Bilimlar bellashuvining Respublika bosqichi uchun ona tili va adabiyot fanidan nazorat materiallari
5-sinf
1-variant
1. Qaysi javobdagi so’zlarda qo’sh undoshning bir harf tarzida yozilishi xato bo’lmaydi?
A) ukki, silliq, chakki B) hissa, muddat, so’nggi
C) dakki, jizza, malla D) yalla, billur, qattiq
2. “yupqa” so’ziga zid ma’no beradigan so’z ishtirok etgan gapni toping.
A) Sovg’ani qalin qog’ozga o’rab, uy tomon shoshildim.
B) Salim bilan Valijon qalin o’rtoq.
C) Uning sochlari juda qalin.
D) Kenja botir qalin to’qayzorni kesib o’tishi kerak.
3. Picha un topib kelsam, qozon ossak qanday bo’lar ekan-a? Bola rangi bo’zarib ketsa ham un chiqarmasdi. Ushbu gaplarda un so’zi ma’no munosabatiga ko’ra qanday so’z hisoblanadi?
A) ko’p ma’noli B) shakldosh
C) ma’nodosh D) zid ma’noli
4. Tilshunoslikning qaysi bo’limida gapning ikkinchi darajali bo’laklari haqida bahs yuritiladi?
A) fonetikada B) leksikologiyada
C) morfologiyada D) sintaksisda
5. So’z birikmasini toping.
A) ukam uchun B) qalam bilan
C) erta bahor D) imzo chekmoq
6. Kutilmagan xabar eshitishi natijasida taajjub bildirib, aynan gapni yoki uning biror bo’lagini takrorlash natijasida qanday gap hosil bo’ladi?
A) darak gap B) so’roq gap C) so’roq-buyruq gap D) his-hayajon gap
7. Quyida berilgan gapda gap bo’laklari tartibi to’g’ri tahlil etilgan qatorni toping. Og’zi bo’shga ishonib bo’lmaydi.
A) to’ldiruvchi, kesim B) to’ldiruvhchi, ega, kesim
C) aniqlovchi, ega, kesim D) ega, to’ldiruvchi, kesim
8. Vatanimizning yer osti boyliklari bitmas-tuganmasdir. Unda oltin ham, temir ham, mis ham, gaz ham-hamma narsa bor. Nigora barcha fanlardan doim a’lo baho oladi. Unda ilmga qiziqish nihoyatda zo’r. Ushbu gaplardagi unda so’zi qanday gap bo’lagi vazifasida qo’llangan?
A) har ikkala gapda ham to’ldiruvchi vazifasida kelgan
B) har ikkala gapda ham hol vazifasida kelgan
C) birinchi gapda hol, ikkinchi gapda to’ldiruvchi vazifasida kelgan
D) birinchi gapda to’ldiruvchi, ikkinchi gapda hol vazifasida kelgan
9. Hol uyushib kelgan gapni toping.
A) U topshirilgan vazifalarni ham aniq ham puxta va bir zumda bajarardi.
B) Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi.
C) Go’zallik va yaxshilik hamisha siz bilan birga bo’lsin.
D) Odam baxt uchun yashaydi, kurashadi va ijod qiladi.
10. Hoy, Sobir polvon, ko’p pishillamasdan sopigacha tozala! Ushbu gapda qaysi so’z undalma vazifasida kelgan?
A) Sobir B) polvon C) hoy, Sobir D) Sobir polvon
11. Hammasi faqat birlikda qo’llanadigan otlarni toping.
A) baxt, ko’z, kitob B) quyosh, sut, neft
C) asal, daftar, go’zallik D) ozodlik, bola, qo’l
12. Bugun poyezdda Buxoroga jo’nab ketyapman. Ushbu gapda qaysi zamon ma’nosi ifodalangan?
A) o’tgan zamon B) hozirgi zamon C) kelasi zamon D) hozirgi va kelasi zamon
13. Quyidagi uch xususiyatlardan qaysilari yordamchi so’z turkumlariga xos?
1) lug’aviya ma’no 2) grammatik ma’no 3) grammatik vazifa
A) faqat 2 B) 2,3 C) 1,2,3 D) 1,2
14. Qaysi qatorda qo’shma gap berilgan?
A) Kishilar mehnatni qadrlaydilar, ulug’laydilar.
B) Dasturxonni yozib, nonlarni ushatdi.
C) Nabobat olami bo’lmasa, hayotning o’zi bo’lmaydi.
D) Sinf rahbarimizaytdi, ertaga sayohatga boramiz
15. Qaysi ko’chirma gapda tinish belgilari noto’g’ri qo’yilgan?
A) “Ismoilga ko’rsataman buni”, – dedi Ravshan.
B) –Nima ko’rdingiz?-dedi polvon.
C) “Xo’sh qanday yangiliklar bor?!” – dedi O’ktam.
D) O’ylar edi – “Ishning qizig’i keyin bilinadi”.
16. Buxoro amiri Xolid ibn Ahmadning taklifiga javoban “Men ilmni xor qilmayman, uni hukmdorlar eshigiga olib bormayman” deb javob qaytargan olim kim?
A) Firdavsiy B) Ezop C) Imom al-Buxoriy D) A.Navoiy
17. Milloddan avvalgi VI asrda yashagan Lidiya shohi Kerz saroyida xizmat qilgan, Vavilon shohi Likurg saltanatida xazinabon darajasiga ko’tarilgan, Delfa shahrida tog’ qoyasida otib yuborib o’ldirilgan jahon adabiyotining buyuk darg’asi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) Ezop B) Aristotel C) Jonatan Svift D) Lafonten
18.“Gulliverning sayohatlari” asarida Gulliver qaysi mamlakatda tanti, olijanob, ma’rifatparvar odamlarga duch keladi?
A) Brobdingnegda B) Blefuskuda C) Leputada D) Liliputiyada
19. “Daniyaning Odens shahrida tug’ilgan Kopengagen universitetida o’qigan Gyugo, Balzak, Dyumo, Dikkens, Geyne kabi buyuk ijodkorlar bilan muloqotda bo’lgan”. Ushbu tarjimai hol qaysi ijodkorga tegishli?
20. A.Qodiriyning “Uloqda” hikoyasida uloq chopish paytida halok bo’lgan obrazni aniqlang.
21.“Qimmatbaho liboslarga burkangan kazoo-kazolar “o’tsinlar-o’tsinlar” bilan to’rdan joy oladilar. Poygakda eski to’n kiygan bir darvesh qisinibgina o’tirardi”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan va muallifi kim?
22. “Ko’nglimda dardlarim daryodek oqin” Ushbu misra muallifini aniqlang.
23. Mazkur bayt A.Navoiyning qaysi asaridan olingan? Yaxshidur avvalg’isi xud begumon,
Lek ikkinchisi ham ermas yomon.
24. Eh, attang, shuncha mehnat qilsang-u, mehnating ko’kka sovurilsa. Ushbu gapdan kirish so’zni toping.
25. Ozaytirma sifat shakli sifatning qaysi ma’no turidan yasaladi?