Iqtisod 9-sinf 1-chorak (1-v)
11.03.2017
Iqtisod 9-sinf 2-chorak (1-v)
11.03.2017
Show all

Iqtisod 9-sinf 1-chorak (2-v)

Iqtisodiy bilim asoslari9-sinf Iqtisodiy bilim asoslari 1-chorak 2- variant

1. Marketing faoliyatidan ko’zlangan maqsad nima?
A) foydani ko’paytirish; B) iste’molchilar ehtiyojlarini qon-dirish;
D) iste’molchilar ehtiyojlarini aniqlash; E) yuqoridagilarning barchasi.
2. Tovarni donalab yoki kichik hajmda sotish narxi qanday nomlanadi?
A) tannarx; B) chakana narx; D) ulgurji narx; E) bozor narxi.
3. Tovarning ishlab chiqarish narxi 500 so’m bo’lib, iste’molchiga yetguncha 2 ta ulgurji va bitta chakana savdo firmasidan o’tdi. Agar har bir olib
sotuvchi tovarning xarid narxiga 20 % ustama haq qo’ygan bo’lsa, tovarning oxirgi chakana narxi necha I so’mni tashkil qiladi?
A) 864 so’m; B) 800 so’m; D) 1036 so’m; E) 720 so’m.
4. Tovar tannarxi nima?
A) chakana savdo do’konining sotuvj narxi; B) ishlab chiqaruvchi korxonaning
narxi;- D) ulgurji savdo firmasining sotuv narxi; E) tovarning bozor narxi.
5. Firmada ko’proq nimalar boshqarilishi talab qilinadi?
A) mehnat jamoasi tarkibi; B) moliyaviy mablag’laf; D)xomashyo zaxirasi;
E) yuqoridagilarning barchasi.
6. Qaysi javobda faqat ishlab chiqarish j vositalari keltirilgan?
A) ko’mir, dastgoh, bino, televizor; B) yuk mashinasi, asbob-uskuna, in-S shoot;
D) mebel, ko’mir, elektr energiyasi; E) benzin, daryo suvi, hovli.
7. Qaysi javobda foydani hisoblash formulasi to’g’ri yozilgan?
A) P = TR – TC B) P=TR + TC D)P = TR: TC E) P=TRxTC
8. Tovar ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan sotilish narxi qanday nom¬lanadi?
A) ulgurji narx; B) chakana narx; D) ishlab chiqarish narxi; E) qat’iy narx.
9. Transfert toiovlari davlat tomonidan qaysi sohalarga yo’naltiriladi?
A) ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqarish uchun;
B) kam ta’minlangan oilalarni qo’llab-quwatlash uchun;
D) raqobatni qo’llab-quwatlash uchun;
E) tadbirkorlikni qo’llab-quwatlash uchun.
10. Наг qanday davlat iqtisodiyoti oldida qanday maqsadlar turadi?
A) iqtisodiy erkinlik; B) iqtisodiy samaradorlik;
D) iqtisodiy tenglik va xavfsizlik; E) yuqoridagilarning barchasi.
11. Bozorning nochorligi deganda nima , tushuniladi?
A) barcha ijtimoiy ne’matlarni yarata olmaslik; B) inflatsiyaga qarshi kurasha olmas¬lik;
D) monopoliyalarga qarshi kurasha olmaslik; E) yuqoridagilarning barchasi.
12. Davlat budjetining xarajat qismi:
A) daromad qismiga teng bo’ladi; B) daromad qismidan kichik bo’ladi;
D) daromad qismidan katta bo’ladi; E) daromad qismidan katta ham, kichik ham, teng ham bo’lishi mum kin.
13. Egri soliq nimadan olinadi?
A) daromaddan; B) mulkdan; D) yerdan; E) tovardan.
14. Tadbirkorlik faoliyati natijasida qan-day ko’rinishda daromad olinadi?
A) foiz; B) renta; D)ish haqi; E) foyda.
15. Sherikchilik asosida tuzilgan firma -ning foydasi:
A) ta’sischilar o’rtasida teng miqdorda taqsimlanadi;
B) nizom jamg’armasiga qo’shilgan ulushga mutanosib ravishda taqsim¬lanadi;
D)faqat firmani kengaytirishga sarf-lanadi;
E) ta’sis shartnomasida ko’rsatilgan kelishuv asosida taqsimlanadi.
16. Firmaning moliyaviy mablag’ manbalarini yozing_________________________________
17. Oddiy aksiya egasi firmani boshqarishda .____________________________________..
18. Aksiyadorlar jamiyatining yalpi daromadi 5 million so’mni, umumiy xarajati 3 million so’mni, soliqlar miqdori 1 million so’mni va dividendlar 500 ming so’mni tashkil qildi. Uning
sof foydasi qancha?_________________________________________________________
19. Firma yil davomida 5000000 so’m xarajat qilib, 1250000 so’m sof foyda oldi. Firma yillik faoliyatining samaradorligini toping._______________________________________________
20. Aksiyadorlar jamiyatining yillik foyda¬si miqdorining ortishi, qaysi aksiya qiymatining oshishiga olib kelishi mumkin?_________________________________________________
21.Mas’uliyati cheklangan firmaga misol yozing ________________________________
22.Tadbirkorlikka xos?__________________________________________________
23. Firma 1-yil 1,5 million so’m, 2-yil esa 2 million so’m foyda qildi. Narxlar 2-yilda 1-yilga nisbatan 1,25 marta oshgan bo’lsa, firmaning 2-yilda 1-yilga nisbatan real foydasi qanchaga o’zgargan?____________________________________________________________
24. Menejment deganda qaysi vazifani bajarish ko’zda tutiladi?_______________________
25. Marketing tadqiqot qaysi bosqichdan boshlanadi?______________________________

uz_UZUzbek