5-sinf Matematika fanidan 15 talik test
18.09.2017
5-sinf Matematika fanidan 15 talik test 1-variant
18.09.2017
Show all

5-sinf Ona tili fanidan 15 talik test 1-variant

5-sinf ona tili fanidan birinchi yarim yillik uchun tuzilgan tashqi va ichki monitoringni o‘tkazish uchun test savollari.

1.Men bugun rasm chizaman. Qaysi qatorda gap bo‘laklarning ketma-ketligi berilgan  to‘g‘ri qatorni aniqlang.

a)     ega, hol, to‘ldiruvchi, kesim    c.  hol, ega , to‘ldiruvchi,  kesim

b)    ega,kesim, to‘ldiruvchi, hol     d.   kesim, to‘ldiruvchi, hol, ega

2.Minnatdorman, bolam, katta  yigit bo‘ling! – Gapdagi  undalmani  aniqlang.

a)     Minnatdorman   b)Bolam  c)Yigit    d)Katta

3. Ot, sifat,son va  boshqa  so‘zlar o‘rnida qo‘llanib, ularga  ishora qiluvchi so‘zlar  turkumi qaysi?

A) sifat    b)fe’l   c) olmosh  d)  ko‘makchi

4. Kelasi  zamon  fe’li qatnashgan gap qatorini toping

a)     Qushlar  to‘plandilar    b.Dadamlarning  o‘rtoqlari  ko‘p

c)     Bozorda   mevalardan olma, anor, nok, shaftoli bor edi

d)    1 daqiqadan keyin “Axborot”  boshlanadi

5. Alisher Hirotda, Mashadda ko‘p yil tahsil ko‘rdi. Gapda qaysi  gap  bo‘lagi uyushib kelgan?

A)  ega       b)  hol     c)  to‘ldiruvchi     d)  kesim

6. Kirish  soz bilan ifodalangan gap berilgan qatorni toping

A)  Sobir, buyoqqa  chiq, ammamlar keldilar   b) Aslo qaynonagni aldama,  qizim

c) Men senga aytsam,  bugun ketamiz            d)  Chamasi, bir soatlar  bo‘ldi

7. Qaysi qatordagi  gapda  juft so‘zlar qo‘llangan?

a)   Xayrlashib, qayta-qayta, qulluq qilgancha chiqib ketdi

b)  Domla qator-qator o‘tirgan  bolalar orasidan asta o‘tadi

c)   Ermak  uchun  asta-asta  yuz-qo‘llarimizni yuvibm suvdan ichib o‘tiramiz

d)  Yana  yangi-yangi botirlar o‘rtaga tushadi

8. Zid ma’noli so‘zlar berilgan qatorni toping.

a)   sodda, kamtar   b) o‘qidi, o‘qimadi    c) achchiq, shirin        d) top-tob

9.Gaplar ifoda maqsadiga kora necha xil bo‘ladi?

A) 4 xil        b) 3 xil            c) 2 xil         d) 5 xil

10. Undalmali gapni aniqlang

a)     Furqat  darsda yana  gaplashib o‘tirdimi?

b)    Fazliddin, sh’erni juda  zo‘r   yodlading

c)     Gulshoda  tanlovda g‘olib chiqdi

d)    Ehtimol, sizga xabar  berar?

11. Harakat-holatni  bildiruvchi so‘z turkumi qanday nomlanadi?

Javob:_______________________________________________

12. Otlarning uch shaxsdan biriga qarashli ekanligini bildirgan qo‘shimchalarga qanday qo‘shimchalar deyiladi?

Javob:_______________________________________________

13. Taqlid so‘zlarga misollar yozing.

Javob:_______________________________________________

14. Harakat-holatni  bildiruvchi so‘z turkumi qanday nomlanadi?

Javob:__________________________________________

15. Sintaksis nimani o‘rgatadi?

Javob:__________________________________________

 

 

uz_UZUzbek