1. Yasama so’zlar keltirilgan javobni toping.
A. Yuksak, yumush, yutuq B.Ko’chki, chopqi, gapdon
C.Qushcha, qumursqa, qutlov D. Supurgi, barcha, qurshov
2. So’zning ma’noli qismlari to’g’ri tartibda joylashgan javobni toping.
A. asos + so ‘z yasovchi + sintaktik shakl yasovchi + lug’aviy shakl yasovchi
B. asos + lug ‘aviy shakl yasovchi + so ‘z yasovchi + sintaktik shakl yasovchi
C. asos + sintaktik shakl yasovchi + lug ‘aviy shakl yasovchi + so ‘z yasovchi
D. asos + so ‘z yasovchi + lug’aviy shakl yasovchi + sintaktik shakl yasovchi
3. Egalik, kelishik va shaxs-son qo’shimchalari shakl yasovchi qo’shimchalarning qaysi guruhiga kiradi?
A. Morfologik shakl yasovchilar C. Lug ‘aviy shakl yasovchilar
B. Sintaktik shakl yasovchilar D.Leksik shakl yasovchilar
4. “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir” deb «Davlat tili haqida»gi qonunning qaysi moddasida yozilgan?
A) 24-moddasida C) 1-moddasida
B) 2-moddasida D) 4-moddasida
5. Harakatning bajaruvchisi deganda nima nazarda tutiladi?
A. belgi bildiruvchi narsa
B. fe ‘llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi shaxs va narsa
C. fe ‘llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi narsa
D. Fe’llardan anglashilgan faqat harakati ifodalovchi shaxs
6. Shakl yasovchi qo’shimchalarning turlari to’g’ri berilgan javobni toping.
A) lug ‘aviy shakl yasovchilar va sintaktik shakl yasovchilar
B) morfologik shakl yasovchilar va sintaktik shakl yasovchilar
C) fonetik shakl yasovchilar va leksik shakl yasovchilar
D) shakl yasovchi qo’shimchalar turlarga bo’linmaydi
7. Lug’aviy ma’noni qisman o’zgartiradigan qo’shimchalar berilgan qatorni toping.
A) kitobxon. she’rxon, g’azalxon C) sinfdosh, maslakdosh, kursdosh
B) gulchi, tikuvchi, ishchi D) qizcha, uycha, kitobcha
8. Qaysi qatorda lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar berilgan ?
A. –chi, -dosh, -kor B. –li, -lik, -chilik C. –cha, -xon, -roq. D. –ning, -ingiz, -dan.
9. Faqat o’timli fe’llar keltirilgan qatorni aniqlang.
A) keldi, yozdi, o’qidi C) ketdim, yashaydi, bardosh
B) bajardim, tingladi, sezdi D) uxladi, yurdi, sayradi.
10. .»Olmalarning» so’zining grammatik ma’nosi qaysi qatorda to ‘g’ri berilgan?
A) mevali daraxt C) mazali meva
B) ko’plik va kelishik qo’shimchalarini olgan D) shirin, nordon, qirmizi yurlari bor
11. Matn deb nimaga aytiladi?
A. Ma’lum bir fikrni batafsil ifodalash uchun gaplarni tilimizning muayyan qoidalar asosida mazmun va grammatik jihatdan bog’langan, bir mavzuni ifodalovchi gaplar
B. Asosiy fikrni nima haqida ekanligidir. C. Sarlavhali gaplar jamlanmasi
D. Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar ta’riflangan tavsiflangan gaplar guruhi
12. Matn turlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A. Hikoya matni, Tasviriy matn, Muhokama matni B. Tavsifiy matn, Tasviriy matn, ijodiy matni
C. Ijodiy matn, tavsifiy matn, qiyosiy matn D. Munozara matni, insho matni, adabiy matn
13. Sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalarni belgilang.
A. –lar, -cha, -xon B. – ga, -da, -dan.
C. – gi, be-,-siz. D. – chi, -lik, -kor.
14. Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni bildiruvchi fe’l shakllari …
A) O’zlik nisbat shakli deyiladi. C) Majhul nisbat shakli deyiladi.
B) Orttirma nisbat shakli deyiladi. D) Birgalik nisbat shakli deyiladi.
15. Qaysi nisbat shakli fe’l o’zagiga birdan ortiq qo’shilishi mumkin?
A) o’zlik C) orttirma
B) birgalik D) majhul
16. Mustaqil qo’llana olmaydigan, asosga qo’shilib, unga yangi yoki qo’shimcha ma’no yuklaydgan, shuningdek, so’zlarni bo’glashga xizmat qiladigan qism … A. Asos B. urg’u C. Bo’g’in D. Qo’shimcha
17. Majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gap qatorini belgilang.
A) A’lo o’qishdir burchim, sarf etaman bor kuchim. B) Bunday unvonlar bekorga berilmaydi, albatta.
C) Avaz hazil qilib qutilishga urindi . D) Salomlashmoq – odobning belgisi.
18. Egalik qo’shimchasi qo’llanmagan gap qatorini belgilang
A. Yaxshi tarbiya har qanday nodon kishini odam qatoriga qo’shadi
B. Hayot saboqlarin etolmasa yod, Uni o’rgatolmas hech qanday ustod
C.Haqiqiy tarbiya, qoidalarda emas, mashqda
D.Yigitlikda yig’ ilmning mag’zini, qarilik chog’ida xarj qilgil ani
19. Kesmoq, ekmoq, termoq fe’lning qaysi ma’no guruhiga kiradi?_________________________________
20. Asosdosh so’zlarga to’g’ri ta’rif bering?____________________________________________________
21. Holat fe’llariga misol keltiring___________________________________________________________
22. Qo’shma fe’llar qanday yoziladi?_________________________________________________________ 23. Fe’lning otga xoslangan shakli nima deyiladi? _____________________________________________
24. So’zning asosiy ma’nosini ifodalab, mustaqil qo’llana oladigan qism…___________________________
25. Fe’l nisbatlari deb nimaga aytiladi?________________________________________________________