5-sinf Matematika fanidan 1-chorak uchun test savollari
17.09.2017
5-sinf Matematika fanidan 15 talik test
18.09.2017
Show all

5-sinf Ona tili fanidan 15 talik test

5-sinf Ona tili fanidan birinchi yarim yillik uchun tuzilgan tashqi va ichki monitoringni o‘tkazish uchun test savollari.

1) Til qanday hodisa hisoblanadi?

A.   Tabiiy    B. Ijtimoiy     C. Oddiy  D. Iqtisodiy

2) Qaysi qatorda bir tovush bilan farqlanadigan so‘zlar berilgan?

A.  Uy, tila     B. Tilla, tila   C. Talab qildi   D. Tilla, baliq

3)  Qaysi gapda shakldosh so‘zlar ishtirok etgan?

A.  Ko‘p o‘yla, oz so‘yla.        C.  Tayyorga ayyor bo‘lma.

B.  Hisobli do‘st ayrilmas     D.  Yoz o‘tmoqda soz.

4) Qo‘shib yoziladigan qo‘shma so‘z qaysi qatorda berilgan?

A.Hech qachon    B. Bir zumda    C. Har qanday      D. Qo‘zi qorin

5)  Quyidagilarning qaysi biri darak gap?

A.  Bugungi ishni ertaga qo‘yma.         C. Chiroyli yoz.

B.  Siz qaysi yozuvchilarni sevasiz?     D. Har bir bola vaqtdan unumli foydalanadi.

6) Qaysi qatorda so‘zlar tobe bog‘langan?

A.  Olma va o‘rik       B.Gul va qir    C.Qovurming shirini    D. Alisher Navoiy

7) His-hayajon gaplarda qanday so‘zlar ishtirok etadi?

A.   Undov so‘zlar                 C. -sa qo‘shimchali so‘zlar

B.    So‘roq olmoshi               D. Fe’lning buyruq shakli

8) Adabiyot qanday turlardan iborat?]

A. Shc’riyat, nasr, dramaturgiya     C. Doston, hikoya, qissa

B. Roman, she’riyat, doston             D.  Nasr, ruboiy, to‘rtlik

9) Maqollarda fikr qanday ifodalanadi?

A. Batafsil, mukammal             C.Dalil va isbot bilan

B. Keng va aniq                        D.Aniq, tugal, lo‘nda

10) Badiiy adabiyotning asosiy quroli nima?

A. Yozuv     B. So‘z      C. Fikr      D. Ijod

B. Kim?, nima?, qayer?        Necha?, kim?, nima?

11.  Podshoh bilimli insonlarni chaqirdi. Gapdagi sifatni yozing

Javob:__________________________

12. Harakat va holatni bildiradi. Qaysi so‘z turkumiga ta’rif berilgan?

Javob:__________________________

13. Qaysi asarda voqealar bola tilidan hikoya qilinadi?

Javob:__________________________

14. Qaysi mamlakatning shahanshohlari ham, fuqarolari ham xitoylardan?

Javob:___________________________

15. “Bulbul” ertagida o‘lim to‘shagida yotgan shohga nima qayta hayot bag‘ishlaydi?

Javob:__________________________________________

 

 

uz_UZUzbek