8-sinf adabiyot fanidan dars ishlanma
12.05.2017
Konsitutsiya – baxtimiz qomusi nomli tadbir ishlanma
13.05.2017
Show all

Baxtimiz Qomusi tadbir ishlanmasi

Sinf xonasi bayramona bezatilgan:devoriy gazeta,bolalar chizgan
rasmlar,sharlar. Yoqimli kuy yangrab turadi.
-Kulib issiq yuzimiz,
Porlab turar ko‘zimiz.
Assalomu alaykum
Eng birinchi so‘zimiz.
Hamma:Mehribon onalarga,
Jonkuyar otalarga.
Qadrdan ustozlarga
Assalomu alaykum.

1-o‘quvchi:Assalomu alaykum, bayramimizning aziz mehmonlari! “Baxtimiz Qomusi” deb atalgan
tadbirimizga xush kelibsiz!
Davlat madhiyasi yangraydi.
2-o‘quvchi:Har bir mamlakatda shunday bir muhim kitob borki,bu kitobni Konstitutsiya deb ataydilar. Konstitutsiyada butun mamlakatga ham,
alohida insonlarga ham tegishli bo‘lgan muhim
ma’lumotlar bor.Bizning O‘zbekistonimizning ham
shunday kitobi bo‘lib , bu kitob O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi deb ataladi.
3-o‘quvchi:1991-yil 31-avgust kuni ona O‘zbekistonimiz ozod, mustaqil Respublika deb e’lon qilindi. Davlatimiz o‘z Konstitutsiyasiga, yeriga, chegarasiga,davlat tiliga,milliy valutasi so‘mga,armiyasiga ega bo‘ldi.

4-o‘quvchi: 1992 – yil 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiyamiz olti bo‘lim, yigirma olti bob,128-moddadan iborat. Bu kun bayram sifatida nishonlanadi, hamma dam oladi.

Sinf qizlari ijrosida raqs.
5-o‘quvchi:Har bir kishining tug‘ilib o‘sgan joyi uning aziz va mo‘tabar Vatani hisoblanadi.Biz O‘zbekiston nomi bilan dunyoga mashhur bo‘lgan
go‘zal Vatanda yashayapmiz.

6-o‘quvchi:Vatan mustaqilligini mustahkamlashda har bir shaxs o‘z hissasini qo‘shishni oliy burchi deb hisoblaydi.Bu ishda o‘quvchilar ham o‘z bilimi , maktab ishlarida qatnashishi,yaxshi hulqi va odobi bilan hissasini qo‘shadi.

7-o‘quvchi: Konstitutsiyada shaxs va fuqarolarning barcha huquq, erkinlik va burchlari belgilab berilgan. Endi konstitutsiyamizning ayrim modda-

lari bilan yaqindan tanishib chiqamiz.

8-o‘quvchi:1-modda.O‘zbekiston-suveren demoktatik respublika.Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi”va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.
O‘zbekiston- ozod ,hur Vatan!
Quchoqlari to‘la nur Vatan!
Istiqloling abadiy bo‘lsin,
Dunyolar turguncha tur, Vatan!
Tuprog‘ingda jannat nafasi,
Sen bobomning orzu-havasi
Iftixorim yuksak: Vatatim-
O‘zbekiston Respublikasi!

uz_UZUzbek