7-sinflar uchun musiqa fanidan test savollari.
II chorak uchun
Chorak mavzusi: “Maqomlar haqida tushuncha”
1.O‘zbekistonda nechta maqom yo‘nalishi bor? A) 2 ta; B) 3 ta; S) 7ta. D) 10 ta.
2. Shashmaqom nima ma’noni bildiradi?
A) Ashula; B) Qo‘shiq S) Olti maqom D) Kuy.
3. Shashmaqom nechta maqomdan iborat?
A) 4 ta; B) 5 ta ; S) 10 ta; D) 6 ta.
4.Har qaysi maqom hecha qismdan iborat?
A) 2 ta; B) 4 ta; S) 7 ta; D) 8ta.
5. Shashmaqom yana qanday nom bilan aytiladi?
A) Ashula; B) Qo‘shiq; S) Kuy; D) Buxoro maqomi.
6. Shashmaqom nechanchi asrda mukammal shakilda yaratilgan?
A) 12asrda; B) 14 asrda; S) 17 asrda; D) 18 asrda.
7. Qaysi qatorda shashmaqom maqom nomlari ketma-ketligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Navo, Rost , Iroq, Dugoh, Buzruk, Segoh;
B) Buzruk, Rost , Navo, Dugoh, Segoh, Iroq.
S) Navo, Rost , Iroq, Segoh, Buzruk, Dugoh;
D) Iroq, Segoh, Buzruk, Navo, Rost , Rost.
8.Shashmaqomning cholg‘u yo‘li nima deb aytiladi?
A) Maqom; B) Mushkilot; S) Nasr; D) Katta ashula.
9. Mushkilot kuylari necha qismdan tuzilgan?
A) 2 qismdan; B) 3 qismdan; S) 5 qismdan; D) 4 qismdan.
10. Shashmaqomning nasr bolimining 1-sho‘basi necha qismdan iborat?
A) 2 qismdan; B) 3 qismdan; S) 5 qismdan; D) 4 qismdan.
11.Xorazm maqomlari nechanchi asrda mukammal shakilda yaratilgan?
A) 19 asrda; B) 14 asrda; S) 17 asrda; D) 18 asrda.
12. Xorazm maqomlari nechta to‘liq maqomdan iborat?
A) 6 ta; B) 5 ta ; S) 10 ta; D) 4 ta.
13. “Tanbur chizig‘i” nota yozuvini kim yaratgan?
A) Ota G‘iyos Abdug‘ani; B) Ota Jalol Nosirov;
S) Komil Xorazimiy; D) Niyozjon Xo‘ja.
14. “Savti kalon soqiynomasi” qaysi maqomdan olingan?
A) “Rost” maqomidan; B) “Buzruk” maqomidan;
S) “Navo” maqomidan;D) “Iroq” maqomidan.
15. Xorazm maqomlarining cholg‘u kuylari nima deb aytiladi?
A) Aytim yo‘li yoki manzum ; B) Nasr;
S) Chertim yoli yoki Mansur D) Mushkilot.
Savollarga javob yozing.
16.Shashmaqomning ashula yo‘li nima deb aytiladi?
17. Tinglagan ashula nomini yozing?
( “Savti kalon soqiynomasi” ashulasi ijro etib ko‘rsatiladi)
18. Katta ashula boshqa ashulalardan qanday farq qiladi?
19.”Bayot I-V, Dugoh Husayin I-VII asulalari qaysi maqom yo‘liga kiradi?
20.I-V qismli kuylar qaysi maqom yo‘liga xos?
J a v o b l a r .
1B; 2S; 3D; 4A; 5D; 6D; 7B; 8B; 9S; 10D; 11A; 12A; 13S, 14A; 15S.
16. Nasr
17. “Savti kalon soqiynomasi”
18. Musiqa jorligisiz likobcha bilan ijro etiladi.
19.Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llariga.
20. Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llariga.