4-sinf uchun musiqa fanidan savollari.
( I chorak uchun)
Chorak mavzusi:Xalq aytimlari va cholg‘ulari.
1. Xalq qo‘shiqlari deb nimaga aytiladi?
A) Ko‘p aytiladigan qo‘shiqlar; B) Yengil qo‘shiqlar; S) To‘y-marosim qo‘shiqlari. D) Avtori,mualifi nomalum qo‘shiqlar;
2. Mehnat qo‘shiqlari deb nimaga aytiladi?
A) Savol-javob tarzida aytiladigan qo‘shiqlar. B) Mehnat faoliyati bilan bog‘liq qo‘shiqlar; S) Xalqning orzu-umidlari kuylangan qo‘shiqlar; D)Yoshlik davri kuylangan qo‘shiqlar;
3.” Xo‘p hayda”, “Urchiq” xalq qo‘shiqlarining qaysi turiga kiradi?
A) Savol-javob tarzida aytiladigan qo‘shiqlar.B) Mehnat qo‘shiqlariga;
S) To‘y-marosim qo‘shiqlariga; D) Mavsum qo‘sahiqlriga.
4. Xalq qo‘shiqlarini kim yaratgan? A) Xonandalar;B) Sozandalar;
S) Dehqinlar, hunarmandlar, xizmatchilar, zyokorlar. D) Bastakorlar;
5. Qo‘shiq necha bo‘g‘indan iborat? A) 4-5 bo‘g‘indan;
B) 5-6 bo‘g‘indan; S) 7-8 bo‘g‘indan; D) 11-12 bo‘g‘indan.
6. “Tomdan tarasha tushdi”, “Olatoy”,”Chuchvara”, “Chitti gul” xalq qo‘shiqlarining qaysi turiga kiradi?A) Bolalar qo‘shiqlariga; B) Mavsum qo‘shiqlariga; S) To‘y marosim qo‘shiqlariga; D) Mehnat qo‘shiqlariga.
7. Xalq aytimlari qanday ijro etilgan? A) Aytimlar musiqa asbobisiz aytilgan; B) Atimlar chol’u asboblari vositasida aytilgan;S) Xalq aytimlari ko‘p ovozda ijro etilgan; D) Xalq aytimlari faqat bolalar tomonidan ijro etilgan.
8. Lapar nima? A) Bolalar qo‘shiqlari. B) Ko‘p aytiladigan qo‘shiqlar; S) Xor qo‘shiqlari; D) Savol-javob tarzida aytiladigan qo‘shiqlar;
9. Yalla nima? A) Savol-javob tarzida aytiladigan qo‘shiqlar; B). Band va naqoratli qo‘shiqlar. S) Ko‘p aytiladigan qo‘shiqlar; D) Xor qo‘shiqlari;
10. O‘zbek xalq cholg‘ulari nechta guruhga bo‘linadi?
A) 1 guruhga;B) 2 guruhga; S) 3 guruhga; D) 5 guruhga.
11.O‘zbekiston madhiyasi qachon qabul qilingan? A) 1991 yil 21oktabr;
B) 1991 yil 10 dekabr;S) 1992 15 dekabr; D) 1992 yil 10 dekabr;
14 yanvar.
12. Torli cholg‘ular guruhiga qaysi cholg‘ular kiradi?
A) Sato; B) Rubob; S) Qo‘biz. D) karnay;
13. Zarbli cholg‘ular guruhiga qaysi cholg‘ular kiradi?
A) Rubob; B) Karnay; S) Surnay; A) Doira;
14.Bolalarnig”Oq terakmi ko‘k terak” qo‘shig‘i xalq qo‘shiqlarining qaysi turiga kiradi? A) Yalla; B) Mehnat qo‘shiqlari; S) Lapar; D) To‘y-marosim qo‘shiqlari.
15.”Shaftoli”,qo‘shig‘ining bastakori kim?
A) D Omonyllayeva;B) K. Kenjayev.S) Sh Yormatov; D) N. Norxo‘jayev;
Savollarga javob yozing.
16. Dutor, tanbur, rubob qanday cholg‘ular guruhiga kiradi?
17.Kamoncha bilan qanday cholg‘ular ilro etiladi?
18. Tayoqchalar bilan qanday cholg‘ular ilro etiladi?
19. Doira qanday cholg‘ular guruhiga kiradi?
20. Damli cholg‘ularga qanday cholg‘ular guruhiga kiradi?
J a v o b l a r.
1D; 2B; 3B; 4S; 5S; 6A; 7A; 8D; 9B; 10S; 11D; 12B; 13D; 14S 15D.
16. Torli cholg‘ularga guruhiga kiradi?
17. G‘ijjak, sato, qo‘biz.
18. Chang, nog‘ora,
19. Zarbli cholg‘ularga guruhiga kiradi?
20. Nay, sunray, karnay, qo‘shnay”