,,Siz shunday buyuksiz, muallim! “ nomli tadbir ssenariysi

1-ОКТЯБР УСТОЗ ВА МУРАБИЙЛАР КУНИГА БАҒИШЛАНГАН
24.09.2017
Ustoz va murabbiy kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan bayram ssenariysi
24.09.2017
Show all

,,Siz shunday buyuksiz, muallim! “ nomli tadbir ssenariysi

Sahna bayramona bezatilgan. Atrofga  gullar va sharlar qo‘yilgan. O‘quvchilar sahnaga birin – ketinlikda  ,,Ustozlar “ qo‘shig‘i  musiqasi   ostida chiqib kelishadi.Qo‘llarida gullar bilan ikki qiz raqslar guldastasini taqdim etadi.

1-bohlovchi:  – Assalom, gul Vatan, yashnagan diyor,                                              Assalom, ona xalq, zahmatkash elim.                                                             Tonglarim xayrli, yurtim baxtiyor,                                                                Paxtaday qalni pok, pokiza dilim.

2- boshlovchi:  – Assalom ey qalb to‘ridan,                                                               Joy olgan ey buyuk zot.                                                                                                      Bosh orzumiz qarshingizda,                                                                                             Ta’zim aylash umrbod.

1-boshlovchi: -Assalomu alaykum, aziz ustozlar va bayram tadbiri mehmonlari!

2-boshlovchi: – Assalomu alaykum, qalbi pok-u o‘zi pok murabbiy ustozlar!

1-boshlovchi: – Bugun biz o‘z qalb qo‘rini, ko‘z nurini, mehr-muhabbatini, kelajagi buyuk yurtga barkamol avlodlarni – komil insonlarni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani zimmalariga olib, bu oliyjanob ishni sharaf  bilan bajarishga bel bog‘lagan ustozlarimizni, muallim-u murabbiylarimizni qutlash maqsadida yig‘ilganmiz.

2-boshlovchi: – O‘qituvchilik azal-azaldan e’tiborli kasb hisoblanadi. Dunyoning qaysi mamlakatida o‘qituvchi-murabbiylarga nisbatan bu qadar e’tibor qaratilmagan, e’zozlanmagan. Mamlakatimizda Prezidentimizning Farmoni bilan 1997-yildan boshlab 1-oktabr ,, O‘qituvchi va murabbiylar kuni “ umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinmoqda.

1-boshlovchi: -Jamiyatning buguni va ertasi uning madaniy-ma’rifiy-ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’;im tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarning fidokorona mehnatlariga bog‘liq ekanligi barchamizga ayon.

2-boshlovchi: – To‘g‘ri aytasiz, o‘qituvchilikning ko‘p qirrali, murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ilm-u fan sirlaridan boxabar etish kabi muhim vazifalar yotadi:

Qo‘limga qalamni ushlatdi ilk bor,

Shu ondan qalbimda boshlandi bahor.

Undan-da buyukroq, ulug‘roq kim bor,

Ustozim-ustozim sizga ming ta’zim!

1-boshlovchi: – Hurmatli davramiz mehmonlari! Bayram tantanasini ochib berish uchun so‘z navbatini maktabimiz  direktoriga beramiz. Marhamat ustoz!

2-boshlovchi: – Hurmatli mehmonlar aziz murabbiylar! Navbat sizlar uchun tayyorlangan 8-sinf o‘quvchilarining badiiy kechasiga, marhamat!

1-boshlovchi: – Bugungi shodiyona, kuy qo‘shiq va raqslar sizlar uchun yangraydi, ustozlar!

Mustaqil Vatanim, ozod diyorim,

Qalbimiz baxshida zamonamizga.

Ilhomim o‘zingsan, kuylar qalb torim,

Jo‘r bo‘ling, azizlar taronamizga.

                          ( ,, Uztozlar “ qo‘shig‘i qizlar ijrosida )

2-boshlovchi: Endigi navbatni qizlarimiz tayyorlagan raqsga beramiz, marhamat.

    ( Qizlar ijrosida raqs: ,, Gul bir yon, chaman bir yon.. “)

1-boshlovchi:– Ustoz deganda har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat, ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg‘ulari, shu bilan birga o‘lchab ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi. Bu yorug‘ olamda onadek mehribon, otadek-g‘amxo‘r, har birimiz uchun aziz va muhtaram bo‘lgan ulug‘ zot bu-muallim va murabbiylardir!

2-boshlovchi: – Olamning gultoji inson bo‘lsa, ular orasida suyuklisi ustoz-muallimdir. Ustozlar haqida so‘z ketganda beixtiyor bolaligimiz, orzi intilishlarga to‘la bolalik yillarimizda ilk bora qo‘limizga qalam tutqazgan birinchi o‘qituvchimiz ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Sizlarga bugun qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘yib tashakkur aytamiz.

1-boshlovchi: – Hayot ummonida bamisli mayoq,

Yiroqlarga nazar  tashlar ustozlar.

Sodiq shogirdlarga berarkan saboq,

Doimo haq yo‘lga boshalr ustozlar!

2-boshlovchi: – Eng og‘ir damalarda vazminlik bilan

Sabr ila matonat darsin o‘tarlar.

Ezgulik singdirib, dillarga har dam,

Kelajakka t otli meva tutarlar.

( O‘quvchilar yodlab kelgan she’rlarini aytadilar.)

1-boshlovchi: – Aziz ustozlar va qadrli mehmonlar! Endigi navbatni Zulfiyaxonim izdoshlari bo‘lgan maktabimizning lobar qizlariga beramiz, ular tayyorlab kelgan raqslar guldastasini e’tiboringizga havola etamiz, marhamat!

( Qizlar ijrosida milliy raqslar.)

2-boshlovchi: – Sinfimiz alp yigitlarining ustozlar haqidagi fikrlaridan tinglasak, marhamat!                                                                                                                                             ( 5 o‘quvchi yigit ustozlar haqidagi fikrlarini bayon qiladilar.)

1-boshlovchi: – Ko‘z o‘ngimga ochdi ziyo muallimim,

Yo‘llarimga sochdi ziyo muallimim.

Go‘dak edim ona kabi parvarishlab,

Ulg‘aytirdi meni dono muallimim.

Shogirdmanki, taxt turaman xizmatiga,

Qilsa agar bitta imo muallimim.

Davraga ustozlik maqomiga hurmat ila boqadigan yigitlarimizni taklif etamiz. Ular qo‘ldan kelgancha sharafli kasbning nechog‘lik ahamiyatli ekanini o‘z sahna ko‘rinishlari orqali ochib beradilar. Marhamat, ko‘ramiz!

( Sahna ko‘rinishi: yigitlar  ijrosida )

1-boshlovchi: – Sabr ham, toqat ham bardosh ham sizsiz,

Goh quvonch, goh alam, ko‘z yosh ham sizsiz.

Har ikki olamda quyosh ham sizsiz,

Siz mening g‘ururim, aziz ustozim!

Aziz, mehribon va mehridaryo ustozlar! Sizlarni yana bir bor bayramingiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Sizlarga barkamol avlodlarni tarbiyalash yo‘lidagi mashaqqatli, ammo sharafli ishingizda ulkan zafarlar, oilangizga esa tinchlik, omonlik va shodu xurramlik tilaymiz!

2-boshlovchi: – Tortinib, o‘ylanib yashabsiz bilsam,

Bir umr kuymanib yashabsiz bilsam.

Ertam deb o‘ylanib yashabsiz bilsam,

Siz mening g‘ururim, aziz ustozim…

Aziz ustozlar! Barchangizga shogirdlaringiz va farzandlaringiz kamolini ko‘rish nasib etsin. Shu bilan ,, Siz shunday buyuksiz, muallim” nomli badiiy kechamiz nihoyasiga yetdi, barchangizga tashakkur!

Hamma birgalikda:

Ustozlar sizlarga ming ta’zim,

Siz shunday buyuksiz, muallim!!!

uz_UZUzbek