Mantiqiy amallar” mavzusi bo‘yicha test savollari.
1.Biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar…………. deb ataladi.
A)soda mulohazalar B)murakkab mulohazalar
C) mantiqiy mulohazalar D)to‘g‘ri javob yo‘q.
2.A va B mulohazalar bir paytda rost bo‘lgandagina rost bo‘ladigan yangi mulohazani hosil qilish amali……………. deb ataladi.
A)mantiqiy qo‘shish amali B)mantiqiy ayirish amali
C)mantiqiy ko‘paytirish amali D)mantiqiy inkor amali
3.A va B mulohazalarning kamida bittasi rost bo‘lganda rost bo‘ladigan yangi murakkab mulohazani hosil qilish amali ………….deb ataladi.
A) mantiqiy qo‘shish amali B)mantiqiy ayirish amali
C)mantiqiy ko‘paytirish amali D)mantiqiy inkor amali
4.A mulohazani rost bo‘lganda yolg‘on, yolg‘on bo‘lganda esa rost qiymat oladigan mulohaza hosil qilish amali ……deb ataladi
A) mantiqiy qo‘shish amali B)mantiqiy ayirish amali
C)mantiqiy ko‘paytirish amali D)mantiqiy inkor amali
5.Bir kishi aytdi: “Men yolg‘onchiman yoki qora sochliman”.U kishi kimligini aniqlang.
A)Rostgo‘y va qora sochli B)Yolg‘onchi va qora sochli
C)Rostgo‘y va malla sochli D)Yolg‘onchi va malla sochli
6.Mantiqiy ko‘paytirish amali uchun qaysi bog‘lovchidan foydalaniladi?
A)Emas B)Yoki C)Va D)Javob yo‘q
7 Mantiqiy qo‘shish amalini qo‘llash uchun qaysi bog‘lovchidan foydalaniladi?
A) Emas B)Yoki C)Va D)Javob yo‘q
8.(E>D)^A^ ]B mantiqiy ifodaning qiymatini D=3,2 va E= – 2,4, A=”rost” va B= “rost” bo‘lganda hisoblang.
A)rost; B)yolg‘on; C)10 D)11
9.Mantiqiy qo‘shish amalini lotincha ifodasi
A)konyuksiya B)dizyunksiya
C)inversiya D)javob yo‘q
10.Mantiqiy ko‘paytirish amalini lotincha ifodasi
A)konyuksiya B)dizyunksiya
C)inversiya D)to‘g‘ri javob yo‘q
11.Mantiqiy inkor amalining lotincha ifodasi
A)konyuksiya B)dizyunksiya C)inversiya D)javob yo‘q