5-sinf Geografiya fanidan test savollari (3-chorak)
22.03.2017
5-sinf Geografiya fanidan test savollari (Yillik)
23.03.2017
Show all

5-sinf Geografiya fanidan test savollari (4-chorak)

5-sinf Geografiya fanidan 4-chorak test savollari

1.Gigrometr nima ?
a) Shamol yo’nalishini o’lchaydigan asbob
b) Shamol tezligini o’lchaydigan asbob
s) Havo namligini o’lchaydigan asbob
d) Suv chuqurligini o’lchaydigan asbob
2. Bulutlarning asosan necha turi mavjud ?
a) 2 b) 3 s) 4 d) 5
3. Eng ko’p yog’in yog’adigan hududni belgilang ?
a) Тoshkent
b) Hindistondagi Uttor-Prodesh shtati
s) Gavayi orollari
d) Himolay tog’lari
4. Yog’inning ko’p yoki kam yog’ishi nimalarga bog’liq ?
a) Joyning dengizdan uzoq yaqinligi
b) Ko’p esadigan shamollarga
s) Joyning pasttekisliklarda joylashganligiga
d) A va B
5. Ob-havoning asosiy elementi bo’lmagan javobni belgilang .
a) Harorat b) Shamol s) Namlik d) Havo bosimi
6. Barqaror ob-havo deb nimaga aytiladi ?
a) to’p-to’p bulutlarning paydo bo’lishiga
b) bulutlarning tezlik bilan harakatlanishiga
s) bir necha kun davomida bir xildagi ob-havoning mavjud bo’lishiga
d) yog’inning kam yog’ishiga
7. Nima uchun Ispaniya va Gretsiya O`zbekiston bilan bir xil geografik kenglikda joylashgan bo’lsada
ularda ko’p yog’in yog’adi,qishi iliq bo’ladi ?
a) tog’larning mavjudlig b) cho’l zonalarining u davlatlarda kamligi
s) dengizlarga yaqin joylashganligi d) to’g’ri javob yo’q
8. Asosan nechta issiqlik mintaqalari mavjud ?
a) 2 ta b) 3 ta s) 4 ta d) 5 ta
9. Yer shari paydo bo’lganiga qancha vaqt bo’ldi ?
a) 4 mln yil b) 5 mln yil s) 4 mlrd yil d) 5 mlrd yil
10. Yer sharida dastlabki hayot belgilarining paydo paydo bo’lganiga qancha vaqt bo’ldi ?
a) 4 mln yil b) 5 mln yil s) 4 mlrd yil d) 5 mlrd yil
11. Yerning organik hayot paydo bo’lgan yashaydigan va organizmlar ta’sir etib turadigan qoig’iga…
a) atmosfera deyiladi b) gidrosfera s) litosfera d) biosfera
12. Biosferaning qalinligi qancha ?
a) 12 – 15 m b) 20 – 30 km s) 30 – 40 km d) 3 – 4 km
13. Hozirgi odamning ajdodlari paydo bo’lganligiga qancha vaqt bo’ldi ?
a) 2 mln yil b) 2,5 mln yil s) 3 mln yil d) 4000 mlrd yil
14. «Kislarod fabrikasi » deb nimalarni aytamiz ?
a) O`simliklarni b) Hayvonlarni s) Daryolarni d) Dengizlarni
15. Gumus nima ?
a) Тog’ jinsi b) Organik modda s) Chirindi d) ·um
16. Eng unumdor tuproqni belgilang .
a) qora tuproq b) sur tuproq s) bo’z tuproq d) allyuvial tuproq
17. Тabiat komponentlari dastlabki vaqtda qancha bo’lgan ?
a) 2 ta b) 3 ta s) 4 ta d) 5 ta
18. Dastlabki vaqtda tabiat komponenti bo’lmagan organizmlar ?
a) tog’ jinslari b) suv s) havo d)organizmlar
19. Yer yuzida ekvatordan qutblarga qarab tabiatning o’zgarib borishiga nima deyiladi ?
a) geografik mintaqa deyiladi b) tabiat komponentlari deyiladi
s) tabiat komplekslari deyiladi d) mintaqalar deyiladi
20. Yer yuzida nechta asosiy mintaqalar mavjud ?
a) 3 ta b) 4 ta s) 5 ta d) 6 ta
21. 2006 yilda yer sharida aholi soni qancha bo’lgan ?
a) 1 mlrd b) 2 mlrd s) 5 mlrd d) 6 mlrd
22. O`zbekistonda hozirgi vaqtda aholining o’rtacha zichligi qancha kishini tashkil etadi ?
a) 58 kishini b) 85 kishini s) 448 kishini d) 200 kishini
23. Yer yuzida nechta asosiy irq bor ?
a) 2 ta b) 3 ta s) 4 ta d) 5 ta
24. Yer yuzida nechta jahon dinlari bor ?
a) 2 ta b) 3 ta s) 4 ta d) 5 ta
25. Dunyoda eng ko’p odam gaplashadigan til qaysi ?
a) ingliz b) rus s) xitoy d) arab

uz_UZUzbek