shakli o’zgargan so’zlarga uchta misol yozing.

uz_UZUzbek