6-sinf Botanika fanidan 1-yarim yillik test
24.05.2017
Ona tili 5-sinf diktant 1-variant
28.05.2017
Show all

6-sinf Botanika fanidan 2-yarim yillik test

6 sinflarda  botanika fanidan test savollari

II yarim yillik

 

1. Murakkab soyabonli to‘pgulni toping.

a) sabzi, rediska   b) uzum, shashir s) ukrop, petrushka     

2. Savatcha to‘pgulni aniqlang.

a) kungaboqar, shuvoq b) yong‘oq, oqqayin      s) karrak, sabzi

3. Spermalar gulning qaysi qismida rivojlanadi.?

a) gulqo‘rg‘on      b) urug‘chida       s) chang donachasida 

4. Endosperma qaysi hujayrada rivojlanadi  .

a) urug‘langan  b)urug‘langan markaziy   hujayrada s) hosil qiluvchi to‘qima  hujayrasida

5. Dorivor o‘simliklar qatorini toping ?

a)Olma,zira,qulupnay,burchoq          b)Ermon,marmarak,dalachoy       

s) Marmarak, zira, yeryong‘oq.

6. Ziravor o‘simliklar qatorini toping.

a) bodom, kashnich, beda, jag‘-jag‘ b) o‘rik, sedana, arpa, ukrop.                    s) sedana, kashnich, zira, alqol.

7. Urug‘ qanday qisimdan iborat.?

a) murtak, urug‘pala, po‘st              b)poyacha, endosperma, ildizcha                 s) urug‘, barg, poya

8. Tarkibida oqsil ko‘p bo‘lgan o‘simlik?

a) bug‘doy, yong‘oq, mosh    b)  loviya, mosh, no‘xat   s)bodom, no‘xat, g‘o‘za     

9Efir moyi ko‘p bo‘lgan o‘simlik.?

a) zira, mosh,       b) achiqbodom, shaftoli          s) zira, shivit       

1O.Urug‘i tarkibida zahari ko‘p bo‘lgan o‘simliklar qatori?

a) mastak, shaftoli, kampircho‘pon

b) g‘o‘za, shaftoli,  shivit

s) zira, loviya, mastak,

11.Qaysi o‘simlik urug‘i 100 yil saqlanadi?

a) izen   b) saksovul      s) yantoq 

12.G‘o‘za urug‘i yerga necha santimetr chuqurlikda ekiladi?

a) 6-7 sm    b) 6-10 sm     s) 2-3 sm

l3. Makkajo‘xori  urug‘i yerga necha santimetr chuqurlikda ekiladi?

a) 3-5 sm    b) 6-10 sm     s) 1-3 sm

14.Qo‘ng‘ir bosh o‘simligining mevasining uzunligi va og‘irligi?

a) 0,3 mm, 0,1-0,2 mg  b) 0,5 mm, 0,1-0,2 mg  s) 0,2 mm, 0,5-0,6 mg  15. Avtoxor o‘simlik deb nimaga aytiladi?

a) shamol bilan tarqaladigan o‘simliklarga b) meva va urug‘i o‘z kuchi bilan tarqaladigan o‘simliklarga  s) meva va urug‘i hayvonlar tarqaladigan o‘simliklarga

16.Qanotchalari orqali tarqaladigan o‘simlik?

a) tol, terak, zarang                b) qayrag‘och, qoqio‘t, cherkiz        s) boyalish, baliqko‘z, zarang        

1 7.Yantoqning ildizi necha metrgacha chuqurlikka boradi?

a) 25-30 m           b) 20-30m            s) 20-35 m          

1 8.O‘simliklar sistematikasi to‘g‘ri berilgan qatorni toping.

a) tur, turkum, sinf, oila, bo‘lim                b) tur, turkum, oila,sinf, bo‘lim, o‘s dur             s)         tur, turkum, bo‘lim, oila, sinf

19.Turkum nima?

Javob:_________________________________

20.Ra’nodoshlar oilasiga mansub o‘simliklarni yozing. Javob:_________________________________

21. Bakteriyalar qanday tuzilishga ega ?

Javob:_________________________________

22. Chirituvchi bakteriyalar qanday oziqlanadi?.

Javob:_________________________________

23.Parazit bakteriyalar deb nimaga  aytiladi?.

Javob:_________________________________

24.G‘o‘za gommozi qanday nomlanadi?

Javob:_________________________________

25. Zamburug‘lar qaysi belgilari bilan bakteriyalarga o‘xshaydi?. 

Javob:_________________________________

 

uz_UZUzbek