7-sinf Nemis tili fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari na’munasi
22.10.2017
9-sinf IBA fanidan test savollar I-chorak 1-variant
25.10.2017
Show all

9-sinf ona tili va adabiyot fanidan fan olimpiadasi uchun test savollari

1.To`g`ri yozilgan so`zlar nechta ekanligini aniqlang?

1. kelayapti. 2. naqarot  3. uydan-uyga  4. tadbiq etmoq.

5. tatqiq etmoq. 6. orzungiz.

A). 3 ta          B).  2 ta       S). 1 ta        D). 4 ta

 

2. Nomustaqil kesim bu – …

A). Shaxs-son va zamon shakllaridagi fe’l kesimlar

B). Bog’lamli va bog’lamsiz kesimlar

S). Shart mayli shaklidagi kesimlar

D). Istak gaplarning kesimlari

 

3.Quyidagi gaplarning qaysi birida belgining belgisini bildirgan yasama sifat mavjud?

A). Yo`lning  ikki betidagi qoramtir, oq, qizil darxtlarning barglari qimirlardi.

B). Qishki kiyimini yozda olib qo`yadigan pishiq odam edi u.

S). Foydali maslahat kishiga qanot bag`ishlaydi.

D). Avaz dahlizdan rangdor vassali, sertokcha uyga kirdi.

 

4. -u(-yu), -da birliklari uyushiq bo’laklar orasida kelganida, qanday tinish belgisidan foydalaniladi?

A). vergul                                  B). hech qanday tinish belgilaridan faydalanilmaydi.

S). nuqtali vergul                      D). tire

5.Yo`nalish ma’nosini ifodalaydigan ko`makchi ishtirok etgan gapni aniqlang.

A). Sarvar u tomon bo`lib, o`yinga kirdi.

B). Daryoga qadar 3 mil yurdi.

S). Bodring uchun to`rxalta sotib oldi-da qishloq tomon enib ketdi.

D).  Sen kabi odamlar insoniyatni tanazzulga boshlaydi!

6.O`z vazifasini yo`qotib, yaxlitlanib qolgan qo`shimcha ishtirok  etgan gapni aniqlang.

A). O`qigan o`zadi, o`qimagan to`zadi.

B). Bu yerlarning yozi juda issiq bo`ladi.

S). Dadam kecha kechasi uyga hovliqib kirib keldi.

D). Bu kitob meniki. Uni kechqurun senga beraman.

 

7.Vositali to`ldiruvchiga bog`langan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan gapni toping.

A). Kumush qishdan, zumrad bahordan qolishmaydi kuzning ziynati

B). Shu payt ichkaridan ship-ship qadam tovushi eshitildi

S). Bu yil tog’-tog’ xirmon yaratildi

D). Yaxshi o’g’il otga mindirar, yomon o’g’il otdan indirar

 

8.Kim, nima olmoshlari takrorlanib qo`llanganda, qanday ma’no anglashiladi?

A). kinoya        B). ko’plik          S). kamtarlik           D). kesatish

 

9. Bosh gapda ifodalangan mazmunning qaysi belgisini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko`makchili qurilmalar vositasida bog`lanadi ?

A). Maqsadini         B). Sababini       S). Shartini        D). Natijasini

 

10. So`zlovchining  bevosita o`zi ko`rgan harakat va holatni bildiradigan qo`shimcha qo`llangan gapni aniqlang.

A). Oq yer ochdim, qora bug`doy sochdim.

B). O`zi qator joylashgan, bir-biriga boylangan.

S). Juda chiroyli muomala qilyapsiz.

D). Bugun biz kino ko`ramiz, shundan so`ng buvimnikiga boramiz.

 

11. Ishingiz o`ngidan kelavermayaptimi, demak, birovlarga qilgan baxilligingiz uchun javob berasiz. Ushbu gapda qo`llangan sodda yasama so`z tarkibida nechta ochiq bo`g`in mavjud?

A). 2 ta             B).  3 ta           S).  1 ta             D). 4 ta

 

12. To`g`ri yozilgan so`zlar nechta ekanligini aniqlang?

1.kelayapti. 2. naqarot  3. uydan-uyga  4. tadbiq etmoq.                                                                                           5. tatqiq etmoq. 6. orzungiz.

A). 3 ta            B).  4 ta              S). 1 ta              D). 2 ta

 

13. Quyidagi fikrlarning qaysi biri to`g`ri emas?

A). Egasi yashiringan gaplar ikki turga bo`linadi.

B). Shaxsi noma’lum gaplar tarkibida eng muhim belgi, ularning tarkibida shaxs-son shakllarining yo`qligidir.

S). nisbat shaklini yasovchi -dir qo’shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo’g’inli so’zlar­ga (kel so’zidan boshqa), shuningdek z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchisidan keyin qo’shiladi.

D). Fe’lning 3 ta vazifa shakli lug`aviy shakl yasovchi qo`shimchalarsiz hosil bo`lmaydi.

 

14.Holning qaysi turi boshqaruv yo’li bilan bog’lanib, makon-zamon kelishiklaridagi so’zlar yoki ko’makchili otlar bilan ifodalanadi?

A). O’rin holi     B). Payt holi        S). Sabab holi           D). Ravish holi

15.So’z birikmasi bilan turg’un birikmaning farqlari noto’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.

A). so’z birikmasi leksik ma’no ifodalaydi, turg’un bog’lanma esa tushuncha ifodalaydi

B). turg’un bog ‘lamaga bir so’z sifatida qaraladi, so`z birikmasiga esa kamida ikki so’z sifatida qaraladi.

S). so’z birikmasidagi so’zlarni almashtirishi mumkin, turg’un bog’lamalardagi so’zlarni almashtirib bo’lmaydi;

D). so’z birikma tarkibidagi so’zlar o’zaro- erkin bog’langan bo’ladi, turg’un bog’lamalarda esa so’zlar ma’noviy butunlik uchun birlashgan bo`ladi.

 

16. Mavhum otlar ko`plik shaklida qo`llanganda, qanday ma’nolarni ifodalaydi?

Javob:————————————————————————————————

 

17. Qaysi so’zlar qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga, ular o’rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi ?

 

Javob: ____________________________________________________________

 

18. Takror holda qo’llangan ayiruv bog’lovchilari oldidan qanday tinish belgisi qo’yiladi ?

 

Javob: ____________________________________________________________

 

19. Deb so’zi ergashgan qo’shma gaplarda qaysi ko’makchiga ma’nodosh bo’ladi ?

 

Javob: ____________________________________________________________

 

20. Sifatdoshlar fe’lga xos qanday ma’nolarni ifodalaydi (to`liq yozing)?

 

Javob: ____________________________________________________________

 

 

21.Mirtemirning “Bulut” she’rida bulut nimaningbelgisi?

A) rizq, ishonch                        B) qalqon, sadoqat

S) zafar, bardamlik                   D) yorug’lik, to’kinlik

 

22.Yozuvchi tomonidan kuzatilgan, idrok etilgan ibratli voqea va hodisalarni ixcham shaklda badiiy ifoda etuvchi nasriy asar – bu…

A) hikoya   B) qissa               S) rivoyat       D) memuar

 

23.Pirimqul Qodirovning qaysi asarida ziyolilar hayoti qalamga olingan?

A) “Meros”      B) “Qadrim”       S) “Uch ildiz”       D) “Olmos kamar”

 

24.Tog’ay Murodni iste’dodli yozuvchi sifatida ko’rsatgan dastlabki yirik asari qaysi?

A) “Otamdan qolgan dalalar”        B) “Oydinda yurgan odamlar”

S) “Yulduzlar mangu yonadi”       D) “Ot kishnagan oqshom”

 

25.Abdulla Qahhorning  tugallanmay qolgan qissasi qanday nomlanadi?

A) “Sinchalak”     B) “O’tmishdan ertaklar”     S) “Muhabbat”              D) “Zilzila”

 

26.Favqulodda qiziq va g’aroyib voqealar, o’quvchini hayajonga soladigan tasvirlar, kechinmalarning ko’p bo’lishi qanday asarlarga xos xususiyat?

A) tragik asarlar            B) detektiv asarlar

S) sarguzasht asarlar     D) komedik asarlar

 

27.J. Svift qahramoni Gulliver olis mamlakatlarga avvalo kim sifatida sayohat qilgadi?

A) Jarroh       B) Missioner       S) Arxeolog                D) Sayyoh

 

28. Asqad Muxtorning ilk she’riy asarlari qaysi qatorda berilgan?

A) Tilak”, “Tong edi”, “Totli damlar”

B) “G’alaba ishonchi”, “Jangchining bayram kechasi”, Tug’ishganlar qaytdi”

S) “Po’lat quyuvchi”, Hamshaharlarim”, “Rahmat, mehribonlarim”

D) “Chin yurakdan”, “99 miniatura”, “Karvon qo’ng’irog’i”

 

29. Maqol va topishmoqning umumiy xususiyati berilgan qatorni aniqlang.

A) har ikkovida ham ichki qofiyaning bo’lishi

B) har ikkovida ham xulosaning mavjudligi

S) har ikkovida ham hukmning ifodalanishi

D) har ikkovi uchun ham sirlilikning xosligi

 

30.”Alpomish” dostonida tilga olingan “kampir o‘ldi”,”it irillar”,”chach siypatar”,”qo‘l ushlatar” kabi ifodalar nimaning nomlari?

A)o‘zbek milliy marosimlarining               B)yosh bolalar o‘yinlarining

S)milliy marosim qo‘shiqlarining              D)o‘zbek milliy taomlarining

 

31.Tasavvuf adabiyotida may quyiladigan kosa, jom, qadah nimaning ramzi?

A)ishqning                      B)visolning       S)ko‘ngilning                  D)nafsning

 

32.Furqatning qaysi she’rida vatanni qo‘msash, do‘stlar sog‘inchi Navoiydagi kabi maktub shaklida ifoda etiladi?

A)”Sabog‘a xitob”                  B)”Adashganman”

S)”Furqatnoma”                      D)”Bir qamar siymoni ko‘rdim…”

 

33.Cho‘lponning qaysi she’ri quyidagi misralar bilan yakun topadi:

“Keng yaylovga o‘tmi ketdi,yondimi?

“Madaniyat” istagiga qondimi?”

A)”Qalandar ishqi”           B)”Ko‘ngil”       S)”Kishan”          D)”Yong‘in”

34.»Kecha va kunduz» romanida o‘ligi tirigidan qimmatga tushgan qahramon kim?

A) Zebi                  B) Akbarali          S) Razzoq so‘fi          D) Eshon bobo

 

35.” Farhod va Shirin”da Farhod olishib yenggan ajdaho, Axraman dev, temir odam nimaning ramziy timsollari hisoblanadi?

A)kibr-u havoning                     B)nafsning

S)hayotdagi to‘siqlarning          D)tasavvuf tariqati bosqichlarining

 

36.“Urushning so’nggi qurboni” hikoyasida tilga olingan uch qizning onasi kim?

–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

37. “Mirzo Ulug’bek” fojiasidagi Samarqand qozisi kim?

 

–––––––––––––––––––––––––––––––––

38.“Behuda chiranish belni chiqaradi” degan hikmat Ezopning qaysi masali mazmunidan anglashiladi?

 

––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

39. “Chinor”asaridagi “Bola ahvolni o’zicha tuzatmoqchi bo’lgan, lekin yana qo’rqoqlik bilan, yo’q, xatoni tuzatish, haqiqatni yuzaga chiqarish uchun jasorat kerak, sen ham bilib qo’y!”. Akbaralining o’limidan so’ng aytilgan ushbu gaplar kimga tegishli?

 

–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

 

40.“Shum bola” qissasidan olingan jumlani to’ldiring.

“Kenjatoy o’g’lingiz Bo’riboyvachcha … ga chiqib, … bolasini olaman deb yiqilib tushib, bir marta “…” dedi-yu, “g’iyq” etib jon berdi.”

 

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
B S D B A S A D B A
11 12 13 14 15 16 17 18 19 20
B D B A A Ta’kidlash, kuchaytirish Bo`lsa, esa so`zlari Vergul

 

Uchun Zamon, bo`lishli-bo`lishsiz, nisbat ma’nolarini
21 22 23 24 25 26 27 28 29 30
D A S S D S A A A A
31 32 33 34 35 36 37 38 39 40
S A D B B Xadicha Mavlono Shamsiddin Muhammad Miskin “Burgut, zag’cha va cho’pon” Ochil boboga terakka, chumchuq, dada

 

 

 

 

uz_UZUzbek