6-sinf Biologiya fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari na’munasi

8-sinf Fizika fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari na’munasi
24.11.2017
7-sinf Biologiya fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari na’munasi
25.11.2017
Show all

6-sinf Biologiya fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari na’munasi

1. Urug‘chining kengaygan pastki qismi qanday ataladi?
A) changdon B) tumshuqcha C) ustuncha D) tuguncha.

2. Olmaning to‘pguli qanday ataladi?
A) qalqonsimon to‘pgul B) kuchala to‘pgul
C) oddiy boshoq D) savatcha to‘pgul.

3. Gul tuzilishini sxema bilan ifodalanishi nima deyiladi ?
A) gul sxemasi B) gul formulasi
C) gul diagrammasi D) gul tuzilishi

4. Ko‘sak mevali o‘simlikni belgilang.
A) no‘xot B) loviya C) mosh D) chuchmoma

5. Rezavor mevali o‘simlikni aniqlang.
A) bodring B) qoraqat C) shaftoli D) handalak

6. Bir uyli o‘simlikni belgilang
A) tol B) terak C) makkajo‘xori D) gazanda

7. Soxta mevalarni aniqlang
A) olcha, shaftoli B) nok, behi
C) olho‘ri, gilos D) o‘rik, olma

8. Mevasi, zeb-ziynatda ishlatiladigan o‘simliklarni belgilang.
A) yersovun, tasbehmunchoq B) sedana, tasbehmunchoq
C) alqor, qalampirmunchoq D) yersovun, alqor

9. Qaysi uruglar tarkibida zaharli moddalar bor?
A) mastak B) bodom C) loviya D ) shivit

10. Yapon laminariyasi qaysi turkumga kiradi?
A) yapon turkumi B) laminariya turkumi
C) dengiz suvo‘ti turkumi D) dengiz karami turkumi

11. Agar-agar qaysi suvo‘tdan olinadi?
A) qizil suvo‘tidan B) nemaliondan
C) ulvadan D) ulotriksdan

12. Funariya turkumiga qancha tur kiradi?
A) 4 B) 13.000 C) 200 D) 3

13. Qirqbog‘im sporafillarining ostki tomonida nima joylashadi?
A) sporafit B) antirediy C) sorus D) sporangiy

14. Qirqquloqning sporasi qaysi oyda etiladi?
A) iyun-iyul B) may-iyun
C) mart-aprel D) avgust-sentabr

15. Poyasi yog‘ochlangan, bo‘yi 2-3 m dan oshmaydigan ko‘p yillik o‘simliklar nima deb ataladi?
A) daraxt B) buta C) yarim buta B) ko‘p yillik o‘tlar

16. Yarim butalarni aniqlang?
A) Olma, izen B) teresken, qoraqat
C) limon, shuvoq D) keyreuk, sarsazan

17. Qaysi organizmlarda hujayra mag‘zi shakllanmagan?
A) Ko‘k-yashil suvo‘tlarda B) yo‘sinlarda
C) dengiz suvo‘tlarda D) qirqbo‘g‘imlarda

18. Sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to‘lgan pufakcha?
A) plastid B) vakuol C) mag‘iz D) protoplast

19. Ra’nodoshlar oliasining “Qizil kitob” ga kiritilgan 2 ta vakilli______________

20. Bakteriyalar hayot faoliyatini o‘rganadigan fan…..______________________

21. Virgin Archasi Vatani…._____________________________________________

22. Funariya yo‘sini arxegoniysi shakli….. _________________________________

23. Rediska, turp, sholg‘om qaysi oilaga kiradigan ildizmevali o‘simlik?
______________________________________________________

24. Bir yillik shoh nima deb ataladi?_______________________________________

25. Terak, magnoliya, chinor kabi o‘simliklar qanday kurtak hosil qiladi?
______________________________________________________

uz_UZUzbek