6- sinflar uchun ʺBotanikaʺ fanidan testi.
26.10.2017
8-sinf informatika test savollari
28.10.2017
Show all

8-sinf Kimyo fanidan 1-chorak uchun test savollari

1. Quyidagilarning qaysi birida element valentligi to’g’ri ta’riflangan?

a) ayni element atomi bilan birikadigan vodorod atomlari soni orqali aniqlanadi

b) element joylashgan guruhining tartib raqami bilan aniqlanadi

c) atomning tashqi elektron pog’onasidagi toq elektronlar soni orqali

d) elementlar birikmalaridagi elektron juftlar soni bilan aniqlanadi

e) kimyoviy element atomlarining muayyan sondagi boshqa kimyoviy element atomarini biriktirib olish xossasi

2. Element bu……

a) moddaning oddiy zarrachasi         b) moddaning bo’linmas darajasi          c) moddaning mayda zarrachasi

d) yadro zaryadlari bir xil bo’lgan atomlar turkumi                    e) moddaning elementar zarrachasi

3. Oddiy moddalar qatorini ko’rsating

a) AI2O3, HCI, KCI, NH4OH b) HCI, HF, HNO3, H2CO3 c) P4 S8, O2, O3                        d) PH3, H2O, H2S, NaH

4. Quyidagi jarayonlarning qaysilari kimyoviy jarayon?

1) metanning yonishi                     2) alyuminiy simning cho’zilishi            3) muzning erib suyuq holga o’tishi

4. temirning zanglashi                   5. suvning bug’lanishi

a) 1, 2      b) 3, 4      c) 3, 5      d) 1, 4      e) 2, 5

5. Qaysi qator faqat valentligi o’zgaruvchan elementlardan iborat?

a) K,C,S,N, P,Fe             b) Cu, Ba,N, CI, Br, Cr            c) C, Cr, Cu, P, S

d) Ca, Cu, C, H, F, O                        e) AI, Na, Ca, Ag, H

6. Kimyoviy hodisalarga kirmaydigan jarayonni ko’rsating

a) uzum sharbatining bijg’ishi        b) benzinning yonishi         c) yog’ning sovuqda qotishi

d) ohakning so’ndirilishi                            e) temir mixning zanglanishi

7. Faqat kimyoviy elementlar keltirilgan qatorni aniqlang

a) olmos, ozon, grafit, uglerod         b) ozon, kislorod, olmos, vodorod          c) azot, ozon, vodorod, kislorod

d) uglerod, olmos, azot, ozon                      e) uglerod, kislorod, vodorod, azot

8. Oddiy moddalarni tanlang

1.muz   2. Temir     3. Bo’r   4. Azot   5. Ozon    6. Fosfin    7. Karbin   8.olmos   9. Quruq muz  10. Bertole tuzi

a) 2, 4, 5, 7, 8      b) 1, 2, 4, 5, 8     c) 2, 4, 5, 8, 10    d) 1, 3, 5, 7, 9     e) 2, 4, 7, 8, 9

9. Hormal sharoitda har qanday gaz qancha hajm egallaydi?       a) 22,4    b) 1     c) 6,02    d) 224

10. Atom so’zining ma’nosi nima?           a) bo’linuvchi     b) tartibsiz     c) bo’linmas     d) kichik zarracha

11. CaCO3 ning molekulyar massasi nechaga teng?                          a) 90     b) 100     c) 110    d) 120

12. Elementlarning yer yuzida tarqalishini qaysi bo’lim o’rganadi?

a)kimyo   b)kosmokimyo  c)organik kimyo     d) geokimyo

13. Elementlarning koinotda tarqalganligini qaysi bo’lim o’rganadi?

a) kimyo     b) kosmokimyo     c) organik kimyo     d) geokimyo

14. Qaysi qatordagi zarrachalar skandiy atomi tarkibiga kiradi?

a) 21 ta proton, 21 ta neytron, 45 ta elektron

b) 24 ta proton, 45 ta neytron, 24 ta elektron               c) 21 ta proton, 24 ta neytron, 21 ta elektron

d) 24 ta proton, 24 ta neytron, 21 ta elektron                e) 45 ta proton, 21 ta neytron, 21 ta elektron

15. Atom yadrosida qanday zarrachalar bo’ladi?

a)proton, elektron  b neytron, positron  c)proton, neytron d)proton, elektron, neytron

16.  Moddalar necha xil agregat holatda bo’ladi ?

a) 1    b) 2 c) 3 d) 4   e)  5

17.Suvning molekulyar massasi    qaysi qatorda to’g’ri berilgan ?

a)  18 b) 28 c) 12  d) 20  e) 22

18. Nafas olishga yaroqli gaz ?

19.  Karbonat angidridning formulasi ?

20. Kimyoviy birikmani tashkil etuvchi elementlarning massa ulushlari quyidagicha:

H-1,59  %; N-22,22 %; O-76,19 %. Shu moddaning  formulasini aniqlang

21. . Agar tabiiy mis tarkibida 75 % 63Cu; 25 % 65Cu   izotoplari mavjud bo’lsa, mis elementining nisbiy atom massasini hisoblang

22. Kimyoviy birikmani tashkil etuvchi elementlarning massa ulushlari quyidagicha:

H-2 %; S-32,7 %; O-65,3 %. Shu moddaning  formulasini aniqlang

23.  Agar tabiiy magniy tarkibida 78,6 % 24Mg; 20,1 % 25Mg va 1,3 % 26Mg  izotoplari mavjud bo’lsa, magniy elementining nisbiy atom massasini hisoblang?

24.Na ning elektron pog`onachalarini yozing?

25.Cu elementi qaysi qator guruh va davrlarda joylashgan?

uz_UZUzbek