Fan: Geografiya
Sinf: 6- sinf
Mavzu: Okeaniya
Mavzu | III – chorak 34-dars
Okeaniya. |
Maqsad, vazifalar | Maqsad: O‘quvchilarda yangi atama va tushunchlarni shakllantirish; Okeaniya tabiiy-geografik o‘rni xususiyatlari haqida tasavvurlar hosil qilish; o‘quvchilarda geografik o‘rin ko‘nikmasini shakllantirishda davom etish; Mikroneziya, Polineziya, Meloneziyaga kiruvchi orollarni xaritadan topa olish ko‘nikmalarini mashq qilish; Okeaniyani tadqiq etgan sayyohalr haqida ma’lumotlar berish. |
O‘quv jarayonining
mazmuni
|
Vazifalar: O‘quvchilarda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish, geografik atlas va xaritalar bilan ishlashga qiziqish o‘yg‘otish.
O‘quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg‘ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi. |
O‘quv jarayonini
Amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: “Aqliy hujum”, juftlikda ishlash (“B.B.B”), “Guruhlar bilan ishlash”.
Shakl: Savol-javob, jamoa va yakka tartibda ishlash, amaliy mashg‘ulot. Vosita: Dunyo tabiiy xaritasi, 6-sinf o‘quv atlasi, yozuvsiz xarita, 6-sinf darsligi, “Kompyuter Osiyo” ITP tomonidan yaratilgan o‘quv filmi, tarqatma savollar. Usul: Tayyor yozma materiallar, Akvarium, mavzuga oid xaritalar asosida. Nazorat: Savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat qilish. Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ball tizim asosida baholash. |
Kutilayotgan natijalar | O‘qituvchi:
Mavzu belgilangan vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning darsda faolligi oshadi. Ularda fanga nisbatan qiziqish o‘yg‘onadi. Amaliy mashg‘ulot davomida barcha o‘quvchilar baholanadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga o‘rgatiladi. O‘quvchi: Mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo‘ladilar. Guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar |
Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar) | O‘qituvchi:
Yangi pedagogik texnologilarni o‘zlashtiradi va darsda tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqiyalar bilan bog‘laydi va solishtiradi. O‘quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashi o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi. Yangi mavzuga oid qo‘shimcha materiallar topishga harakat qiladi.
|