5-sinf Matematika fanidan bir soatlik dars ishlanma
25.03.2017
8-sinf Ona tili fanidan online test savoli
26.03.2017
Show all

8-sinf Huquq fanidan test savollar

8 – sinf “ DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI “ fanidan test savollari

I variant

1.Huquq tizimini tarmoqlarga bo‘lishning ikki asosini
ko‘rsating.
A) Huquqiy tartibga predmeti va usuli;
B) Yuridik normalarni huquqiy instituglarga birlashtirish va tasiflash;
S) Huquqiy normalarning uzviy birligi va barqarorligi;
D) Huquqiy tartibga solish printsiplari va shakllari.

2. Sub’ektlarning huquqiy normalar talablari asosidagi munosabatlarini nima keltirib chiqaradi?
A) Huquqiy muomala layoqati;
B) Huquqiy munosabat ob’ekti;
S) Huquqiy munosabat maqsadi;
D) Yuridik faktlar.

3. Huquq normasi nima?
A) Diniy manbalarda berilgan iloҳiy tasavvurlardan kelib chiquvchi qoidalar;
B) Odamlarning ezgulik va yovuzlik, adolat, insonning jamiyat oldidagi burchi haqidagi tasavvurlariga muvofiq ravishda jamiyat hayotida shakllangan qoidalar;
S) Davlat tomonidan belgilangan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy qoidalar;
D) Ko‘p marta takrorlash natijasida shakllangan va odat tusiga kirgan xulq-atvor qoidalari.

4. Quyidagilardan huquq tarmoqlarini aniqlang.
A) Ma’muriy, fuqarolik, jinoyat, oila, mehnat;
B) Davlat, ma’muriy, mehnat qilish, dam olish, oila;
S) Ma’muriy, dam olish, jinoyat, oila, fuqarolik;
D) Davlat, saylash, saylanish, oila, mehnat, jinoyat ;

5. Huquqbuzarlik nima?
A) Huquq qoidalariga rioya etmaslik;
B) Qoidani bajarmaslik;
S) Ahloq qoidalariga rioya etmaslik;
D) Intizom qoidalarini bajarmaslik.

6. Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunlar qanday munosabatlarni tartibga soladi?
A) Mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni;
B) Oiladagi mulkiy va shaxsiy munosabatlarni;
S) Korxonalar o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarni;
D) Barcha mulkiy munosabatlarni;

7. Fuqarolik huquqiy layoqat nima?
A) Yashash, mol-mulkka ega bo‘lish huquqi;
B) Yashash, merosga, saylash huquqiga ega bo‘lish;
S) Yashash, fikrlash huquqi;
D) Sud, tergov organlarida javobgar bo‘lish;

8. Fuqarolik muomala layoqati nima?
A) Harakatlari bilan huquqiy munosabatda bo‘lish;
B) O‘z harakatlari orqali oldi-sotdi ishlarni bajarish;
S) O‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini olish va amalga oshirish;
D) O‘z harakatlari asosida u yoki bu ishni bajarish;

9. Mehnat qonunlarining amal qilish doirasini aniqlang.
A) O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston hududlarida amal qiladi;
B) O‘zbekistonda amal qiladi;
S) O‘zbekiston Res’ublikasining butun hududlarida amal qiladi;
D) Qonun bilan belgilangan hududlarda amal qiladi;

10. Mehnat huquqlarini himoya qilish qanday amalga oshiriladi?
A) Tekshiruv va nazorat qiluvchi organlar himoya qiladi;
B) Sud organlari himoya qiladi;
S) Qonun har bir shaxsning mehnat qilish huquqlarini himoya qiladi;
D) Mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlar himoya qiladi;

11. 18 yoshga tolmagan xodimlarning ish vaqtini aniqlang?
A) Haftasiga 35 soat;
B) Haftasiga 24 soat;
S) Haftasiga 36 soat;
D) Haftasiga 30 soat;

12. Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb tan olish asoslari.
A) Nikoh yoshiga yetmagan shaxsning, uning ota-onasining yoki vasiysining, prokurorning talabi bilan;
B) Xotinning talabi bilan;
S) Homiylarining talabi bilan;
D) Oila a’zolarining talabi bilan;

13. Voyaga yetmaganlar javobgarligi uchun jinoiy jazo tizimini aniqlang.
A) Jarima, mol-mulkni musodara qilish;
B) Ahloq tuzatish ishlari, maxsus vazifadan ozod qilish
S) Ozodlikdan mahrum qilish, jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq;
D) Ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish;

14. Ahloq tuzatish ishlari voyaga yetmagan jinoyatchilar uchun necha yoshdan qo‘llaniladi?
A) 14 yoshdan;
B) 16 yoshdan;
S) Qonunda yoshi ko‘rsatilmagan;
D) Sud hukmi hal qiladi;

15. Voyaga yetmaganlar 13 yoshdan 16 yoshgacha uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etsalar necha yilgacha jazo beriladi?
A) 2 yilgacha;
B) 1 yilgacha
S) 3 yilgacha;
D) Sud hukmi hal qiladi;

16. Oila kodeksi qachon joriy qilingan?
A) 1998-yil 30-aprel
B) 1998-yil 1-sentabr
S) 1998-yil 12-dekabr
D) 1996-yil 1-sentabr

17. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga qaysilar kiradi?
A) Bosqinchilik, talonchilik.
B) O‘zlashtirish,firibgarlik.
S) O‘grilik, davlat va hususiy mulkka qarshi jinoyatlar
D) Tuhmat qilish, o‘zlashtirish

18. Jamiyat bu-
A) jamlangan
B) muayyan hududda yashovchi kishilarning ma’lum tarzda tashkil topgan jamoasi
S) majbur qilish kuchiga ega bo‘lgan tashkilot
D) partiya

19. Huquqiy ong huquqiy madaniyat darajasiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

20.Quyidagi elementlarning qaysi biri huquqbuzarning shaxsini anglatadi?

21. Huquq tizimining boshlang‘ich elementi qaysi?

22. Forobiy shahar-davlatni qanday davlatlarga bo‘ladi?

23. O‘zbekiston Res’ublikasining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksi

qachon qabul qilingan?

24. Ma’muriy huquq tarmog‘i qanday munosabatlarni tartibga soladi?
25. Emansipatsiya nima?

uz_UZUzbek