9-sinf Iqtisodiy bilim asoslari
1.Muqobil qiymat nima?
A.tanlov natijasida voz kechilgan imkoniyatlarni eng qulayi va nafliligi
B.bir xil qiymatga ega bo`lgan tovardan birini tanlash
C.voz kechilgan imkoniyatlarni puldagi ifodasi
D.tanlangan Tovar bilan voz kechigan Tovar narxlari orasidagi farq
2.Ishlab chiqarish turkumlari to`g`ri yozilgan javobni ko`rsating?
A.xom-ashyo,Tovar,bozor. B.birlamchi ishlab chiqarish,ikkilamchi ishlab chiqarish,xizmat ko`rsatish.
C.birlamchi ishlab chiqarish,ikkilamchi ishlab chiqarish D. birlamchi ishlab chiqarish,ikkilamchi ishlab chiqarish,sotish.
3.Ishlab chiqarishning 3 omili qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
A.yer,mehnat,resurs. B.yer,kapital,resurs. C.yer,mehnat, capital. D.yer,suv,foydali qazilma.
4.Mehnat unumdorligi ……
A.ish vaqti bilan o`lchanadi B.vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan o`lchanadi.
C. vaqt birligi ichidagi xaridorlar soni bilan o`lchanadi. D. vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot sifati bilan o`lchanadi.
5.Natural xo`jalik deb nimaga aytiladi?
A.har bir oilaning o`ziga kerak bo`lgan mahsulotlarni o`z kuchi bilan ishlab chiqarish. B. har bir oilaning o`ziga kerak bo`lgan narsalarni xarid qilish. C.har bir oilaning o`ziga kerak bo`lgan narsalarni qarzga olish.
D. har bir oilaning oziq-ovqat mahsulotlarinisotib olish.
6.Nematlar turlari…..
A.tekin va iqtisodiy . B.siyosiy va ijtimoiy. C.iqtisodiy va ijtimoiy. D.tekin va ijtimoiy bo`ladi.
7.”Nima,qanday va kim uchun ishlab chiqarish kerak “ muammosi….
A.f aqat markazlashgan rejali iqtisodiy tizimga tegishli. B.faqat bozor iqtisodiyotiga tegishli.
C. faqat qoloq iqtisodiyotga tegishli. D.har qanday jamiyatga tegishli.
8.Iqtisodiy muammolar qisman bozor , qisman hukumat tomonidan hal etilsa u holda iqtisodiyot……
A.buyruqbozlik, B.bozor, C.natural, D.aralash iqtisodiy tizimga misol bo`ladi.
9.Barcha iqtisodiy tizimlar duch keladigan asosiy muammo bu…..
A.investitsiyalar, B.ishlab chiqarish, C.is’temol, D.eksport.
10.Iqtisodiyot mustaqil fan sifatida qachon vujudga kelgan?
A.feodalizm tuzumi davrida, B.kapitalizm tuzumi davrida, C.qadimgi davrda D.16-17 asrlarda .
11.Mehnat unumdorligi qanday aniqlanadi?
A.vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori bilan, B.moddiy ishlab chiqarish sohasida sarflangan mehnat miqdori bilan. C.sotuvda bo`lgan mahsulotlar miqdori bilan, D.nomoddiy sohasiga sarflangan mehnat miqdori bilan.
12.xususiylashtirishni qanday tushunasiz?
A.Bozorning mavjud bo`lish shartlaridan biri, B.mulkdorlik huquqining davlat qo`lida saqlanib turishi.
C.davlat mulkini boshqa mulk shakllariga aylantirish, D.ijara va fermer xo`jaliklarini tuzish.
13.Inflyatsiya deganda nimani tushunasiz?
A.muomaladagi tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlangan pul massasi, B.narx-navoning uzluksiz o`sishi,pulning qadrsizlanishi. C.iqtisodiyotning turg`unlik holati, D.ishlab chiqarishning pasayib ketishi.
14.Bozor nima?
A.Tovar ishlab chiqarish munosabatlari, B.sotuvchilar bilan xaridorlarning tovarlarni pul vositasida ayirboshlashi,
C.barcha Tovar va xizmatlarni,is’temolchilarni birlashtiruvchi mexanizm, D.daromadni tartibga soladi.
15.Nominal daromad deb nimaga aytiladi?
A.ish haqidan kelgan daromad. B.turli tadbirkorlik faoliyatidan kelgan daromad, C.nafaqa,mukofot,stipendiyadan kelgan daromad, D.oila a’zolari daromadining umumiy miqdori.
16.aksiyalar qaysi bozorda sotiladi?
A.ishlab chiqarish vositalari bozorida, B.is’temol tovarlari bozorida, C.moliya bozorida, D.mehnat bozorida.
17.Mulkni sug`urta qilishdan maqsad?
A.undan uzoq vaqt foydalanish B.qimmat narxda sotish C.baxtsiz hodisa tufayli mulkka moddiy zarar yetkazilsa uni qoplash D.tekin ta’mirdan chiqarish.
18.Ehtiyojlar bu……
A.kundalik ehtiyoj mollari do`konida sotiladigan barcha tovarlar B.kishilarning Tovar va xizmatlarga bo`lgan xoxishi C.insonning muayyan sharoitda yashashi va kamol topishi uchun zarur bo`lgan narsalarga muhtojligi
D.qondirishning imkoni bo`lmagan inson orzu-istaklari.
19. Iqtisodiy ne’matlarni yaratish jarayoni…..
20.Cheklanganlik muammosi bilan ko`proq qaysi davlatlar to`qnash keladi? 21.Qadimgi Misrda Pul vazifasini nima o`tagan?
22.Xaridor va sotuvchi uchrashadigan maskan…
23.Mehnat taqsimoti natijasida …
24.Iqtisodiyotda ayirboshlash qanday nomlanadi?
25.Tadbirkorlikdan qaysi ko`rinishdagi daromad keladi?