7-sinflar uchun musiqa fanidan test savollari.
IV chorak uchun.
Chorak mavzusi: “O‘zbekistonning zamonaviy musiqa madaniyati”
1. Yu. Rajabiy nomidagi maqomchilar ansambili qayerda tuzilgan?
A) Konservatoriya huzurida; B) Madaniyat kolleji huzyrida; S) O‘zbekiston teleradio kompaniyasi huzurida; D) Madaniyat instituti huzirida.
2. Hojixoh Boltaev nomidagi maqomchilar ansambli qaysi viloyatda faoliyat olib bormoqda? A) Xorazmda; B) Buxoroda; S) Farg‘onada; D) Toshkentda.
3. Doni Zokirov nomida qanday orkestr bor? A) O‘bek xalq cholg‘u orkestri;
B) Simfonik orkestr; S) Damli orkestr D) Estarada orkestr.
4. To‘xtasin Jalilov nomida qanday orkestr bor? A) Simfonik orkestr;
B) Damli orkestr S) Estarada orkestr. D) O‘bek xalq cholg‘u orkestri.
5. Kamer orkestr nima? A) Puflab chalinadigan cholg‘ulardan tuzilgan orkestr;B) Kam sonli cholg‘ulardan tuzilgan orkestr; S) Bir xil cholg‘ulardan tuzilgan orkestr; D) O‘zbek xalq cholg‘ulardan tuzilgan orkestr.
6. Teatr so‘zining ma’nosi nima? A) Sahna; B) San’at dargohi;
S) Tomosha xona; D) Konsert zali.
7.Toshkentda opera va baletlar qaysi teatrda qo‘yiladi? A) Muqumiy nomli o‘zbek Davlat teatrida; B)Yosh tomoshabinlar teatrida; S) Alisher Navoiy nomli Davlat akademik Katta teatrida D) Respublika qo‘g‘irchoq teatrida.
8.”Boysun” folklore-etnografik ansambli qaysi uslubda tashkil topgan?
A)Surxondaryo- Qashqadaryo uslubida. B) Farg‘ona- Toshkent uslubida; S)Xorazm uslubida; D) Buxoro- Samarqand uslubida;
9.Kino musiqasini rivojlatirishga o‘z hissasini qo‘shgan bastakor kim?
A) N.Norxo‘jayev; B) Sh. Yormatov; S) K.Kenjayev; D) Mirxalil Maxmudov.
10.”Tulpor” qo‘shig‘i qaysi kino filmdan olingan? A) “O‘tgan kunlar”
B) “Tangalik bolalar” S)“Umid qaldirg‘ochlari”; D) “Daladagi gullar”.
11.”Yurtga sadoqat” qoshig‘ining bastakori kim? A) N.Norxo‘jayev;
B) H. Rahimov;S) K.Kenjayev; D) Mirxalil Maxmudov.
12. Eng ko‘p uchraydigan simfoniyalar necha qismdan tuzilgan?
A) 2 qismdan; B) 3 qismdan; S) 4 qismdan; D) 6 qismdan.
13.Muqumiy nomli o‘zbek Davlat musiqali teatrida ko‘proq qanday asarlar qo‘yiladi? A) O‘zbek bastakorlarining asarlari; B) Chet el bastakorlarining asarlari; S) Opera; D) Balet.
14.Abduhoshim Ismoilov qandaycholg‘u sozning mohir ijrochisi bo‘lgan?
A) Dutor; B) Doira; S) Rubob.D) G‘jjak;
15.O‘lmas Rasulov qanday cholg‘u sozning mohir ijrochisi bo‘lgan?
A) Dutor; B) G‘jjak; D) Doira; D) Rubob.
16.Eng qadimgi chilgularga qaysi guruhdagi cholg‘ular kiradi?A) Damli cholgular; B) Urma – zarbli cholg‘ular; S) Torli cholg‘ular; D) Kamonchali cholg‘ular.
17.Ozbek xalq musiqasi to‘plamini kim yaratdi? A) M. Burhonov; B) G‘. Toshmatov; S)Yu. Rajabiy; D) I. Akbarov.
18.Birinchi ozbek operasini kim yozgan? ? A) M. Burhonov; B) G‘. Toshmatov; S)Yu. Rajabiy; D) M, Ashrafiy va S.Vaselenko
Savollarga javob yozing.
19.Mumtoz musiqalar qadimda qanday organilgan?
20.Shermat Yormatov asosan kimlar uchun qo‘shiqlar yaratgan?
21.Turg‘un Alimatov qaysi cholg‘u sozlarning mohir ijrochisi bo‘lgan?
22.Munojot Yo‘lchiyeva san’atning qaysi turi bo‘yicha mohir ijrochi hisoblanadi?
23.O‘zbek xalq musiqasi to‘plamini kim yaratgan?
24.O‘zbekiston teatrlarida qaysi chet el bastakorlarining asarlari qo‘yilgan?
25.Tinglagan ashula nomini yozing? (“Ey nozanin” ashulasi ijro etiladi).
J a v o b l a r .
1S; 2A; 3A; 4D; 5B; 6S; 7S; 8A; 9D; 10B; 11B; 12S; 13A; 14D; 15B; 16.B; 17. S; 18.D
19. Ustoz shogird an’anasi asosida; 20. Bolalar uchun. 21.Tanbur, Sato, G‘ijjak, Dutor, 22.Mumtoz ashulalar bo‘yicha.23.Yunus Rajabiy. 24. Jujippe Verdi, Voifang Amadey Motsart.P.I.Chaykovckiy. 25. “Ey nozanin”