Kompyuterning tashqi xotirasi mavzusida testlar
01.11.2017
7-sinf Fizika fanidan 1-chorak monitoring testi
04.11.2017
Show all

6-sinf uchun geografiyadan test savollari (2-chorak 2-variant)

1.Afrikada qaysi hayvonning 40 turi mavjud?

A.antilopalar             B.fillar          C.kemiruvchilar          D. mushuksimonlar

2.Joy plani nima ?

A. joining mayday masshtabdagi kartasi          B.joyning yirik masshtabdagi chizmasi

C. joyning yirik masshtabdagi  kartasi          D. joyning mayday  masshtabdagi    chizmasi

3.Ansongo-Menako qo‘riqxonasi qaysi materikning qaysi qismida joylashgan?

A.Shimoliy Amerika, Grenlandiyada      B.Avstraliya markazida

C.Afrika shimolida          D. Janubiy Amerika Amazoniyada

4.Dunyo okeani suvlaridan  ovlanish hajmi bo‘yicha baliqlar ichida uchinchi o‘rinni egallagan baliqni belgilang.

A.seld   B.sardina    C.treska    D.skumbiya

5. Qaysi foydali qazilmaning  15% dan  ko‘prog‘i  dengiz sayozliklaridan olinmoqda ?

A. brom-yod    B. neft    C. tabiiy gaz    D. temir –marganes

6. Nil daryosini uning Kageri irmog‘i  bilan nima bog‘lab turadi?

A. Viktoriya ko‘li  B.Nyassa ko‘li    C.Rudolf ko‘li   D. Viktoriya sharsharasi

7. Avstraliyaning  janubiy-sharqida qanday iqlim tipi mavjud?

a) nam tropik b) nam subtropik         s)  quruq tropik d) mo‘tadil

8. Abu Rayhon Beruniyning  dunyo xaritasida  keltirilgan tekslik  nomining aniqlang?

a) Arabiston  b) Liviya   s) Turkon    d) Hindiston

9. Antarktidani ikkiga bo‘lib turuvchi  tog‘larni aniqlang?

a) Markaziy tog‘lar b) Transantarktida zanjirli tizma  tog‘lari  s) Erebus  tog‘i   d) Transantarktida yassi tog‘lari

10. Yerning qaysi qismida yozda 186 sutka kunduzi bo‘ladi?

a) Ekvatorda          b) Shimoliy qutubda    s)Tropiklarda    d) Sharqiy yarim sharqda

11.  Afrika tabiati aholisining urf –odatlari ,xo‘jaligini  o‘rganishga  katta hissa qo‘shgan olim Ibn-Battuta  qaysi mamlakatdan  edi?

a)Jjazoir    b)Marokko    c)Livan     d)Misr

12.Afrikaning  qaysi zonasida  yog‘in  asosan   yozda  yog‘adi ?

a)Savvanalarda    b)chalacho‘l  zonasida   c)tropik   cho‘llarda  d)tog‘oldi  zonasida

13.Janubiy  tropik mintaqada nima uchun Sahroi Kabirga nisbatan  yog‘in ko‘proq  yog‘adi?

a)passatshamollarining  ta’siri tufayli   b)Antarktikaning yaqinligi tufayli   )G‘arbiy  shamollar oqimi va Antarktidaning   yainli

14.Afrikaning shimoli g‘arbiy  qismida joylashgan orolni belgilang.

A.Komor   B.Madeyra   C.Zanzibar   D.San –Tome

15.Avstraliyaning janubida joylashgan orolni belgilang.

A. Kenguru     B.Timor   C.Kermadek   D.Yangi Kaledoniya

16.Avstraliyaning shimoli sharqiy qismidagi dengizni aniqlang.

A. Tasman    B. Fiji   C.Arafur   D.Marjon

17.Ras-Dashan cho‘qqisi(4620 m)  qaysi tog‘ga tegishli .

A.Efiopiya    B . Axaggar   C.Tibesti   D.Kap tog‘i

18.Havzasining maydoni  3691 ming km2 ni tashkil etgan daryoni belgilang.

A. Kongo   B.Nil   C. Zambezi   D.Niger

19.Drakon tog‘laridan boshlanuvchi daryolarni yozing.

A.Limpopo    B.Oranj   C. Zambezi   D.A,B

20.Shtil nima ?

A.shamolli kunlar   B. shamolsiz kunlar   C. shabada   D.kuchli shamol

21.Afrika materigi ekvatorial o‘rmonlar zonasining quyi yarusida tarqalgan o‘simlik  qaysi?

A. rafiya palmasi   B.liana   C. daraxtsimon paporotniklar   D. A,B,C

22.Daman nima ?

A.o‘simlik turi   B. shamol turi   C. kattaligi quyonday keladigan o‘txo‘r hayvon   D. baliq turi

23.Chobe milliy bog‘i Afrika materigining qaysi qismida joylashgan?

A.janub   B. sharq   C. shimol  D. g‘arb

24.Toshloq quruq vodiylar  nima deb ataladi?

A. gamada   B.  dara   C. krik   D. kan’on

25.Maori  kimlar?

A. hayvon turi   B. tub joy aholi    C.o‘simlik turi   D.shamol turi

 

Savollar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
Javoblar A B C D C A B S B B B A

 

13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25
C B A D A A D B D C A C B

 

 

 

 

 

uz_UZUzbek