6-sinf Biologiya fanidan bilimlar bellashuvining Respublika bosqichi uchun test savollari

Тестирование по русскому языку для 5 класса
04.09.2017
7-sinf Biologiya fanidan bilimlar bellashuvining Respublika bosqichi uchun test savollari
04.09.2017
Show all

6-sinf Biologiya fanidan bilimlar bellashuvining Respublika bosqichi uchun test savollari

Biologiya fanidan bilimlar bellashuvining Respublika bosqichi uchun nazorat materiallari

6- sinf 2-variant

 

1.Yong‘oqning  changchi   urug‘chi   gullari qayerda  joylashgan

A) bitta o‘simlikda              B)  boshqa- boshqa  o‘simlikda

C) gullari jinssiz                  D) faqat yangi novdalarda

 

2. Qaysi o‘simliklar o‘q ildiz tizimiga ega?

A) O‘rik, olma, na’matak                  B) Bug‘doy, makkajo‘xori

C) No‘xot, loviya, bug‘doy               D) Lavlagi, sabzi, rediska, turp, sholg‘om

 

3. Ildiz qaysi qismi orqali tuproqdan suv va unda erigan moddalarni shimadi?

A) bo‘linuvchi qism                B) o‘suvchi qism

C) so‘ruvchi qism                 D) o‘ikazuvchi qism

 

4.   Tut daraxti novdasining pishiqligi va elastikligi nimaga bog‘liq?

A) O‘zak                 B) Kambiy

C) Epiderma            D) Floema – lub

 

5. Payvand qilish uchun o‘stirilgan urug‘ko‘chat nima deb ataladi?

A) payvandtag      B) bachki        C) payvanddust            D) iskana

 

6. Payvand qilingan kurtaklar tutgan-tutmaganligi necha kunda bilinadi?

A) 5-7         B) 6-10         C) 10-15           D )12-16

 

7. Barglarning ustki va orqa tomonidagi po‘sti oralig‘ida nima joylashgan?

A) og‘izchalar     B) ustki  po‘sti      C)  barg  tomirlar        D) barg  eti hujayralari

 

8. 1941-1962 yillarida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining «Botanika» instituti olimlari tomonidan qanday 6 jildlik kitobi nashr etilgan?

A) “O‘zbekiston florasi”                               B)  “O‘zbekiston o‘simliklar qoplami”

C)  “O‘zbekiston zamburug‘lar florasi”          D)  “O‘zbekiston  dendrologiyasi”

 

9. Shamol yordamida changlanadigan  o‘simliklar  avval ………, keyin ………. chiqaradi.

A)  Gul, shox                             B)  Gul, barg

C)  Shox, gul                             D)  Barg, gul

 

10. Parazit zamburug‘lar odamda qanday kasalliklar paydo  qiladi ?

A) dizenteriya       B) gepatit         C) vilt        D) mikoz

 

11. Havo tozaligini aniqlovchi organism qaysi ?

A) bakteriyalar      B) yo‘sinlar     C) lishaynik      D) zamburug‘lar

 

12.  Hujayrani qaysi  fan o‘rganadi ?

A) sitologiya       B) algologiya      C) mikologiya       D) dendrologiya

13. Bir uyli o‘simlikni ko‘rsating?

A) Tol       B) Terak           C)  Makkajo‘xori     D) Gazanda

 

14.Dunyodagi eng yirik gul qanday ataladi?

A) nepentes          B) dilfinium              C) rafleziya         D)vulfiya

 

15. Murakkab gulqo‘rg‘onga ega o‘simlikni aniqlang
A) gulsafsar          B) lola              C) nok         D) chuchmoma

 

16. To‘g‘ri gulli o‘simliklarini aniqlang?

A) olma,parpi                          B) qo‘ng‘irgul ,lola

C) angishvonagul,suvyig‘ar    D) gunafsha, lola

 

17.G‘o‘za gammoz kasalligini qaysi organizm keltirib chiqaradi?

A) bakteriya       B) zamburug‘        C) lishaynik    D) suvo‘ti

 

18.Ko‘p  hujayrali  tuban o‘simliklarning  tanasi nima deb ataladi?

A)   mitseliy va tallom         B)    rizoid va qattana

C)   qattana va tallom           D)   mitseliy va rizoid

 

19. Assimilyatsiya to‘qimasining eng muhim vazifasi nimadan iborat?

20.  Funariya yo‘sinida ildiz vazifasini qaysi organi bajaradi?

21. Archaning chang donachalari qaysi organida yetiladi?

22. Unayotgan urug‘lar qanday nafas oladi?

23. Meva va urug‘larning o‘z kuchi bilan tarqatadigan o‘simliklar …………?

24. O‘simliklarning asosiy organlari qaysilar?

25. Bakteriya hujayrasi qanday ko‘payadi?

 

 

uz_UZUzbek