5-sinf ona tili va adabiyoti fanidan test savollari
24.08.2017
7-sinf ona tili va adabiyoti fanidan test savollari
24.08.2017
Show all

6-sinf ona tili va adabiyoti fanidan test savollari

6-sinf ona tili va adabiyoti fanidan test savollari

Bilimlar bellashuvi 2011-2012 o’quv yili

1.   Tarandi, kiyindi  so‘zlari  fe’lning qaysi nisbat  shaklida berilgan?

A) O‘zlik nisbat                           B) Majhul nisbat

C) Orttirma nisbat                        D) Birgalik nisbat

2.   Qaysi nisbatni hosil qiluvchi qo‘shimchalar bir fe’lga bir necha marta qo‘shilishi mumkin?

A) O‘zlik nisbatga           B) Majhul nisbatga

C) Birgalik nisbatga         D) Orttirma nisbatga

3.   Quyidagi fe’llarning qaysi biridan o‘zlik nisbat yasalmaydi?

A) Qiynamoq             B) Kavshamoq

C) Yayramoq            D) So‘kmoq

4.   Fe’l nisbatlarini hosil qiluvchi qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra qaysi turga mansub bo‘ladi?

A) So‘z yasovchi qo‘shimchalar

B) Lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar

C) Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar

D) Murakkab qo‘shimchalar

5.   Qaysi javobda harakat nomiga to‘g‘ri  ta’rif  berilgan?

A) Fe’lning otga xoslangan shakli

B) Fe’lning sifatga xoslangan shakli

C) Fe’lning ravishga xoslangan shakli

D) Sof fe’l shakli

6.   Qaysi xususiyat harakat nomiga xos?

A) Harakat nomlari fe’llar kabi tuslanadi

B) Harakat nomlari otlar kabi turlanadi

C) Harakat nomlari zamonni ko‘rsatadi

D) Harakat nomlari shaxs-sonni ko‘rsatadi

7.   O‘qigan maqsadiga yetadi. Ushbu  gapdagi  sifatdosh gapning  qaysi  bo‘lagi vazifasida kelgan.

A) Ega                         B) Aniqlovchi       C) Hol       D) Kesim

8.Laganbardorlik, xushomadgo‘ylik qoralangan asarni aniqlang.

A) «Sobiq»              B) «Qoplon»       C) «Muzqaymoq»    D) «Bemor»

9.  Harakat nomlari gapda qanday gap bo‘lagi vazifasida keladi?

A) Faqat ega vazifasida

B) Faqat kesim vazifasida

C) Bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar vazifasida

D) Faqat ikkinchi darajali bo‘laklar vazifasida

10.Qaysi qatorda harakat nomi berilgan?

A) Yaylov                        B) Boshqaruv

C) O‘tov                           D) Qizg‘ish

11.Qaysi so‘z turkumiga oid qo‘shma so‘zlar doimo ajratib yoziladi?

A) Qo‘shma otlar                 B) Qoshma sifatlar

C) Qoshma fe’llar                D) Qo‘shma ravishlar

 

12.Janni Rodari qanday mukofotga sazovor bo‘lgan?

A)  Nobel mukofoti                        B)  Hans Kristian Andersen mukofoti

C)  «Femina» mukofoti               D) «Oltin Yulduz» ordeni

13.Jahon ertakchiligida yangi bir usulni yaratgan, voqealar yechimi uch xil yakun topuvchi, har bir yakun o‘zining boshqasidan tubdan farq qiladigan mazmun-mohiyatiga ega bo‘lgan asarlar muallifi kim?

A) Aka – uka Grimlar               B) Hans Kristian Andersen

C) Janni Rodari                         D) Sharl Perro

14.Muqimiyning ilk devoni qanday nomlanadi?

A) «Muqimiy bayozi»                   B) «Devoni Muqimiy»

C) «Muqimiy ma hajviyot»           D) «Lirika  satira»

15.Xudoyberdi To‘xtaboyev 12 yil davomida turli gazeta nashrlarida ishlaganda ko‘proq qaysi janrda faoliyat ko‘rsatadi?

A) Felyeton              B) Maqola             C) Ocherk            D) Esse

16.«Sariq devni minib» asari qachon yozilgan?

A) 1974-yil                    B) 1973-yil           C) 1968-yil         D) 1976-yil

17.-gan, -ydigan, -yotgan qo‘shimchalari fe’lning qaysi vazifa shakliga kiradi?

A) Harakat nomi        B) Sifatdosh         C) Ravishdosh      D) Sof  fe’l

18.Fe’l shakllaridan qaysi biri zamon va shaxs sonni ko‘rsatmaydi?

A) Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi          B) Harakat nomi

C) Sifatdosh                                              D) Ravishdosh

19.  Harakat nomi bilan ifodalangan kesim tarkibida kerak, darkor, shart so’zlari bo’lganda, ega bilan kesim moslashsа…..______________________________

20.  Bir kuni chol bechora qo’li titrab, osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi.

Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe’llar berilgan?__________________________

21.  Qaysi qatorda berilgan ko’makchi fe’llar yetakchi fe’lga qo’shilib, harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi?__________________________________

22.  Undalma qatnashgan gapning kesimi ko’pincha qanday shaklda bo’ladi?

23. Insonning ichki kechikmalarini ifodalovchi fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday nomlanadi? ______________________________________________

24. A.Qahhor dastlab qaysi qissasini yozgan?______________________________

25. Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostoni necha bobdan iborat?_________

 

 

Ona tili va adabiyot

 6-sinf   1-variant

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18
A C C B A B A B C B C B C B A C C A

 

  1. Harakat nomi tarkibida shaxs-son qo’shimchalari bo’ladi.
  2. Aniq, majhul, orttirma nisbatlar.
  3. Yubormoq, tashlamoq, qo’ymoq.
  4. Birinchi va ikkinchi shaxs-son shakllarida
  5. Holat fe’llari.
  6. «Qishloq hukm ostida».
  7. 63

uz_UZUzbek