1-sinf uchun musiqa fanidan test savollari 4-chorak
29.09.2017
6-sinf tarix fanidan mavzulashtirilgan savollar
29.09.2017
Show all

6-sinf tarix fanidan mavzulashtirilgan savollar

I-bo‘lim. Eng qadimgi tuzumdan sivilizasiya sari. (savollar)

  1. Qaysi manbada ko‘plab mamlakatlar xalqlari madaniyati va tarixiy voqealari haqida ma’lumot keltiriladi?
  2. Paropamis bu … ?
  3. Suzadagi saroy qurilishida oltin qaerdan keltirilgan?
  4. Gerodotning Massagetlar haqidagi hikoyasida ular nima bilan qurollangan?
  5. “Aleksandrning harbiy yurishlari” asarining muallifi kim?
  6. Massagetlarning barcha buyumlar va asboblari nimadan yasalgandi?
  7. Sho‘rto‘qayga kimlr saos slogan?
  8. Massagetlarning otlari ustidagi bargustuvoni nimadan to‘qilgan?
  9. So‘g‘d yozuvi qachon shakllangan?
  10. Lojuvardnig asosiy koni qaerda edi?
  11. Strabon yashagan sanani toping?
  12. Saklar qaerda yashagan?
  13. So‘g‘d tilidagi yozma yodgorliklar qaerdan topilgan?
  14. Mil. avv. II-ming yillikka oid metal buyumlar xazinasi qaerdan topilgan?
  15. Sharqiy Afrikadan qaysi odam qoldqlari topilgan?
  16. Oltintepa manzilgohi qaysi davrga oid?
  17. Qaysi davrda odamlar uchi o‘tkir tayoqlardan foydalangan?
  18. Kapova g‘ori qaerda joylashgan?
  19. Behistun yozularida O‘zbekiston hududidagi joylar qanday nomlanadi?
  20. Qadimgi qabrlar qachon paydo bo‘lgan?
  21. Massagetlar qaerda yashagan?
  22. Ilk paleolit davri manzilgohlari qaerlardan topilgan?
  23. Saka haumovarkalar qaerda yashagan?
  24. Samarqand, Toshkent va Farg‘ona vodiysidan topilgan manzilgohlar qaysi davrga oid?
  25. Baqtriya qaysi hududlardan iborat bo‘lgan?
  26. Qaysi davrdan boshlab odamlar urug‘ jamoasida yashay boshlagan?
  27. Gerodotning Massagetlar haqidagi hikoyasida Amudaryo qanday atalgan?
  28. Qaysi davrdan boshlab odamlar hayvonlarni qo‘lga o‘rgata boshlagan?
  29. Gerodotning Massagetlar haqidagi hikoyasida massagetlar qanday kun kechirgan?
  30. Qadimgi shaharlarga xos umumiy belgini toping?
  31. O‘rta Osiyoning qadimgi aholisi qachon ziroatchilikka o‘ta boshlagan?
  32. Qashqadaryo vodiysidagi qadimgi shaharlarni toping?
  33. Mezolit davri manzilgohlarini toping?
  34. Afrasiyob qachon bunyod etilgan?
  35. Qaysi davrdan boshlab odamlar toshga teshikchalar parmalshni qo‘llay boshlashgan?
  36. Massagetlarning yagona tangrisini toping?
  37. Qaysi shahar suv to‘ldirilgan handaq bilan ihotalangan?
  38. Qaysi davrdan boshlab odamlar tumor va uzuklar yasay boshlashgan?
  39. Ktesiy kimning saroyida tabiblik qilgan?
  40. O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi shaharlarning yoshi necha yildan kam emas?
  41. Massagetlar xudolariga nimani qurbonlik qilishgan?
  42. Qaysi jarayonlar jamoalarning ziroatchilikka o‘tish imkoniyatini vujudga keltirdi?
  43. O‘zbekistona ilk temir asriga o‘tish sanasini toping?
  44. Bugungi kunda qaysi davrga oid yuzdan ortiq manzilgohlar kashf etilgan?
  45. Qadimgi shaharlardagi qal’alar nimadan qurilgan?
  46. Qaysi davrdan boshlab odamlar ko‘p xonali uylar qura boshlashgan?
  47. Qaysi tarixchi Baqtriyaning Ossuriya bilan aloqalari haqida ma’lumot beradi?
  48. Qachondan boshlab bronza mehnat qurollari yasashda asosiy materialga aylanib qoldi?
  49. Qaysi Ossuriya podshosi baqtriyaga yurish qilgan?
  50. Bronza tarkibini toping?
  51. “_______tabiati boy va xilma-xil. Ba’zi joylari qalin daraxtzor, tok novdalarida shirin-shakar mevalar bor.Serhosil yerlar ko‘psonlibuloq suvlari bilan sug‘orilgan.” Bu qaer va kimning asaridan olingan?
  52. Ilk shahar alomatlari qaysi manzilgohda ko‘zda tashlanadi?
  53. Zand nima?
  54. Sopollitepa manzilgohi nechta mahalladan iborat bo‘lgan?
  55. Jarqo‘rg‘on manzilgohiga oid manzilgohlar qaerdan topilgan?
  56. Avesto qachon kitob holatiga keltirildi?
  57. Ijtimoiy taraqqiyot tuzum tarqiyotini to‘g‘ri tartibda joylashtiring?
  58. Ezgulikka yordam berishi lozim bo‘lgan amallarni sanab bering?
  59. O‘rta Osiyo aholisi qachon to‘rtta guruhga ajratilgan?
  60. Qaysi belgilar vujudga kelayotgan davlatchilikning muhim alomati edi?
  61. O‘rta Osiyodan topilgan temir buyumlarining ko‘pchiligi qaysi davrga oid?
  62. Maykop qo‘rg‘oni qaysi davrga oid?
  63. So‘g‘diylarning shimoldan eng yaqin qo‘shnilarini toping?
  64. Zardushtiylarning muqaddas xudolarini toping?
  65. Qadimgi dunyo tarixi davri?
  66. “Marhumlar kitobi” qaysi xalqlar tarixiga oid ma’lumot beradi ?
  67. “Epigrafika” va “numizmatika” nimalar haqida ma’lumot beradi?
  68. “Rigveda” dostoni qaysi xalq tarixiga oid ma’lumot beradi?
  69. Axeologlar, antropologlar, entnograflar, Lingivistlar nimalar haqida ma’lumot beradi ?
  70. O‘zbekiston tarixiga oid ma’lumot beruvchi yozma manbalar.
  71. Behistun qoyalari yozuvi qachon va kim tomonidan yozilgan?
  72. “Geografiya” asarining muallifi?
  73. “Tarixiy yilnomalar” asari muallifi?
  74. Sug‘d yozuvining shakllangan davrini toping?
  75. O‘zbekiston hududidagi dastlabki tangalar qachon topilgan?
  76. Qadimgi odamlarning dastlabki jamoasi?
  77. Tosh davri necha qismga bo‘linadi?
  78. Eng qadimgi odamlar qoldiqlari qaysi hududlardan topilgan?
  79. Eng qadimgi odamlar mahzilgohlari?
  80. O‘rta Osiyoda toshdan yasalgan mehnat qurollari qaysi hududlardan topilgan?
  81. Chopperlar nima?
  82. O‘zlashtirma xo‘jalik ta’rif bering ?
  83. Teshik tosh g‘ori davrini toping?
  84. Dastlabki qoya tasvirlar davrini toping?
  85. Diniy e’tiqod qachon shakllana boshlagan?
  86. So‘nggi paleolik davrida O‘zbekiston hududidagi manzilgohlar?
  87. 25-30 ming yil muqaddam odamlar?
  88. Qaysi davrdan boshlab Old Osiyoda ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga kelgan?
  89. Mezolit davri manzilgohlari?
  90. Qaysi davrdan boshlabodamlar ishlab chiqarish xo‘jalikka o‘tdi?
  91. Ishlab chiqarish xo‘jaligi bu-?
  92. Mikrolitlar bu-?
  93. Mil.avv.VI-IV ming yilliklarda O‘rta Osiyoning markaziy va shimoliy hududlaridagi aholining asosiy mashg‘ulotinimadan iborat edi ?
  94. So‘ngi paleolit davri kashfiyotlari?
  95. Mezolit davri kashfiyotlari
  96. Neolit davri kashfiyotlari
  97. Ko‘p xonali uylar qaysi davrdan boshlab qurila boshladi?
  98. Eneoilt davri va kashfiyotlari?
  99. Mil.avv. IV ming yillikda Sharqda va O‘rta Osiyoda..?
  100. Bronza davri va mahzilgohlari?
  101. Zamonbobo manzilgohi va ularning asosiy mashg‘uloti?
  102. Qaysi manzilgohdan ilk ibodatxona topilgan? (25.
  103. Kulolchilik charxi va g‘ildirak kashf etilgan davr?
  104. Temir asriga o‘tish?
  105. Temirni dastlab kimalr va nima maqsaddda ishlatgan?
  106. O‘rta Osiyodan topilgan eng qadimgi temirdam yasalgan mehnat qurollari qaysi davrlarga tegishli?
  107. Mil. avv. I-ming yillikda O‘rta Osiyoda aholisi necha tabaqaga bo‘lingan?
  108. Ijtimoiy tuzum taraqqiyotini to‘g‘ri tartibda belgilang ?
  109. Avestoda patriarxal oila nima deb atalgan?
  110. Urug‘ jamoasi nima deb ataladi?
  111. Avestoga ko‘ra jamiyatni idora qilishning bosqichlari?
  112. “Varzana”, “Zanbu”, “Daxyu” atamalar ma’nosi?
  113. Sivilizatsiya atamasiga ta’rif bering ?
  114. O‘rta Osiyoda necha yil muqaddam sivilizatsiya vujudga kelgan?

 

uz_UZUzbek