7-sinf Geografiya fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari na’munasi

6-sinf Geografiya fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari na’munasi
01.12.2017
8-sinf Geografiya fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari na’munasi
01.12.2017
Show all

7-sinf Geografiya fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari na’munasi

1. Qashqadaryo va Ohangaron daryolari nimadan to‘yinadi?
A. Muzlik va qor suvlaridan B. Qor va muzliklarning erishidan
C. Doimiy va mavsumiy qorlarning erishidan D. Mavsumiy qor va yomg‘ir suvlaridan
2. Issiqko‘l qaysi tabiiy-geografik rayonda joylashgan?
A. Markaziy Tyanshan B. Shimoliy Tyanshan C. Sharqiy Tyanshan D. Janubiy Tyanshan
3. Okean yuzasidan bir yilda necha metr qalinlikdagi suv bug‘lanadi?
A. Bir metr B. Ikki metr C. 0,5 metr D. 0,2 metr
4. Kuanish konidan nima qazib olinadi?
A. Ko‘mir B. Oltin C. Gaz D. Marmar
5. O‘zbekistonda atmosferaga chiqadigan zararli birikmalarning 6 %i nima hissasiga to‘g‘ri keladi?
A. Azot oksidi B. Uglevodorod C. Uglerod oksidi D. Qattiq birikmalar
6. Paleozoy erasining dastlabki ikki davrini belgilang.
A. Silur, Devon B. Kembriy, Ordovik C. Trias, Yura D. Paleogen, Neogen
7. Janubiy Amerikaning g‘arbiy va janubi-sharqiy sohillariga ta’sir etuvchi oqimlarni belgilang.
1. Braziliya. 2. Peru. 3. Folklend 4. Gviana 5. Antil
A. 1,3 B. 2,3 C. 2,4 D. 3,5
8. Zarafshon tizma tog‘lari O‘zbekiston hududida qanday nomlar bilan ataladi?
A. Morguzar, Chaqilikalon B. Qoratog‘, Qoratepa C. Chaqilikalon, Qoratepa D. Oqtog‘, Qoratepa
9. Yiliga shimolida 500 mm, janubida 1000 mm yog‘in yog‘adigan pasttekislik nomini belgilang.
A. Buyuk Xitoy. B. Hind-Gang C. Amazonka D. Turon
10. O‘zbekistondagi qaysi mintaqaning asosiy tuprog‘i oddiy va to‘q tusli bo‘z tuproqdan iborat?
A. Cho‘l B. Adir C. Tog‘ D. Yaylov
11. Eng baland to‘lqin (34 m) qaysi okeanda kuzatilgan?
A. Tinch B. Atlantika C. Hind D. Shimoliy Muz
12. Qanday tuproqlar unumdorroq bo‘ladi?
A. Og‘ir B. Yengil C. Donador D. Gilli
13. “Qirqinchi bo‘kirik” nomi bilan mashhur bo‘ron qaysi okeanda kuzatiladi?
A. Atlantika C. Hind B. Tinch D. Shimoliy Muz
14. Sayyoralarning quyoshga nisbatan qanday uzoqlikda joylashganligini tartib bilan ko‘rsating.
1. Saturn. 2. Mars. 3. Merkuriy. 4. Yupiter. 5. Uran. 6. Venera.
A. 3,4,5,6,1,2 B. 3,6,2,4,1,5 C. 1,5,6,2,3,4 D. 1,2,3,4,5,6
15. 1976-yilda nima sodir bo‘lgan?
A. Chimyon koni ochilgan B. Gazlida falokatli zilzila ro‘y bergan
C. Everest cho‘qqisi zabt etildi. D. Mobilizm gipotezasi yaratildi
16. O‘rta Osiyo hududi qaysi eralarda dengiz ostida bo‘lgan?
A. Arxey va Proterozoy B. Paleozoy va Mezozoy C. Proterozoy, Kaynozoy D. Mezozoy, Kaynozoy
17. O‘rta Osiyo o‘lkasining chekka janubiy qismlarida iyun oyining oxirida kun shimolga nisbatan qancha qisqa bo‘ladi?
A. 50 daqiqa B. 70 daqiqa C. 120 daqiqa D. 110 daqiqa
18. Afrika materigidagi qaysi ko‘l sho‘r ko‘l hisoblanadi?
A. Rukva B. Chad C. Viktoriya D. Nyasa
19. O‘rta Osiyoning eng sharqiy nuqtasi qaysi daryo vodiysida joylashgan?
20. Jayrontepa mineral suvli shifoxona O‘zbekistonning qaysi viloyatida bunyod etilgan?
21. Anemometr yordamida nima o‘lchanadi?
22. “Yer tasviri” asari muallifi kim?
23. Agar ob-havo bir necha kun o‘zgarmay bir xilda tursa, u qanday ob-havo deyiladi?
24. Yunon olimi Pifey qaysi okeanga ”Qayrilgan dengiz” deb nom bergan?
25. Yer po‘stining hosil bo‘lishi va o‘zgarib, hozirgi holatga kelguncha ketgan vaqt qanday nomlanadi?

 

uz_UZUzbek