5-sinf Ona tili fanidan diktant 2-variant
28.05.2017
5-sinf Ona tili va adabiyot diktant ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
28.05.2017
Show all

5-sinf Ona tili diktant ixtisoslashtirilgan maktablar uchun

Ona tili va adabiyot (ixtisoslashtirilgan maktablar uchun)

5-sinf   1 variant

 

Rost gapirgan yetar niyatga

 

O‘zbek xalq og‘zaki ijodida rostgo‘ylik yuksak insoniy fazilat sifatida bag‘oyat ulug‘lanadi, yolg‘onchilik esa qattiq qoralanadi. Rostgo‘ylik, ya’ni to‘g‘ri so‘zlash kishini murod-maqsadiga yetkazishi, unda oliyjanoblik, tantilik, xushfe’llik, nozikta’blik, mardlik, haqgo‘ylik kabi xislatlarning shakllanishida, atrofdagilarga nisbatan qalbda ishonch, hurmat, e’tiqod va sadoqatni kamol toptirishdagi roli alohida uqtiriladi. Yolg‘onchilik kishini beburd qilib, uning obro‘-nufuziga putur yetkazadi, kishiga nisbatan ishonchni yo‘qotadi, oqibatda, uning yuziga qora tor- tilib, butunlay subutsiz qilib qo‘yadi.Subutsiz kishi el nazaridan qoladi. Xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy tajribalari asosida yuzaga kelgan yolg‘onchilik va rostgo‘ylik haqidagi xulosalarida bu yaqqol namoyon bo’ladi. Barcha yaxshi fazilatlar kabi rostgo‘ylik ham qonimizga buvilarimizning ertak-afsonalari-yu onamizning allalari, otamizning pand-nasihatlari-yu ustozlar o‘gitlari orqali singadi.Ularga amal qilish eng oliyjanob fazilat.

                                                        (117 so ‘z. Malik Murodov, «Oltin sandiq)

uz_UZUzbek