8-sinfda tarix fanidan ‘‘Amir Temur bobomizga munosib avlod bo‘laylik’’ mavzusidagi tadbir ssenariysi
Tadbirning borishi:Tadbir o‘tkaziladigan sahnaga ‘‘Amir Temur – Buyuk Sohibqiron’’,”Biz Temur avlodimiz” kabi so‘zlar yozib qo‘yilgan.
Sahnaga boshlovchilar chiqib kelishadi.
-Yillarning qa’ridan omon chiqolgan,
Istibdod taxtini yengib, yiqolgan,
Istiqlol mashalin gurlab yoqa olgan,
Boshi osmon bo‘lsin bugun o‘zbekning,
Dong‘i doston bo‘lsin bugun o‘zbekning
-Beruniy yaratgan ziyosi bilan,
Jon tabibi – Ibn Sinosi bilan
Qaddi baland bo‘lsin bugun o‘zbekning,
Jismi payvand bo‘lsin bugun o‘zbekning,
-Amir Temur otliq bobosi bilan
Marvarid yaratgan navosi bilan
Intizor Boburiy mirzosi bilan
Nasli ulug‘ bo‘lsin bugun o‘zbekning,
Rizqi to‘liq bo‘lsin bugun o‘zbekning,
1-boshlovchi:
Assalom alaykum hurmatli ustozlar,aziz ota onalar va mehribon
tarbiyachilar.
2-boshlovchi:
Assalom alaykum hurmatli o‘quvchilar.
1-boshlovchi:
Bugun biz ‘‘ Amir Temur bobomizga munosib avlod bo‘laylik’’ mavzusidagi tadbirni o‘tkazishga yig‘ildik.
2-boshlovchi:
Amir Temur bobomiz buyuk sohibqiron, sarkarda va qudratli mamlakat tuzib adolatli idora etgan mohir davlat arbobi bo‘lgan.
1-boshlovchi:
-Hurmatli ustozlar bugun o‘quvchilarimiz buyuk bobomizni madh etuvchi she’rlar hamda u zotning hayoti va faoliyati to‘risidagi turli ma’lumotlar tayyorlab kelishgan.Hozir navbatni ularga beramiz.
1-o‘quvchi:
Amir Temur bobomiz
Mard-u jasur bobomiz
Jang-u jadallar kezgan
Buyuk davlat yurt tuzgan
Abadiy o‘chmas nomi
Tilimizda kalomi
Unutmaymiz hech qachon
Sizni ulug‘ bobojon
2-O‘quvchi:
-Buyuk saltanatni tikladi Temur
Istagi:avlodim otsa zo‘r tomir
Mulki Turon dunyo uzugi bo‘lib
Xalqim osoyishta ko‘rsaydi umr.
3-o‘quvchi:
-Sohibqiron aytar : ey farzandlarim,
Ko‘zimning qarog‘i jon dilbandlarim.
Millatning dardiga darmon bo‘lingiz,
Bo‘shashtirmang meni bo‘g‘in bandlarim
4-o‘quvchi:
-Asolat, ozodlik dastida bo‘ling,
Yomonlik,razolat qasdida bo‘ling.
Nifoq tuxmlarin ekmangiz also,
Yaxshilik ezgulik rostida bo‘ling.
Milliy raqs ijro etiladi.Raqs tugagach o‘quvchilae Amir Temurning hayoti vafaoliyati haqida so‘zlab berishadi.
1-o‘quvchi:
Buyuk bobomiz 1336 yil 9- aprelida Keshdan uncha uzoq bo‘lmagan Xo‘jailg‘or qishlog‘ida barlos urug‘iga mansub bo‘lgan bek Tarag‘ay Bahodir oilasida dunyoga keldi.
2-o‘quvchi:
Amir Temur juda oliyjanob qalb egasi bo‘lgan.U Movarounnahrdek buyuk davlat tuzgan.
3-o‘quvchi:
Amir Temur davlatining poytaxti-Samarqand shahri bo‘lib, juda obod va chiroyli shaharga aylantirdi.
4-o‘quvchi:
-Temur otli pahlavon
Topar chog‘ida kamol,
Unga bo‘ldi esh,hamdam
Shayx Shamsiddin Kulol
1-o‘quvchi:
-Sohib karomatlarning
Biri edi Shayh Kulol
Tatag‘ay Bahodirning
Piri edi Shayx Kulol.
2-o‘quvchi:
Amir Temur bahramand
Pirining o‘gitlaridan.
Ixlos bilan ushladi
Shayx Kulolningbaridan.
3-o‘quvchi:
-Bir tomondan qo‘lladi
Suyub Sayid Baraka.
O‘tmas edi uningsiz
Mashvarat-u maraka
4-o‘quvchi:
-Shundan buyuk saltanat
Dovrug‘ soldi jahonga
Barcha ta’zim ayladi.
Buyuk Sohibqironga.
1-boshlovchi:
Jahongir so‘zidan yaxshilik bunyod
Bizga mayoq bo‘lsin, baxsh etib sabot.
Avlodlar bizlardan ololsin o‘rnak
Shunda rizo bo‘lur Temurdayin
2-boshlovchi:
-Shuning bilan aziz ustozlar va ota-onalar,tarbiyachilar bugungi tadbirimizni yakunlaymiz. Barchangizga sog‘lik salomatlik tilaymiz.