8-sinf ona tili va adabiyoti fanidan test savollari
Bilimlar bellashuvi 2011-2012 o’quv yili
1. Hol qaysi gapda qo‘llangan?
A) Insonning ulug‘ligi, go‘zalligi mehnat tufayli
B) Qiz yigitning so‘zlarini diqqat bilan tingladi
C) Hamma uning nimalardir gapirishini kutar edi.
D) O‘qituvchilar butun insoniyatning kelajagini tarbiyalaydilar.
2. Eganing asosiy grammatik shaklini belgilang
1. Ot turkumiga xos bo‘lishi
2. Kesimdan oldin kelishi
3. So‘zning bosh kelishikda bo‘lishi
A) 1 B) 2 C) 3 D) 1, 2, 3
3. «Ne bo‘lursan» g`azalida qanday she’riy san’at qo‘llangan?
A) Irsoli masal, tafrit B) Kitobot, tajnis
C) Talmih, tanosub D) Tazod, ishtiqoq
4. Qaysi javobda so‘z birikmasi berilgan?
A) Dalalar ko‘m-ko‘k B) Yerimiz unumli
C) Yorug‘ xona D) Murod indamas
5. So‘zlarning o‘zaro teng bog‘lanishi qaysi qatorda berilgan?
A) Muhtasham shaharcha B) Kitobdan foydalanish
C) Go‘zallik va poklik D) Otam bilan bormoq
6. Qaysi qatordagi so‘z birikmada bosh (hokim) so‘z fe’lning ravishdosh shakli bilan ifodalangan?
A) O`qdan tez B) Sekin o`qigan
C) O‘ziga ishonish D) Kelajakni o‘ylab
7. Sintaksisda nimalar o`rganiladi?
A) Til birliklari
B) So`z va so`z birikmalarining tasnifi
C) So`z birikmalari va gap
D) So`z, ibora, so`z birikmasi, so`zlar qo`shilmasi, gap va uning turlari
8. Bog`lamali sodda kesim mavjud bo`lgan gapni belgilang.
A) Sanjar bilan Sherzod bog` tomon yurdilar
B) Qani endi, shu vaqt muzdek suv bo`lsa
C) Insonga xos fazilatlar boshi aqldir
D) Temirchining uyi tor bo`lsa ham, fe’li keng edi
9. Gap qaysi qatorda berilgan?
A) Qop-qora ko‘zlar B) Yaxshilikni ko`zlar
C) Hikoyani o`qib D) O`qilgan hikoya
10. Quyidagi so‘zlardan qaysilari bir-biriga tobe bog‘lanishi mumkin?
1) tol, terak; 2) hikoya, o‘qimoq; 3) telefon, gapirmoq; 4) katta, oshqovoq;
5) uy, eshik; 6) o‘rik, g‘alla
A) 1,2,3,4,5.6 B) 2,3,4,5,6 C) 3,4,5,6 D) 2,3,4,5
11. So‘zning gapda gap bo‘lagi vazifasida kelishi so‘z turkumlarining qanday belgisi hisoblanadi?
A) Morfologik belgisi B) Sintaktik belgisi
C) Leksik belgisi D) Uslubiy belgisi
12. Boshqaruv yo‘li bilan bog‘langan so‘z birikmalari qatorini aniqlang.
A) Ilmda o‘tkir, kitob o‘qish, sahroga hujum
B) Ko‘chaning chetida, chelakka solish, Sharifani ko‘rish
C) Bog‘ tomonga yurish, derazani ochmoq, keng uy
D) Paxta uchun kurash, daraxt bargi, onam uchun olmoq
13. Qaysi qatorda ergash so‘z bilan bosh so‘zning moslashuvli birikishi berilgan?
A) Do‘stni ko`rmoq B) Chiroyli yozmoq
C) Maktab hovlisi D) Suv bilan to‘ldirmoq
14. Bir-biriga mos javoblarni belgilang.
1) Xo‘jandiy; 2) Yusuf Amiriy; 3) Said Ahmad; 4) Sayyid Qosimiy.
a) «Haqiqatnoma»; b) «Latofatnoma»; c) «Sadoqatnoma»; d) «Dahnoma»;
e) «Taashshuqnoma».
A) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a, 4-e. B) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d, 4-e.
C) 1-b, 2-d, 3-e, 4-a, 4-c D) 1-c, 2-e, 3-d, 4-a, 4-b
15. Murakkab kesim qaysi gap tarkibida kelganligini aniqlang.
A) O`zbekistonning poytaxti Toshkentdir.
B) U filmni yig`lagancha ko`rdi.
C) Bu voqeaga ancha bo`lgan.
D) Mashhura o`rtogiga suhbatlarini kula-kula so`zlab berdi.
16. Dostonchilik taraqqiyotida eng rivojlangan davr qaysi javobda berilgan?
A) XIX – XX asrlar B) XIV – XV asrlar
C) XV – XVI asrlar D) XI – XIII asrlar
17. «Qutadg’u bilig» asarining 31-bobida qanday masala ko’tarilgan?
A) rahbar ma’naviyati B) rostgo`ylik va yogl‘onchilik
C) ilm o`rganish D) ota-ona hurmati
18. Xolbeka dor ostidan farzandlarini qutqarish uchun kimdan madad so`raydi?
A) Bobo Zangidan B) Mansur Xallojdan
C) Kuntug`mishdan D) Avliyoyi Qoraxondan
19. Azbarxo‘ja Xolbekani Buvraxonga olib kelganda, podshoh Xolbekaga nisbatan qanday hukm chiqardi?
20. Hijriy 462-yil, ya’ni milodiy 1069–1070-yili Koshg‘arda yozib tugallangan, hajmi 6 ming 409 baytdan iborat asar qaysi javobda ko‘rsatilgan?
21. Lutfiyning «Haq ul kunkim, jamoling bor etibdur» deb boshlanuvchi g’azalida manzar kim?
22.»Qutadg’u bilig»da bek ikki narsa bilan elni buzadi, degan fikr aytilgan. Bu ikki narsa nima?
23. Til birliklarini sanang.
24. Ana shu qishloqdagi balandgina tepalikda tez-tez sayil bo`lib turardi. Ushbu gapda nechta va qanday so`z birikmalari bor?
25. Didaktik maqsadga ko‘ra insholar necha xil bo‘ladi?
Javoblar: 8-sinf. Ona tili va adabiyoti 1-variant
19. Xolbekani Xolmo‘minga topshirdi.
20. «Qutadg‘u bilig».
21. go`zal yor
22. zo’rlik va g’ofillik
23. Qo‘shimcha, tovush, so‘z, so‘z birikmasi, gap
24. 5ta; tez-tez bo`lib turmoq, tepalikda bo`lib turmoq, balandgina tepalik, qishloqdagi tepalik, ana shu qishloq
25. 2 xil: 1) ta’limiy insholar; 2) sinov insholari
Савол 1 2 3 4 5 6 7 8 9
Жавоб B C C C C D C C B
10 11 12 13 14 15 16 17 18
D B A C C C A A A