1.Quyonsuyak qaysi oilaga mansub o‘simlik hisoblanadi?
A) Burchoqdoshlar oilasi B) Ra’nodoshlar oilasi
C) Tokdoshlar oilasi D) Ituzumdoshlar oilasi
2. Parxesh yo‘li bilan ko‘payadigan o‘simliklarni ko‘rsating.
A) Tok,atirgul,qoraqat B) Tok,begoniya,terak
C) Ituzum,binafsha,qoraqat D) Piyoz,qizilmiya,gladiolus
3.Jingalaklari orqali ko‘payish qaysi o‘simlik uchun xos?
A) Qulupnay B) Ituzum
C) No‘xat D) Burchoq
4.O‘simliklarning suv bug‘latishi qaysi hujayralar orqali amalga oshadi ?
A) Yasmiqchalar B) Mexanik to‘qima
C) Ildiz po‘stlogi hujayralari D) Barg og‘izchalari
5.Zig‘irning hayotiy shaklini aniqlang.
A) chala buta B) buta C) ko‘p yillik o‘t D) bir yillik o‘t
6.Kartoshkaning tugunagidagi ko‘zchalarida nima joylashadi?
A) poyalar B) kurtaklar C) yasmiqchalar D) ildizchalar
7. Loviya o‘simligi urug‘ida asosan qanday modda to‘planadi?
A) oqsil B) kraxmal C) moy D) efir
8.Bir necha meva barglarining birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan ko‘p urug‘li quruq mevali o‘simliklarni aniqlang
A) mingdevona,bo‘shnoch B) bo‘ritaroq,singirtak
C) bangidevona, lola D) shirinmiya,sho‘ra
9.Qaysi o‘simlikning guli boshqa o‘simlikning po‘stlog‘i orasiga kirib, uning shirasi hisobiga yashaydi?
A) suv qaroqchisi B) Raffleziya Arnoldi C) baobab D) keyreuk
10.Hozirga kelib yer yuzida hukmronlik qilayotgan o‘simliklar guruhini aniqlang?
A) yo‘sinlar B) qirqquloqlar C) yopiq urug‘lilar D) qirqbo‘gimlar
11.Olga sorbariyasi o‘simligi qaysi oilaga mansub?
A) ra’nodoshlar B) loladoshlar
C) tokdoshlar D) burchoqdoshlar
12 O‘simlik bargidagi nay tolali boylamlarni …..lar hosil qiladi ?
A) naychalar , elaksimon naychalar va tolalar
B) faqat naychalar
C) faqat elaksimon naychalar va tolalar
D) naychalar , elaksimon naychalar va tukchalar
13.Murakkab bargli o‘simliklar berilgan to‘gri javobni aniqlang :
1-akatsiya 2-beda 3-yantoq 4-g‘oza 5-nok 6-qulupnay
A) 1,3,4 B) 3,4,5 C) 2,4,5 D) 1,2,6
14.Qaysi o‘simliklarning urug‘i suv o‘tkazmaydigan qalin qobiqqa ega bo‘lganligi uchun suv orqali uzoqlarga tarqaladi? 1.zarpechak 2.qo‘ypechak 3.qurttana 4.chinor 5.saksovul
A) 1,2,3 B) 3,4,5 C) 2,4,5 D) 1,2,5
15.Quyidagi qaysi o‘simliklar popuk ildiz tizim hosil qiladi: 1. g‘o‘za 2.lola 3. bangidevona 4.chuchmoma 5.olgi 6. xolmon 7. bo‘ritaroq 8.kanop
A) 4.5.6 B) 3.4.6 C) 1.7.6 D) 7.8
16. O‘simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mineral o‘gitlar tarkibidagi asosiy elementlarni aniqlang?1.temir 2.mis 3.kaliy 4.marganes 5.azot 6.oltingugurt 7.fosfor
A)1.3.5. B)2.3.4. C)4.5.6. D)3.5.7
17.Quyidagi qaysi o‘simliklarning changchilari gultojibargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan nayga o‘rnashgan: 1.Bangidevona 2. Bo‘ritaroq 3. Kanop 4. G‘o‘za 5. Keyreuk 6.o‘sma 7.tamaki
A) 2.3. B) 1.7. C) 4.5. D) 3.6
18. Asosiy to‘qima o‘simlikning qaysi qismida uchraydi: 1) barg 2) ildiz qinchasi 3)yosh novda 4) meva 5)havo ildizi 6)kambiy 7) lub tolalari 8)yog‘ochlik 9)o‘zak
A)1.3.4.5. B) 2.4.6. C) 3.5.7.8 D) 7.8.9.
19.Ildiz tukchalari qancha kun yashaydi?
20.Barg og‘izchalari nechta hujayralardan iborat?
21.Qaysi o‘simlikning urug‘i yashovchanlik qobiliyatini 100 yilgacha saqlab qolishi mumkinligi aniqlangan?
22.Poyaning lub tolali qavati qanday ataladi?
23.O‘simliklarga qizil rangni berib turuvchi hujayra organoidi qanday ataladi?
24.Qaysi o‘simlikning barg hujayralarida sitoplazmaning harakatini aniq ko‘rish mumkin?
25. Lavlagi mevasining turini aniqlang?