Ona tili 5-sinf diktant 1-variant
28.05.2017
5-sinf Ona tili diktant ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
28.05.2017
Show all

5-sinf Ona tili fanidan diktant 2-variant

Ona tili va adabiyot (umumta`lim maktablar uchun)

5-sinf   2 variant

 

Ruhiy ne’mat

Bilamizki, she’riyatning onasi qadim-qadimgi mehnat qo‘shiqlaridir.Ibtidoiy odam qo’shiq bilan hayot zahmatini yengillashtirgan.Qo‘shiq nafaqat inson umri – insoniyat umriga yo‘ldosh deyish mumkin. Axir Odam Atoga kuy bilan jon baxsh etilgan deb bekorga rivoyat qilmaganlar.

Qo‘shiqning joni kuy bo’lsa, vujudi she’rdir. So‘z va kuy jism-u jon kabi bir butun bo‘lgan joyda haqiqiy qo‘shiq paydo bo’ladi.

Mamnuniyat bilan aytish mumkinki, bizning ana shunday qo‘shiqlarimiz bor. Birinchi navbatda mumtoz merosimiz bi­lan faxrlansak arziydi.Zamonaviy bastakorlarimiz ham chiroyli asarlar bilan elni xushnud qilmoqda.Endi istagimiz, ko’pchilik jam bolib aytadigan qo‘shiqlarni ko‘proq yaratish, davralarda, yo’llarda jaranglatib kuylaydigan ashulalar yaralishi kerak.Umuman, bizda negadir ko’pchilik bo’lib ashula aytish uncha rasm bo’lmagan.Qo‘shiq aytish – xonandaning ishi deb bilamiz.Aslida, qo’shiq aytishning shukuhi o‘zgacha.

(117 ta so`z)

uz_UZUzbek