5-sinf Ona tili diktant ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
28.05.2017
5-sinf Rus tili fanidan bilimlar bellashuvi savollari
29.05.2017
Show all

5-sinf Ona tili va adabiyot diktant ixtisoslashtirilgan maktablar uchun

 

Ona tili va adabiyot (ixtisoslashtirilgan maktablar uchun)

5-sinf   2 variant

 Mangu yoshlik oroli

 

Kishilar ko’zidan yiroqda joylashgan olis tumanning ufqlar ortida mangu yoshlik oroli mavjud.Sharqiy Yaponiya dengizining qoyali qirg’oqlari bo’yida yashovchi xalqning aytishicha, yilning ma’lum vaqtida dengiz to’lqinlari bilan birga ko’tariladigan afsonaviy daraxtni ko’rish mumkin.Bu Fuzano tog’i cho’qqisidagi o’lmas daraxtning o’zidir.

Garchi bu daraxt bir lahzaga namoyon bo’lsa-da, uning shoxlariga ko’zi tushgan kishi xuddi erta tongda shirin tush ko’rgan kabi o’zini baxtiyor sezadi. Orolda mangu bahor hukm suradi, havosi toza, shifobaxsh, hamisha tiniq, feruza osmondan daraxt va gullar yaprog’iga ingan shudring ularda mangulik sirlarini namoyon etadi.

Oroldagi daraxtlarning nozik yaproqlari hech qachon o’z ko’rkamligini yo’qotmaydi. To’q pushti rang lolalar va gullar hech qachon so’lmaydi.

         Turfa gullar daraxtlar shoxlarini go’zallikka burkaydilar; norjil daraxtining mevalari esa hech qachon o‘zining xushbo’yligini yo’qotmaydi va so’lish bilmaydi.
(121 ta so`z)(«Ipak yo’li rivoyatlari» kitobidan)

uz_UZUzbek