“Kompyuter texnikasi vositalari” mavzusi bo‘yicha test savolllari.
1.Birinchi vinchesterni qachon va qaysi firma ishlab chiqargan?
A)1973-yil IBM firmasi tomonidan
B)1973-yil Apple firmasi tomonidan
C)1973-yil Microsoft firmasi tomonidan
D)1973-yil Sony firmasi tomonidan
2.Kompyuterning asosiy qurilmalari ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A)protsessor, monitor, klaviatura, printer
B)protsessor, monitor, klaviatura
C)protsessor, monitor, sichqoncha, printer
D)printer,klaviatura, sichqoncha, trekbol
3.Kompyuterning qo‘shimcha qurilmalari ko‘rsatilgan qatorni ko‘rsating.
A)Protsessor, monitor ,klaviatura, printer
B)Sichqoncha, printer, skaner, multimedia
C)Sichqoncha, monitor, skaner, joystick
D)Skaner, printer, klaviatura, sichqoncha
4) Egiluvchan magnet disklarning o‘lchami
A)3,5 dyumli va 5,25 dyumli B)3,5 mm va 5.25 mm
C)3.25 dyumli va 5.5 dyumli D)3.25 mm va 5.5 mm
5.Axborotning eng kichik o‘lchov birligi
A)bit B)bayt C)terabayt D)bod
6.Magnit disklarga axborot yozish va o‘qish qurilmasi
A)vinchester B)strimer C)skaner D)Printer
6.Multimedia-
A)ma’lumotlarni qog‘ozga chiqarish qurilmasi;
B)fotosurat, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish qurilmasi;
C)matn, tovushli ma’lumotlarni , tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi axborot texnologiyasi; D)To‘g‘ri javob yo‘q.
7.“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” iborasini yozish uchun necha bayt joy kerak bo‘ladi?
A)33 bayt B)31 bayt C)32 bayt D)30 bayt
8.Monitordagi piksellarning umumiy miqdori…….. deyiladi
A)monitorning o‘lchami; B)monitorning holati;
C)monitorning parametri; D)monitorning imkon darajasi.
9.Plotter nima?
A)chizmalarni qog‘ozga chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilma;
B)ma’lumotlarni qog‘ozga chiqarish qurilmasi;
C)fotosurat, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish qurilmasi;
D)ma’lumotlarni ekranga chiqarish qurilmasi.