5-sinf Ona tili fanidan bilimlar bellashuvi Respublika bosqichi testi
03.09.2017
7-sinf Ona tili fanidan bilimlar bellashuvi Respublika bosqichi testi
03.09.2017
Show all

6-sinf Ona tili fanidan bilimlar bellashuvi Respublika bosqichi testi

Bilimlar bellashuvining Respublika bosqichi uchun ona tili va adabiyot fanidan nazorat materiallari

6-sinf

1-variant

 

1. To‘qimachilikni so‘zi tarkibidagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar berilgan qatorni toping.

A) –ma, -chi, -lik        B) –i, -ma, -chilik          C) –chi, -lik              D) –ma, -chilik

2. Bir xil asosli so‘zlar qaysi javobda berilgan?

A) kulgi, kuldon, kulba, kulolchilik               B) boshda, boshliq, boshqa, boshqird

C) betinim, tinchlik, tindirmoq, tiniq             D) noma, nomus, nomzod, nomard

3. Qaysi javobda faqat o‘timli fe’llar berilgan?

A) kiymoq, uxlamoq, yalamoq                      B) yurgizmoq, bilib olmoq, chaqirmoq

C) ochmoq, uxlatmoq, zavqlanmoq               D) yuvmoq, kuldirmoq, yetib olmoq

4. Birdan ortiq nisbat qo‘shimchalarini olgan fe’llarning qaysi nisbatda ekanligi qanday aniqlanadi?

A) nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo‘shimchaga qarab

B) o‘zakka nisbatan eng yaqin joylashganligiga qarab

C) bir fe’lga birdan ortiq nisbat yasovchi qo‘shimcha qo‘shilmaydi.

D) tarkibida birdan ortiq nisbat hosil qiluvchi qo‘shimchalar mavjud bo‘lgan fe’llar bir necha nisbatga oid bo‘ladi.

5. Qaysi xususiyat harakat nomiga xos?

A) harakat nomi fe’llar kabi tuslanadi.

B) harakat nomlari zamonni ko‘rsatadi.

C) harakat nomlari shaxs-son ko‘rsatadigan fe’l shakllaridan hisoblanadi.

D) harakat nomlari otlar kabi turlanadi.

6. Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang.

A) Bu voqea hech qachon yodimdan ko‘tarilmaydi.        B) Asta-sekin tong ota boshladi.

C) Nur sochib oy chiqadi yorga boqqani.                        D) Allaqayerda bo‘rilar uvillashi eshitildi.

7. O‘tgan zamon sifatdoshi berilgan so‘zlar qatorini toping.

A) qizil, pushti, oq                                    B) soqqan, kechikkan, qo‘rqqan

C) gapirmoq, bormoq, aytmoq                 D) bilimli, siniq, torgina

8. Berilgan gapda qaysi mayldagi fe’llar o‘z ifodasini topgan?

A) shart, xabar       B) shart, maqsad          C) xabar, shart             D) shart, maqsad

9. I shaxs ko‘plikdagi fe’llar qaysi qatorda berilgan?

A) so‘zladi, bilinadi                                  B) yozdingiz, ketdilar

C) bajardingiz, ta’minlashdi                     D) ko‘chirdik, yozganmiz

10. Bir turdagi predmetning birini yoki shu turdagi predmetlarning umumiy nomini bildirishga ko‘ra otlar qanday tavsiflanadi?

A) turdosh va atoqli otlar

B) yakka otlar

C) sanaladigan otlar, sanalmaydigan otlar

D) mavhum otlar va aniq otlar

11. O‘rin-joy otini yasovchi qo‘shimchalar qatorini ko‘rsating.

A) –chi, -xon, -g‘ich              B) –zor, -iston, -loq

C) –do‘z, -bon, -qich             D) –dosh, -zor, -loq

12. Ozaytirma va kuchaytirma sifatlarni qaysi so‘z turkumlaridan hosil qilish mumkin?

A) sifat va otlardan                       B) barcha so‘z turkumlaridan

C) faqat sifatlardan                       D) sifat, son va otdan

13. Otlashgan sifat qaysi gapda qo‘llangan?

A) Izchil mehnat hamma to‘siqlarni yengadi                  B) Havo sof, bog‘ ko‘m-ko‘k

C) Baxtsizlikda burchga sodiq qolish buyuk xislatdir     D) Otning yaxshisi uloqda bilinadi

14. Qurbon ota ikkinchi samovarga xumdan suv olib quymoqda edi. Ushbu gapdagi tartib sonning sintaktik vazifasini aniqlang.

A) aniqlovchi          B) kesim           C) hol            D) to‘ldiruvchi

 

15. Ravish so‘z turkumiga oid bo‘lgan qaysi so‘z qo‘shib yoziladi?

A) bir qancha                    B) bir yo‘la              C) bir zum         D) hamma yoq

16. Qaysi adib tarjimai holida “Ruhi pok bo‘lgan, tarbiyaga quloq soladigan, bolalar dunyosida ishlasam qanday bo‘lar ekan”, – deb o‘ylay boshladim va qaror ham qabul qildim, bolalar, o‘smirlar dunyosiga paqqos o‘tib ketdim, deb ta’kidlaydi?

A) G‘afur G‘ulom                                     B) Chingiz Aytmatov

C) Xudoyberdi To‘xtaboyev                     D) Jonatan Svift

17. “Shum bola” qissasidagi Sariboyni laqqillatish sujetida shum bola yolg‘onlarini qaysi yolg‘oni bilan boshlaydi?

A) Bo‘riboyvachchaning terakdan yiqilib o‘lishi bilan

B) otining o‘lishi bilan

C) qo‘rg‘onning yonishi bilan

D) dandon sopli pichoqning sinishi bilan

18. Muqimiyning “Tanobchilar” she’rida “kunda pix” so‘zining ma’nosi to‘g‘ri izohlangan qatorni toping.

A) pixini yorgan o‘g‘ri

B) mashhur kishilarga nisbatan ishlatiladigan so‘z

C) eshak gavdali

D) to‘nkaday qo‘pol

 

19. Nemis shoiri Gyotening “Faust” asarini o‘zbek tiliga qaysi shoirimiz tarjima qilgan?

 

20. Qadimiy lirik janr hisoblanib kuyga solib aytishga mo‘ljallab yoziladi – bu ….

 

21. Ushbu parcha Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarining qaysi bobidan olingan? “Isrof saxo emas va itlofni ma’no ahli saxo demas”.

 

22. “Abay” taxallusi bilan ijod qilgan buyuk qozoq shoirining asl ismi kim?

 

23. Xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi hamda davlat mukofotlari sohibi kim?

 

24. Harakatning belgisini bildiruvchi so‘zlar qanday nomlanadi?

 

25. Ravish gapda qanday sintaktik vazifani bajaradi?

 

 

 

 

 

uz_UZUzbek