9-sinf Biologiya fanidan fan olimpiadasi uchun test savollari na’munasi

9-sinf Geografiya fanidan fan olimpiadasi uchun test savollari na’munasi
08.12.2017
Vatan tuyg’usi fanidan 5-sinf uchun 1-chorak testi
10.12.2017
Show all

9-sinf Biologiya fanidan fan olimpiadasi uchun test savollari na’munasi

1. Quyidagi tibbiyot sohalari bo‘yicha ilmiy faoliyat olib borgan o‘zbek olimlarini to‘g‘ri joylashtiring.
a) odam anatomiyasi fanining rivojlanishi bo‘yicha; b) qalqonsimon bez kasalligi bo‘yicha;
c) fiziologiya fanining rivojlanishi bo‘yicha; d) jarrohlik sohasi bo‘yicha; e) ichki kasalliklarni o‘rganish va davolash bo‘yicha; f) yuqumli kasalliklarning tarqalish sabablari bo‘yicha; j) asab kasalliklari bo‘yicha.
1. R.E.Xudoyberdiyev 2. U.Z.Qodirov 3. N.A.Ahmedov 4. Yo.X.To‘raqulov 5. V.V.Vohidov 6. N.Majidov 7. Z.Umidova 8. A.Asqarov 9. X.Z.Zohidov 10. R.A.Alavi 11. S.A.Asomov 12. S.A.Daminov 13. O.Y.Yunusov 14. N.Ismoilov 15. Z.T.Tursunov 16. E.S.Mahmudov 17. K.R.Rahimov 18. I.Q.Musaboyev 19. O‘.Oripov
A. a-1, 2, 3, 7; b- 4; c- 14, 15, 19; d- 12, 16, 18; e- 8, 9, 10, 11; f- 5, 6, 7; g- 13, 17.
B. a- 1, 3, 9, 10, 11, 12; b- 4; c- 2, 13, 15, 16, 17; d- 5, 19; e- 7, 8, 14; f- 18; j- 6.
C. a- 4; b-2, 13, 15, 16, 17; c- 1, 3, 9, 10, 14; d- 5, 19; e- 7, 8, 14; f- 18; j- 6.
D. a- 1, 3, 5, 7; b- 2, 4, 6, 8; c- 9, 10, 12, 14; d- 11,19; e- 13, 16; f- 17; j- 15, 18.

2. Gullamaydigan yuksak o‘simliklarni aniqlang.
1. Yo‘sin. 2. Plaun. 3. Anjir. 4. Qirqbo‘g`im. 5. Terak. 6. Shirach. 7. Zarang. 8. Mamont daraxti. 9. Oq tol. 10. Eman.
A. 4, 8, 1, 2. B. 1, 3, 4, 5. C. 5, 9, 3, 2, 4. D. 7, 10, 6, 1, 3.

3. Yuragi uch kamerali hayvonlarni aniqlang.
A. Alligator, toshbaqa, qurbaqa, triton. B. Gavial, o‘rdakburun, timsoh, korsak.
C. Triton, salamandra, gekkon, agama. D. Pingvin, koata, salamandra, toshbaqa.

4. Qaysi o‘simliklar gulqo‘rg‘on bo‘laklari erkin emas?
a) ko‘vrak; b) boychechak; c) g‘o‘za; d) marmarak; e) karnaygul; f) qo‘ypechak;
h) handalak.
A. a,b,c. B. d,e,f,h. C. a,d,h. D. c,e,f.

5. Kuz kelganda ham gullaydigan yovvoyi o‘simlikni belgilang.
A. Xrizantema. B. Zarang. C. Zubturum. D. Qashqargul.

6. Bargi qor tagida qishlab, bahorda o‘sishda davom etadigan o‘simlikni belgilang.
A. Ligistrum, shamshod. B. Jiyda, bodom.
C. Nastarin, atirgul. D. Achambiti, qoqio‘t

7. Beshyaproqli partenosissusni terakbargli liftokka o‘xshashligi (1) va farqi (2)ni aniqlang.
a) tokdoshlar oilasiga mansub; b) poyasi ingichka, uzun, jingalaklari bilan ilashadi;
c) barglari butun cheti yirik tishli; d) yotib o‘suvchi buta; e) barglari panjasimon murakkab;
f) gulkosachasi aniq ko‘rinmaydi; h) guli toknikiga o‘xshaydi;
A.1-a,h; 2-b,e. B.1-d,e; 2-a,h. C. 1-a,h; 2-c,d. D. 1-b,e; 2-b,e,f.

8. Ulotrokis va spirogiranning o‘xshash belgilarini aniqlang.
a) yashil suvo‘t; b) qo‘ng‘ir suvo‘t; c) hujayralari silindrsimon; d) rizoidli; e) xromatofori belbog‘ shaklida; h) xromatafori spiralsimon; j) tallomi shohlangan; k) tallomi shohlanmagan.
A. a,c,e,h,k. B. a,c,e,f,k. C. b,d,f,j. D. a,c,k.

9. Dendrologiya fani nimani o‘rganadi?
A. O‘t o‘simliklarni. B. Daraxt va butalarni. C. Lishayniklarni. D. Zamburug‘larni.

10. O‘zbekiston markaziy gerbariysida saqlanayotgan o‘simlik nusxalari asosida qaysi asar yaratilgan?
A. “O‘zbekiston o‘simliklar qoplami”. B. “Turkiston florasi ro‘yxati”.
C. “O‘zbekiston dendrologiyasi”. D. “O‘zbekiston florasi”

11. Qaysi bakteriyalar ekma o‘simliklarni kasallantirib, xo‘jalikka zarar yetkazadi?
A. Chirituvchi. B. Tugunak. C. Achituvchi. D. Qorakuya.

12. Ildizpoyali o‘simliklarni aniqlang.
a) funariya; b) sershoh qirbo‘g‘im; c) zuhrasoch qirqqulog‘i; d) suv qirqqulog‘i; e) saur.
A. a,b,c. B. d,e. C. b,c. D. a,d,e.

13. Qaysi o‘simliklar murakkab gulqo‘rg‘onli bo‘ladi?
A. G‘o‘za, olma. B. Lola, olcha. C. Lola, gulsafsar. D. Nok, chuchmoma.

14. Lansetnikning jabrasini qoplab turgan teri burmalari qanday funksiyalarni bajaradi?
A. Jabralarga qum kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.
B. Jabralardan suvning chiqib ketishiga yordam beradi.
C. Jabralarda qon aylanishini ta’minlaydi.
D. Jabra bo‘shlig‘ida suv aylanishini ta’minlaydi.

15. Tuban xordali hayvonlarni belgilang.
A. Assidiyalar, lansetniklar.
B. Lansetniklar, baliqlar.
C. Assidiyalar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar.
D. Baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar.

16. Dala qirbo‘g‘im va zuhrasoch qirqquloqlarning o‘xshash belgilarini aniqlang.
1) ko‘p yillik o‘t; 2) ildizmevali; 3) ildizpoyali; 4) barglari halqasimon o‘rnashgan;
5) sporadan erkak va urg‘uchi o‘simtalar rivojlanadi; 6) sporadan 2 jinsli gametofit rivojlanadi; 7) spermatozoidi ko‘p xivchinli; 8) spermatazoid 2 xivchinli; 9) urug‘lanish suv muhitida sodir bo‘ladi.
A. 4,5,8,9. B. 2,6,7. C. 2,4,6. D. 1,3,7,9.

17. Urug‘ nafas olganda nima yutib, nima chiqaradi?
A. Kislorod yutadi, karbonat angidrid, suv, issiqlik chiqaradi.
B. Karbonat angidrid yutadi, kislorod chiqaradi.
C. Kislorod yutadi, havo, karbonat angidrid hiqaradi.
D. Karbonat angidrid yutadi, issiqlik, havo chiqaradi.

18. Qushlarning tuzilishiga xos bo‘lgan tushunchalarni aniqlang.
1. Naysimon suyaklari havo bilan to‘lgan. 2. Terisida bezlar rivojlanmagan. 3. Oyog‘ida muguz tangachalar bor. 4. Ko‘krak qafasi rivojlanmagan. 5. Yuragi to‘rt kamerali. 6. Bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida burmalari bor. 7. Miyacha po‘stlog‘ida burmalari bor.
8. Havo xaltalari bor. 9. Tana harorati doimiy emas. 10. Arteriya va vena qoni to‘liq ajralmagan.
A. 1,2,3,5,7,8. B. 1,3,4,6,9. C. 3,4,6,7,10. D. 2,3,5,6,8.

19. Qaysi kitobda o‘simlik va hayvon mahsulotlaridan hamda mineral moddalardan tayyorlanadigan mingdan ortiq dorilar haqida ma’lumot berilgan?
A. “Al-marza” B. “Al-kimyo” C. “Tib qonunlari” D. “Saydana”

20. X asrda tibbiyotni o‘rganishda darslik sifatida qo‘llanilgan kitoblarni ko‘rsating.
A. “Oddiy dorilar haqida katta to‘plam”, “Al-kimyo”
B. “Al – marza”, “Kitob al-qonun fit tibb”
C. “Saydana”, “Hidoyat”
D. “Dastur al- ilaj”, “Al-kimyo”

21. Silliq tolali muskullar qanday shaklda va o‘lchamda bo‘ladi?
A. Tuxumsimon, 0,5 mm B. Duksimon, 0,1 mm
C. Ovalsimon, 0, 9 mm D. Silindrsimon, 1,0 sm

22. To‘qima va organlarning fiziologik faoliyati doimiy bo‘lishini ta’minlovchi barqaror ko‘rsatkichlarni belgilang.
1. tana harorati; 2. moddalar almashinuvi; 3. nafas olish; 4. qon va to‘qimalar suyuqligining osmotik bosimi; 5. qondagi qand miqdorining doimiyligi; 6. yurakning qisqarib – kengayishi.
A. 1, 2, 3 B. 2, 3, 6 C. 1, 4, 5 D. 1, 5, 6

23. Organizm ichki muhitining nisbiy doimiyligi qanday ataladi?
A. Gomeostaz B. Gemoliz C. Gemofiliya D. Adaptatsiya

24. Fotonlar ta’sirda … molekulasi “qo‘zg‘algan” holatga o‘tadi.
A. Suv. B. Xlorofill. C. Glyukoza. D. CO2

25. Muskullar charchashining asosiy sabablarini ko‘rsating.
1. Uzoq vaqt ish bajargan nerv tolasi charchaydi. 2. Muskullar ishi uchun zarur energiya tugaydi.
3. Muskullarda oksidlanish jarayoni kuchayadi. 4. Organizmda kislorod yetishmay qoladi.
5. Muskullarning qisqarish kuchi orta boshlaydi. 6. Muskullar qisqarib, bo‘shasha olmay qoladi.
A. 1, 3, 6 B. 1, 2, 4 C. 3, 4, 5 D. 2, 4, 6

26. Yassioyoqlikning tug‘ilgandan keyin yuzaga kelish sabablarini aniqlang.
1. Bola embrionining rivojlanish davrida ona organizmiga tashqi muhitning biron noqulay ta’siri natijasi; 2. Yosh bolaga poshnasiz yumshoq poyabzal kiygizish; 3. Og‘ir yuk ko‘tarish; 4. Yassioyoqlikning nasldan – naslga berilishi; 5. Bolani juda yoshligidan boshlab yurgizish.
A. 2, 4, 5 B. 2, 3, 5 C. 1, 4, 5 D. 1, 3, 4

27. Arteriya qon tomiri devori necha qavatdan iborat?
A. Uch: qalin va elastik biriktiruvchi to‘qimadan iborat tashqi qavat, qalin silliq muskul va elastik toladan iborat o‘rta qavat, bir qavat hujayradan iborat ichki qavat.
B. Ikki: qalin va elastik biriktiruvchi to‘qimadan iborat tashqi qavat, bir qavat hujayradan iborat ichki qavat.
C. Bir qavat hujayralardan iborat.
D. Uch: qalin silliq muskul va elastik toladan iborat tashqi qavat, qalin va elastik biriktiruvchi to‘qimadan iborat o‘rta qavat, uch qavat hujayradan iborat ichki qavat.

28. Uch bargchali murakkab barg qaysi o‘simliklarda bo‘ladi?
1) mosh; 2) na’matak; 3) go‘za; 4) loviya; 5) beda; 6) sebarga; 7) tok; 8) shirinmiya.
A. 1, 2, 3, 5. B. 4, 1, 6, 5. C. 7, 1, 8, 4. D. 4, 1. 3. 6.

29. Qalqon orqa bezlarining funksiyasi ortib, paratgormon ishlab chiqarilishi ko‘paysa, organizmda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?
A. Nerv – muskul tizimining qo‘zg‘aluvchanligi pasayib, tana muskullari bo‘shashib qoladi.
B. Tana shishadi, aqliy faoliyati zaiflashadi, o‘zlashtirish qobiliyati pasayadi.
C. Yurak o‘ynashi, asabiylashish, uyqusizlik, ko‘p terlash
D. Arterial qon bosimi ortadi, to‘qimalarda moddalar almashinuvi kuchayadi.

30. O‘rta Osiyo, shu jumladan O‘zbekistonda qadimgi davrlarda o‘sib, so‘ng toshga aylangan o‘simliklar qaysi a’zolari asosida o‘rganilgan?
A. Yog‘ochi, mevasi, urug‘i, changi. B. Poyasi, bargi, mevasi, guli.
C. Urug‘i, changi, ildizi, tanasi. D. Mevasi, urug‘i, guli.

31. Mikologiya fani nimani o‘rganadi?
Javob_____________________________________________________________

32. Ilmiy faoliyatining asosiy qismini Turkiston florasini aniqlashga bag‘ishlagan va “Turkiston florasi ro‘yxati” asarini yaratgan rus olimi kim?
Javob______________________________________________________________

33. Sachratqining gul formulasini yozing.
Javob______________________________________________________________

34. O‘simlikning bir tupida ham changchi gul, ham urug‘chi gul joylashgan bo‘lsa, bunday o‘simlik qanday nomlanadi?
Javob______________________________________________________________

35. Bo‘yi 1 metrga yetadigan yirik yashil suvo‘ti nima deb ataladi?
Javob______________________________________________________________

36. To‘garak chuvalchanglarda dastlab hosil bo‘lgan a’zolarni yozing.
Javob______________________________________________________________

37. To‘g‘ri rivojlangan oyoq kaftining ko‘proq qismi va ozroq qismi qanday shaklda bo‘ladi?
Javob______________________________________________________________

38. Ektodermadan embrionning qaysi organlari rivojlanadi?
Javob_____________________________________________________________

39. Mendel tajribalarining mohiyati nimadan iborat?
Javob______________________________________________________________

40. Akademik Taxtadjyan A. L. qaysi o‘simlik turkumini eng sodda gul tuzilishga ega bo‘lgan deb qaraydi?
Javob_____________________________________________________________

uz_UZUzbek