9-sinf Iqtisodiy bilim asoslari 2-chorak 1- variant
1. Davlat budjetining daromad qismi manbalariga nima kirmaydi?
A) transfert to’lovlari; B) davlat muUtini sotishdan tushgan mablag’lar;
D) davlatga tegishli qimmatli qog’oz-lardan tushgan dividendlar; E) soliqlar.
2. QuyidagUarning qaysi bin to’g’ri soliq turiga kirmaydi?
A) yer solig’i; B) daromad solig’i; D) mulk solig’i; E) qo’shimcha qiymat solig’i.
3. Quyidagi vazifalarning qaysi biri faqat markaziy bankka tegishli?
A) pul mablag’larini qarzga berish; B) pul emissiyasi;
D)pul mablag’larini qarzga olish; E) chet el valutalarini sotib olish va sotish.
4. Qaysi tadbir davlatning pul-kredit siyosatiga taalluqli emas?
A) pul emissiyasi; B) kredit foiz stavkasini tartibga so-lish;
D) davlat xarajatlarini qisqartirish; E) davlat qimmatli qog’ozlarini chi¬qarish.
5. Qaysi tadbir davlatning budjet-soliq siyosatiga taalluqli emas?
A) pul emissiyasi; B) davlat budjetining xarajat qismini qisqartirish;
D) davlat budjetining daromad qismini ko’paytirish; E) xalqaro jamg’armalardan qarz olish.
6. Ijtimoiy tovarlar — bu …
A) bir kishining foydalanishi bilan
boshqalarning foydalanish imko-niyatlari kamaymaydi; B) tovarni iste’mol qilishni, tovar uchun haq to’laganlarning iste’mol qilishi bilan chegaralab bo’lmaydi-gan tovar;
D) A va В tasdiqlar to’g’ri; E) faqat davlat tomonidan ishlab chiqarailadigan tovarlar.
7. Quyidagilarning qaysi biri ijtimoiy tovar bo’la olmaydi?
A) shahar yong’indan saqlash xizmati; B) shaharni seldan saqlash xizmati;
D) xonadonlarni yoritish; E) ko’chalarni yoritish.
8. Soliqlar stavkasini oshirish nimaga misol bo’la oladi?
A) kredit-budjet siyosatga; B) budjet-soliq siyosatga;
D) pul-kredit siyosatga; E) pul-moliyaviy siyosatga.
9. Quyidagi choralarning qaysinisi bud¬jet-soliq siyosatga tegishli emas?
A) bank foydasiga solinadigan soliqlar stavkasining o’zgartirilishi;
B) Markaziy bank tomonidan bank zaxira normalarining o’zgartirili¬shi;
D)yangi ishlab chiqarishga sarmoya kiritayotgan korxonalar uchun soliq imtiyozlarining berilishi;
E) kam ta’minlangan oilalar uchun ijtimoiy to’lovlarning ko’paytirilishi.
10. Davlatning iqtisodiy vazifalariga nimalar kiradi?
A) jamiyatning huquqiy va ijtimoiy asoslarini saqlash;
B) raqobatni qo’llab-quwatlash va iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
D)daromad va boylikni taqsimlash va qo’shimcha tashqi ta’sirlarni tartibga solish;
E) yuqoridagilarning barchasi.
11. To’g’ri jumlani toping. Davlat budjeti…
A) kamomadli bo’lishi mumkin; B) faqat rivojlangan davlatlarda ka¬momadli bo’lmaydi;
D)kamomadli bo’lishi mamlakat iqtisodiyoti uchun xavfli hisob-lanadi;
E) kamomadi budjet daromadi hiso-bidan qoplanadi.
12. Quyidagilardan qaysi biri davlatning bozor noqobilligi oqibatlarining oldini olish vazifasiga kirmaydi?
A) bozorning monopollashishga qarshi kurashishi; B) ijtimoiy tovarlar va xizmatlar yaratish;
D) daromad va mulkni soliqqa tortish; E) qo’shimcha tashqi ta’sirlarni tartibga solish va nazorat qilish.
13. Davlatning daromad va boylikni taqsimlash vazifasi qaysi tadbirlar orqali amalga oshiriladi?
A) kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish;
B) ko’p daromadli fuqarolarning daro-madidan mos soliq undirish;
D) talabalarga stipendiya berish; E) yuqoridagilarning barchasi.
14. Agar 1000000 so’m pul 24 foiz yillik foiz stavkasi bilan bankka qo’yilgan bo’lsa, yarim yildan so’ng qancha bo’ladi?
A) 120000 so’m; B) 1120000 so’m; D) 12400000 so’m; E) 880000 so’m.
15. Quyidagilarning qaysi bin daroinad solig’i obyekti bo’la oladi?
A) oylikmaosh; B) aksiyadan olingan dividend;
D) bankomonat foizlari; E) yuqoridagilarning barchasi.
16. Shaxsiy turarjoylar va dala hovlilardan qanday foiz stavkasida mol-mulk solig’i undiriladi?
_______________________________________________________________
17. Mabsulot ishlab chiqarish, sotish yoki uni import qilish jarayonida mahsulot narxiga qo’shilgan qiymatning bir qismi davlatga to’lanadigan soliq turi qaysi?_________________
18. Respublikamizda 2000- yildan e’tiboran qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi necha foiz qilib belgilangan?_______________________________________________________
19. Aksiz solig’i solinadigan mahsulot turiga misol yozing___________________________
20. Egri soliq nimadan olinadi?______________________________________________
21. Fuqarolardan qanday soliq undiri-ladi?_______________________________________
22. Faqat mahalliy soliqlarga misol yozing_____________________________________
23. Jismoniy shaxslar yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan to’laydigan soliq qay tarzda belgilanadi?________________________________________________________
24. 2008-yilda yuridik shaxslardan undi-riladigan mol-mulk solig’i stavkasi qancha qilib belgilandi?____________________________________________________________
25. 2010- yil yanvar oyida 300000 so’m maosh olgan ishchi qancha daromad solig’i to’lagan? (eng kam oylik ish haqi miqdorini 37680 so’m deb oling)_______________________________