5-sinf Ona tili fanidan 2-chorak test savollari.
(25 ta savolning barchasi ona tili fanidan tuzilgan)
1.To`ldiruvchi qatnashgan gap qaysi qatorda berilgan?
A) O`rtog`im kecha keldi B) Bu kimnig kitobi?
C) Inson – koinot gultoji D) Yolg`onchilikdan ehtiyot bo`lmoq lozim
2. Sifatlovchi- aniqlovchi javob bo`ladigan so`roqni aniqlang.
A) Nega? B) Qayerga? C) Qanday? D) Nimaning?
3.Qanday so`zlar undalma hisoblanadi?
A) Sanash ohangi bilan aytilgan so`zlar.
B) Sanalayotgan bo`laklar ma’nosini jamlab ifodalagan so`zlar?
C) So`zlovchining fikri qaratilgan so`zlar.
D) So`zlochining fikriga ma’no qo`shiladigan so`zlar.
4.Ishonch ma’nosini bildirgan kirish so`zni aniqlang.
A) Ehtimol B) To`g`ri C) Albatta D) Demak
5. Muallif gapi ko`chirma gap ichida kelganda qanday tinish belgilaridan foydalaniladi?
A) Undov B) vergul va tire C) ikki nuqta D) Nuqtali vergul
6.Dialogni tashkil etgan gap qanday ishora bilan boshlanadi?
A) Ikki nuqta B) tire C) hech qanday tinish belgisisiz D) qo`shtirnoq.
7. Atash ma’nosini bildirmaydigan so`zlar qanday so`zlar hisoblanadi?
A) Ot so`z turkumi B) Sifat so`z turkumi
C) Ravish so`z turkumi D) Yordamchi so`z turkumi
8. O`rin-joy otlari berilgan qatorni aniqlang.
A) Tadbirkor B) daraxt C) Qishloq D) Mehnat
9.Qanday nomlar qo`shtirnoq ichiga olinadi?
A) Kitob, gazeta B) Narsa-buyum C) Shahar D) kinoteatr
10. Rang bildiruvchi sifatlar qaysi gapda ishlatilgan?
A) Bu gullar xushbo`y B) Shaharda ko`rkam binolar ko`p
C) Yigitning tim qora oti bor edi. D) Uzoqdan baland daraxtlar ko`rinar edi.
11.Son gapda otga bog`lansa, qanday gap bo`lagi vazifasini bajaradi?
A) Ega B) To`ldiruvchi C) Hol. D) Aniqlovchi
12.Qaysi kishilik olmoshlariga qaratqich va tushum kelishigi qo`shimchalari qo`shilsa, bir n undoshi tushib qoladi?
A) U, siz B) Ular, siz C) Biz, ular D) men, sen
13.O`tgan zamon fe’llari ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan?
A) U xursand bo`ldi B) Siz kelajakda kim bo`lmoqchisiz?
C) Bolalar olmalarni terib qo`yishibdi D) Maktab binosi qurilishi davom etyapti.
14. Mazkur so`zlar qaysi so`z turkumiga tegishli? – To`satdan, avval, ancha.
A) Olmosh B) Son C) Ravish D) Fe’l
15. Qaysi qatorda yordamchi so`zlar berilgan?
A) Dadam, shug`ullanadi, buni B) Bug`doy, dehqon, ekadi
C) Va, bilan, chunki D) Vatan sajdagoh, biz
16. Bog`lovchi qanday gap bo`lagi bo`lib keladi. – Xonada quvnoq va sho`x musiqa yangradi?
A) Ega B) Kesim C) Aniqlovchi D) Gap bo`lagi bo`lib kelmaydi.
17. Ko`makchilar otlarni qo`shimcha qaysi so`z turkumiga bog`lab keladi?
A) Sifat B) Fe’l C) Son D) Ravish
18. Qaysi qo`shimcha yuklama chiziqcha bilan ajratib yoziladi?
A) –chi, oq, (oq), -mi B) –di(-yu), -a(-ya), -da
C) –i, -chi, -oq D) –gina, faqat, -da.
19.Undov so`zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) taq-tuq, ura, bay-bay B) oh, obbo, hoq,
C) ey, yalt-yult, voy D) shivir-shivir, ofarin
20. Xalqimizning tinchligi, totuvligiga ko`z tegmasin. – Mazkur gapda qaysi so`zni qo`llash mumkin?
A) va B) hamda C) bilan D) uchun
21. O`xshatish ma’nosidagi ko`makchi qaysi qatorda berilgan?
A) tomon B) so`ng C) kabi D) sari
22. Men erta nahorda uyg`onib ketdim. – Ushbu gapdagi ravish qanday gap bo`lagi bo`lib kelyapti?
A) to`ldirivchi B) hol C) ega D) sari
23. Mazkur gapda qaysi yordamchi so`z ishtirok etgan?
Bu savolga faqat men javob berishim kerak ekan.
A) ko`makchi B) Yordamchi C) Yuklama D) Undov so`z
24.Fe’lda anglashilgan ish-harakatning bajarilish paytini bildirgan so`zni toping,
A) Sekin B) Hali C) Ataylab D) Ko`p
25.Belgini bildiruvchi so`z turkumini aniqlang.
A) Olmosh B) Son C) Ot D) Sifat.
№ | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 |
Javob: | D | C | C | C | B | B | D | C | D | C | D | D | C |
№ | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | |
Javob: | C | C | D | B | B | B | A | C | B | C | B | D |