9-sinf O’zbek tili fanidan fan olimpiadasi uchun test savollari na’munasi

9-sinf Fransuz tili fanidan fan olimpiadasi uchun test savollari na’munasi
08.12.2017
9-sinf Informatika fanidan fan olimpiadasi uchun test savollari na’munasi
08.12.2017
Show all

9-sinf O’zbek tili fanidan fan olimpiadasi uchun test savollari na’munasi

1. Chama sonlar berilgan javobni belgilang.
A) Bir, o‘nlab, uchala B) Minglab, yuztacha, minglarcha
S) O‘nta, minglab, ikkovi D) Ikkita, birma-bir, to‘rtala

2. Nuqtalar o‘rniga kerakli qo‘shimchalarni qo‘ying.
Biz… qishlog‘imiz, maktab… o‘qish, sen… zarur
A) -ning, – da, – ga B) -dan, -ni, -ga S) -lar, -qa, -ning D) -day, -da, -ga

3. Undalmali gapda tinish belgilari to‘g‘ri qo‘yilgan javobni belgilang.
A) G‘ayratingizga, balli, azamatlar! B) G‘ayratingizga balli azamatlar!
S) G‘ayratingizga, balli azamatlar! D) G‘ayratingizga balli, azamatlar!
4. Holat ravishlari berilgan javobni aniqlang.
A) Kunduzi, zo‘rg‘a, doim, avval B) Sekin, asta, to‘satdan, darhol
S) Hozir, indin, chinakamiga D) So‘ng, bolalarga, kelasi yil

5. Yig‘iq gaplarning qoidasi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
A) Boshqa bo‘laklar bilan kengaygan gaplar
B) Faqat ega va kesimdan iborat gaplar.
S) Egasi tushib qolgan gaplar
D) Kesim va boshqa bo‘laklar bilan kengaygan gaplar.
6. Nuqtalar o‘rniga mos tushadigan javobni toping: Bitmas – tuganmas bilimning ……… mashaqqatli mehnat yotadi.
A) qoshida B) tagida S) oldida D) Yonida

7. Tinish belgilari to‘g‘ri qo‘yilgan gapni toping.
A) Sizning o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadingiz, avvalo, maktabni muvaffaqiyatli tugatishdir.
B) Sizning o‘z oldingizga, qo‘ygan maqsadingiz, avvalo, maktabni muvaffaqiyatli tugatishdir.
S) Sizning, o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadingiz, avvalo maktabni muvaffaqiyatli tugatishdir.
D) Sizning o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadingiz avvalo, maktabni muvaffaqiyatli tugatishdir.
8. Kelasi zamon fe’lini yasovchi qo‘shimchani aniqlang.
A) -yapman B) – moqchi S) – gan D) – di

9. Nuqtalar o‘rniga berilgan olmoshlardan mosini belgilang.
Bugun hamma …. tashvishi bilan band.
A) mana B) shu S) o‘z D) o‘sha
10. Gumon olmoshlari berilgan javobni aniqlang.
A) Allaqaysi, allakim, qachondir B) Hech qaysi, kimdir, nimadir
S) Hech kim, qaysidir, hech bir D) O‘sha, shuning uchun, biron-bir

11. Taqlid so‘zlar qatnashgan gapni belgilang.
A) Baliq suv bilan tirik.
B) Shildir-shildir suv oqar, qo‘shig‘i dilga yoqar.
S) Bitta daraxt kessang, yuzta ko‘chat ek.
D) Uzoqdan to‘plarning gumburi eshitilardi.
12. Quyida berilgan maqolda nuqtalar o‘rniga mos keladigan so‘zlarni aniqlang.
Yaxshilik qilsang, ………..,
Yaxshilik ko‘rsang, ……….. .
A) Yashir, oshir B) Oshir, toshir S) Yashir, maqtan D) Bildir, yashir

13. Napisannoe pismo so‘z birikmasining tarjimasi to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
A) Yozilgan xat B) Xat yozilgan S) Xat yozdi D) Xatni yozish
14. Ayirish, ajratib ko‘rsatish, chegaralash ma’nolarini bildiruvchi yuklamalarni toping.
A) -gina, hatto, ammo B) faqat, axir, biroq
S) -gina, (-kina, -qina), faqat. Ham D) ham, -oq, -yoq

15. // Kutubxonaga a’zo bo‘lsam bo‘ladimi //
Ushbu gapdagi // belgisi o‘rnida qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) tire, so‘roq belgisi
B) ikki nuqta, undov belgisi
S) hech qanday tinish belgisi qo‘yilmaydi
D) nuqta-vergul, nuqta
16. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan so‘zlar berilgan javobni aniqlang.
Boylik ………, hunar ………… .
A) tugar, tugamas B) unar, bor S) tugamas, qimmat D) yetkazar, boyitar

17. Qaysi gapda undalma yo‘q.
A) Menga yordam berib yubor, ukajon.
B) G‘ayratingizga balli, azamatlar!
S) Nargiza, to‘qish to‘garagiga qatnashasanmi?
D) Shubhasiz, men dunyoda eng baxtli insonman.

18. Majhul nisbatda qo‘llangan fe’l qatnashgan gapni belgilang.
A) Avtobus bekatida odam yig‘ilib turardi.
B) Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
S) Sinfimizda egizaklar o‘qiydilar.
D) Bizning sinfimiz keng va yorug‘.

19. Ko‘makchilarni toping.
A) va, o‘rta, go‘yo, ilk B) ammo, tortib, so‘ngra
S) orqali, oid, uchun, kabi D) lekin, tomon, hali
20. Tub narsa-buyum otlari berilgan javobni aniqlang.
A) sinf, gul, kitob B) o‘chirg‘ich, guldon, qalam
S) supurgi, tugma D) qalamdon, qatlama

21. Payt ravishini toping.
A) Ona shahrimiz bilan faxrlanish kerak.
B) Avval qaysi gullar ochiladi?
S) Aziza oyisiga astoydil ko‘maklashadi.
D) Hammaning kayfiyati ko‘tarildi.
22. Inkor so‘z – gaplar berilgan qatorni aniqlang.
A) aksincha, xo‘sh, qani B) mang, ha, e’tibor
S) marhamat, xo‘p, balki D) yo‘q, aslo, sira, mutlaqo

23. Kitob o‘qish kishi… so‘z boyligi… oshiradi. Nuqtalar o‘rniga qo‘shimchalardan mosini belgilang.
A) – ni, -ga B) -da, -ni S) -ning, -ni D) -ning, – da
24. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan ravishdosh qo‘shimchalari berilgan javobni belgilang.
Quyosh chiq… manzilga yetib bordik
A) -quncha B) -guncha S) – kach D) -qach

25. Shart mayli fe’llari qatnashgan gapni belgilang.
A) Til boyligi , el boyligidir.
B) Ekin-tikin yig‘ib olindi.
S) Dunyoda eng achchiq narsa bema’ni so‘zlarni eshitish bo‘lsa kerak.
D) Navro‘z bayramiga tayyorgarlikni boshlaylik.
26. Jamlovchi sonlarni hosil qiluvchi qo‘shimchalar berilgan javobni aniqlang.
A) -larcha, -tacha B) -ov, -ovlon, -ala
S) -ta, -moq, -chi D) -lab, -chi, -ov

27. Modal so‘zlar to‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) haqiqatan, singari, kabi, haqida B) baxtimizga, burun, avval, so‘ng
S) shart, uchun, bilan, go‘yo D) afsuski, albatta, zarur, demak
28. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan javobni toping.
Bizning o‘lkamizdan ………. …………, ……………. ………………, ……….. ……….. ……….., ………. …………..dek buyuk allomalar yetishib chiqqan.
A) Pushkin, Lermontov, Rasputin
B) Lev Tolstoy, Gogol
S) Andersen, Nikitin, Chexov
D) Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Ahmad al-Farg‘oniy

29. Fe’lning sifatdosh shakli qatnashgan gapni belgilang.
A) Kamtar kishi odobli, yaxshi xulqli bo‘ladi
B) Gullarga vaqtida suv quyishni unutma.
S) Tog‘ etaklariga tutashgan bepoyon qir-adirlar ko‘zni qamashtiradi.
D) Salomlashish odobning belgisi.

30. Juft taqlid so‘zlar berilgan javobni aniqlang.
A) yarq, taq, qars, voy
B) gurs- gurs, chaqmoq, vah- vah
S) kisht, hingir- hingir, huv
D) taraqa- turiq, apil- tapil, tars- turs

31. Berilgan gapda nechta vergul qo‘yilishi kerak.
Bog‘imizda oq qizil pushti gullar qiyg‘os ochilib yotibdi.

Javob: ______________________
32. Ibn Sino qaysi asari bilan jahonga tanilgan.
Javob: ______________________

33. Я, ты,он (она) so‘zlarining tarjimasini yozing.
Javob: _________________________
34. Yerning dumaloq ekanligini aniqlagan, Misrda Nil daryosi suvini o‘lchaydigan asbob yasagan …… ushbu ta’rif kimga tegishli.
Javob:_______________________

35. Hozirgi kelasi zamon fe’llariga misol keltiring.
Javob: _______________________

36. Iqtidorli so‘zining tarjimasini yozing.
Javob:_______________
37. “Humoyunnoma” asarini kim yozgan?
Javob: __________________________
38. Приставить стул gapining tarjimasini yozing.
Javob:________________________

39. Berilgan fe’llarga nuqtalar o‘rniga –gan, -kan, -qan qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib yozing.
buk… , chiq…., qo‘rq…, yek…., eg…
Javob:________________________
40. Zidlov bog‘lovchilarni yozing.
Javob:_______________________

 

uz_UZUzbek