Тесты по русскому языку 5-класс IV четверть
09.11.2017
7-sinf Geografiya fanidan 1-chorak testi (2-variant)
10.11.2017
Show all

7-sinf Geografiya fanidan 1-chorak testi (1-variant)

1. O‘rta Osiyoni alohida tabiiy geografik o‘lka sifatida ajratishga asos bo‘ladigan nechta xususiyatlari bor?

A) 6                B) 7               C) 8               D) 10
2. Toshkentda oxirgi kuchli zilzila nechanchi yilda sodir bo‘lgan?

A) 1970        B) 1965          C) 1961           D)1966

3. «Atlas» atamasi fanga kim tamonidan kiritilgan?

A) Eratosfen       B) Magellan       C) Merkator       D) Beruniy
4. O‘rta Osiyoning eng baland cho‘qqisini belgilang.

A) Tirichmir       B)  Hazrat Sulton       C) Manas             D) G‘alaba

5. O‘rta Osiyoning eng past nuqtasini  belgilang.

A) Mingbuloq             B) Mirzacho‘l         C) Qoragiyo       D) Mug‘ojar

6. O‘rta Osiyodagi eng ko‘p sonli va eng yirik millat qaysi?

A) Qozoqlar        B) Tojiklar        C) O‘zbeklar       D) Turkmanlar
7. Qoraqum va Qizilqum cho‘llarida relyef hosil qiluvchi asosiy omilni belgilang.

A) Quyosh nuri    B) Nurash         C) Shamol       D) B va C javob to‘g‘ri

8. Yer po‘stining hosil bo‘lishi va o‘zgarib hozirgi holatga kelguncha ketgan vaqt-nima deyiladi?

A) Geologik vaqt      B) Geoxronologik vaqt               C) Taqvim              D) To‘g‘ri javob yo‘q

9. O‘rta Osiyo shimoldan janubga necha kilometr cho‘zligan?

A) 200 km      B) 2200 km       C) 2500 km      D) 2750 km

10. O‘rta Osiyoning eng shimoliy chekka nuqtasini belgilang.

A) Termiz shahri        B) Childutaron qishlog‘I         C) Ayirtov yaqinida             D) Xabarsu dovoni

11. O‘rta Osiyo aholisi qancha?

A) 50 mln        B) 26 mln        C) 70 mln       D) 80 mln
12. 1:10000. Bu qanday  masshtab?

A) Mayda masshtab        B) Yirik masshtab          C) O‘rta masshtab           D) Nomli masshtab
13. Tirichmir cho‘qqisining balandligi qancha?

A) 7690 m            B) 7960         C) 7390            D) 7980
14. Iqlimga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi?

A) Joyning geografik o‘rni va Quyosh radiatsiyasi.             B) Havo massalarining harakati.

C) Joyning relyefi.                           D) Barcha javoblar to‘g‘ri.

15. Quyoshning yer yuziga tushadigan nur energiyasi va issiqligi nima deb ataladi?

A) Quyosh radiatsiyasi   B) Tarqoq radiatsiya         C) Nur energiyasi        D) To‘g‘ri javob yo‘q
16. O‘rta Osiyo geografiyasiga kim asos solgan?

A) Abu Rayhon Beruniy        B) Ibn Sino            C) Muhammad al-Xorazmiy           D) Eratosfen

17. O‘rta Osiyo ekvator va bosh meredianga nisbatan qayerda joylashgan?

A) Shimol va sharqda          B) Janub va g‘arbida            C) Shimol va g‘arbda           D) Janub va sharqida

18. O‘rta Osiyoning eng g‘arbiy chekka nuqtasini belgilang.

A) Termiz shahri             B) Childutaron qishlog‘i

C) Tubqarag‘ay burni             D) Xabarsu dovoni

19. O‘rta Osiyo va O‘zbekiston xaritalarini tuzishda qaysi andoza qo‘llaniladi?

A) Konussimon andoza           B) Azimutal andoza

C) Silindrsimon andoza           D) Teng burchakli andoza

20. O‘rta Osiyo tabiati geologik tuzilisi, foydali qazilmalari, xo‘jaligi, tarixi haqida kim juda qimmatli ma’lumotlar qoldirgan?

A)     Zahiriddin Muhammad Bobur              B) Abu Rayhon Beruniy

C) Abu Hasan Ali Ma’sudiy                 D) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy

21.  Miloddan avvalgi VII-V asrlarda O‘rta Osiyoda qanday davlatlar bo‘lgan?

____________________________________________________________

22. O‘rta Osiyo o‘lkasi g‘arbdan sharqqa qancha masofaga cho‘zilgan?

_________________________________
23. O‘rta Osiyoning eng sharqiy chekka nuqtasi qaysi?

_______________________________________________________

24. O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegarasi qanday tabiiy obyekt orqali o‘tgan?

______________________________

25. O‘rta Osiyoda eng sifatli marmar qazib olinadigan kon nomi?

___________________________________

I-variant
1 B
2 D
3 C
4 A
5 C
6 C
7 D
8 A
9 B
10 C
11 C
12 B
13 A
14 D
15 A
16 C
17 A
18 C
19 B
20 D
21 Sug‘diyona, Baqtriya, Marg‘iyona
22 2750 km     
23 Qora Irtish daryosi vodiysi
24 Daryo
25 G‘ozg‘on

 

uz_UZUzbek