6-sinf tarix fanidan mavzulashtirilgan savollar
29.09.2017
6-sinf tarix fanidan mavzulashtirilgan savollar
29.09.2017
Show all

6-sinf tarix fanidan mavzulashtirilgan savollar

III-bo‘lim. Qadimgi Yunoniston. (savollar)

1.Yunonistonni eng baland tog‘i Olimp Yunonistonning qaysi qismida joylashgan?

2.Yunoniston ilk davlat-shaharlar qaysilar va ular qachon vujudga kelgan?

3.Minoy silvilizatsiya qaysi orolda vujudga kelgan?

4.Mill. avv. 1450yild Kritda?

5.Minoy sivilizatsiyasining barbod bo‘lishi sabablari?

6.“Oykumena” deganda yunonlar qaysi hududlarni tushunishgan?

7.Yunon shahar-davlatlari qanday atalgan?

8.Goplitlar….

9.Attika viloyati qayerda joylashgan ?

10.  Attika aholisi necha guruhga bo‘lingan ?

11.  Qachondan boshlab Afinada davlat ishlarida haq to‘lanadigan bo‘ldi ?

12.  Yunonistonda qachondan boshlab qullar hayotini qadrlamay qo‘yishdi?

13.  Afinada necha yoshdan boshlab  bolalarga yozuv va hisob ilmi o‘rgatilgan?

14.  Palestlarda nimalar o‘rgatilgan?

15.  Afinada oliy o‘quv yurtlarida qaysi fanlar o‘qitilardi?

16.  Doriylar hujumi sanasi va oqibatlari nimalardan iborat edi?

17.  Doriylar mil.avv. VIII-asrda qaysi davlatga hujum qildi?

18.  Spartada periyeklar kim va ular asosan nima ish bilan shug‘ullangan edi?

19.  Yunonlar qaysi hududlarda o‘z kaloniyalarini qurdilar?

20.  Buyuk yunon kaloniyalashtirish davri sanasini toping?

21.  Qora dengiz sohillaridagi yunon kaloniyalarini toping?

22.  Yunonistonda alifbo qachon vujudga keldi va shakli qanday bo‘lgan?

23.  Afinada xalq yig‘ini oyiga necha marta bo‘lardi?

24.  Drakon qonunlari qachon qabul qilindi ?

25.  Solon islohoti nimalardan iborat edi?

26.  Afinada xalq majlisi vazifasi nimadan iborat edi?

27.  Afinada Beshyuzlar kengashi vazifasi nimadan iborat edi?

28.  Strateg qanday lavozim edi?

29.  Afinada xalq sudi faoliyatiga eshtirok etish yoshini toping ?

30.  Mill. avv. 443-429 yillarda Afina strategi kim bo‘lgan?

31.  Perikl islohotlari nimalardan iborat edi?

32.  Parfenon ibodatxonasi  kimning davrida qurilgan?

33.  Perikl Afinadan to Pirey dengizi portigacha bo‘lgan hududda mudofa devorlari qurishni buyurishga sabab?

34.  Yunon-fors urushlari sabablari va sanasini toping?

35.  Doro I ning elchilariga Afina va spartalik qanday javob qaytaradi?

36.  Doro I nima sababdan Afina davlatidan qasos olmoqchi bo‘ladi?

37.  Yunon fors urushida Marofon jangida yunonlar  va forslar qo‘shiniga kim boshchilik qildi?

38.   Marofon jangida yunonlar forslarni nechta kemasini asir oldi?

39.  Fermofil jangi qachon bo‘ldi?

40.  Fermopil jangida yunon va Eron qo‘shinlariga kimlar boshchilik qiladi?

41.  Kimning maslahati bilan yunonlar 200 ta harbiy kema – triyera qurishdi?

42.  Plateya jangi qachon bo‘ldi?

43.  Harbiy kema – triyeralar suzish tezligi?

44.  Makedoniya podshosi Filipp II  Yunonistonni qaysi shaharlarini  bosib oladi?

45.  Makedoniya falangasi necha qator bo‘lgan?

46.  Demosfen qanday ishlarni amalga oshirgan?

47.  Yunonistonni qaysi shahari Filipp II ga qarshi turdi?

48.  Xeroneya yaqinidagi jang sanasi va natijasi nimadan iborat edi?

49.  Filipp II ning Yunonistonga yuritgan siyosati nimadan iborat edi?

50.  Mill. avv. 337-yilda Korinf sulhida qaysi davlatlar qatashmadi?

51.  Mill.avv. 337-yilgi Korinf sulhida qanday shartnomalar imzolandi?

52.  Filipp II Eronga qilmoqchi bo‘lgan  yurishda qanday bahona topdi?

53.  O‘g‘il bolalar harbiy xizmati va ularni o‘tash tartibi nimalardan iborat edi ?

54.  Mamlakat mudofa zaruriyati yuzaga kelganda erkaklar majburiyati ?

55.  Olimpiada o‘yinlarida Beshkurash o‘yini qanysi sport musobaqalarini qamrab olgan?

56.  Olimpiada o‘yinlari qaysi xudo sharafiga bag‘ishlab o‘tkazilgan?

57.  Olimpiada o‘yinlari asoschisini  toping?

58.  Olimpiada o‘yinlariga kimlar qatnasha olmaganlar?

59.  Kimlarga Olimp tog‘iga o‘z haykalini o‘rnatishga ruxsat berilgan?

60.  Mil.avv. 394-yil Yunonistonda qanday voqea ro‘y berdi?

61.  Olimpiada o‘yinlari qachon qayta tiklanadi?

62.  Troya urushi sabablari nimalardan iborat edi?

63.  Iliada dostonning bosh qahramoni Axillesni onasi barhayot yashashini istab qaysi daryoga botirib olgan?

64.  Troya shahri hozirgi qaysi  hududga to‘g‘ri keladi?

65.  Troya shahrini kim qazish ishlarini olib bordi?

66.  Odissey dostoni qahramoni va uning vatanini toping?

67.  Teatr so‘zining ma’nosini toping?

68.  “Arilar”, “Qushlar”, “Baqalar” degan mashhur komediyalar muallifini toping?

69.  Qachondan boshlab Yunonistonda ibodatxonalar va jamoat binolari toshdan qurila boshlagan?

70.  Minos uchun mashhur Labirint saroyini kim barpo etgan?

71.  Yorug‘lik tushishiga qarab o‘z rangini oltin rangidan niliy yoki bo‘zrangacha o‘zgartirib turgan binoni toping?

72.  Teatrlarda nechta aktyor qatnashgan?

73.   Yer yuzidagi hamma narsa  olovdan kelib chiqqan degan fikr kimga tegishli?

74.  Olam haqida Demofrit fikri nimadan iborat edi?

75.  “Hamma narsa oqadi, hech narsa bir joyda turmaydi” degan ibora kimga tegishli?

76.  Bochkada yashagan yunon faylasufini va uning mashhur fikrini toping?

77.  Yunon fizigi Arximed qobiliyati va u qaerda o‘ldirilgan ?

78.  Deltiya ibodatxonasidagi “O‘z-o‘zingni  anglagi va bilgin” degan bitik kimga tegishli ?

79.  Titanlar nomlanishi va ularning o‘ziga xos vazifalari nimalardan iborat?

80.  Sirenalar, kentavr va sikloplar vazifalari nimalardan iborat edi?

81.  Geya va Uran qanday xudolar bo‘lishgan?

82.  Yunonlar e’tiqodicha xudolar qayerda yashagan ?

83.  Yunon xudolari nomlar va sohalarini  toping?

84.  Yunon xudolari nimani va nima uchun tanovul qilgan?

85.  Yunonlar kimlarga haykal qo‘yishgan?

 

 

 

uz_UZUzbek