6-sinf Ona tili fanidan bilimlar bellashuvi Respublika bosqichi testi
03.09.2017
8-sinf Ona tili fanidan bilimlar bellashuvi Respublika bosqichi testi
03.09.2017
Show all

7-sinf Ona tili fanidan bilimlar bellashuvi Respublika bosqichi testi

Bilimlar bellashuvining Respublika bosqichi uchun ona tili va adabiyot fanidan nazorat materiallari

 7-sinf

1-variant

1. Olmoshlarga xos Grammatik xususiyatlar qaysi javobda noto‘g‘ri izohlangan?

A) Olmoshlardan ba’zi qo‘shimchalar o‘rqali ot, ravish yoki fe’llar yasalishi mumkin.

B) Olmoshlar ba’zi so‘zlar bilan qo‘shilib, boshqa so‘z turkumiga ko‘chishi mumkin.

C) Olmoshlar ba’zi so‘z turkumlaridan qo‘shimchalar yoki sintaktik yo‘l bilan yasalishi mumkin.

D) Olmoshlar otlarga xos so‘z o‘zgartiruvchilar bilan o‘zgaradi.

2. U, bu olmoshlari qaysi kelishiklar bilan turlanganda kelishik qo‘shimchasi oldidan bir –n tovushi orttiriladi?

A) jo‘nalish, o‘rin-payt, tushum kelishigi                  B) jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi

C) qaratqich, jo‘nalish, chiqish kelishigi                   D) jo‘nalish, o‘rin-payt kelishigi

3. Har kimning o‘z orzusi bor. Ushbu gapda olmoshning ma’no va Grammatik xususiyatlariga ko‘ra qaysi turlari mavjud?

A) belgilash olmoshi                                      B) so‘roq olmoshi

C) belgilash va o‘zlik olmoshi                       D) bo‘lishsizlik olmoshi

4. Qaysi gapda tushum kelishigidagi ot belgisiz qo‘llangan?

A) Cho‘l qovunlari shirin bo‘ladi                              B) Har fasl o‘z ishini bilsin….

C) Baho havosi juda o‘zgaruvchan bo‘ladi               D) Bir kishi ariq qaziydi, ming kishi suv ichadi

5. Quyidagi she’riy parchada kishilik olmoshlariga qo‘shilgan qo‘shimcha qaysi kelishik o‘rnida qo‘’langan? Ona xalqim, jon-tanim manim,

O‘zbekiston, vatanim manim!

A) qaratqich kelishigi    B) tushum kelishigi       C) jo‘nalish kelishigi       D) chiqish kelishigi

6. Quyidagi gaplarning qaysi birida tushum kelishigi o‘rnida jo‘nalish kelishigini qo‘llash mumkin?

A) Butun dalani o‘quvchilarning shovqini tutib ketdi.

B) Dam oluvchilar tog‘ havosini maqtab ketishdi.

C) Nima dedingiz? Gapingizni tushunmadim.          D) Shoir yangi yozgan she’rini щэйши berdi.

7. Sof ko‘makchilarni toping.

A) bilan, singari, kabi, sari                             B) sayin, tomon, uchun, yarasha

C) qadar, qaraganda, bilan, orqali                 D) uchun, ko‘ra, kabi, sayin

8. Bog‘lovchi ishtirok etgan gapni toping.

A) Endi orqaga yo‘l yo‘q                   B) Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi.

C) Mening so‘zlarimhozircha sizlarga bir tush, bir xayol bo‘lib ko‘rinishi mumkin.

D) Shu yerda gaplashaveramiz, sen juda charchagansan

9. Faqat yakka holda qo‘llanuvchi bog‘lovchilar qatorini toping.

A) dam, va, ham         B) goh, yo, ba’zan      C) yohud, biroq, chunki         D) va, ammo, lekin

10. Takroriy bog‘lovchilar qaysi qatorda berilgan?

A) dam, ammo, va      B) ham, chunki, biroq      C) yo, yoki, goh, dam       D) goh, agar, ham

11. Quyidagi gap tarkibidagi bog‘lovchining shakli va vazifasiga ko‘ra turini aniqlang. Hammani olib boradimi yoinki xohlagan borib, xohlamagan qola beradimi?

A) ayiruv, takroriy                          B) zidlov, yakka

C) biriktiruv, takroriy                      D) ergashtiruvchi, yakka

12. Qaysi bog‘lovchilar ustma-ust qo‘llanishi mumkin?

A) teng bog‘lovchilar

B) zidlov bog‘lovchilar

C) ergashtiruvchi bog‘lovchi

D) ayiruv bog‘lovchisi

13. So‘zga qo‘shilib yoziluvchi yuklamalar qaysi qatorda berilgan?

A) –ku, -da, -a                            B) –ya, -oq, ham

C) –ki, -mi, -chi                          D) –gina, -dir, -mi

14. Ayiruv va chegaralov yuklamalari qo‘llangan gapni toping.

A) U faqatgina o‘zini ovutishga uringanday             B) O‘g‘li otasining xuddi o‘zi

C) Bunga qiziqmayam qo‘ydim                                D) Ancha yerni sug‘oribsizlar-ku, azamatlar

15. Saida Zunnunovaning ilk she’ri – …..

A) “Salom senga”           B) “Qizingiz yozdi”           C) “Gullar vodiysi”       D) “Gulbahor”

16. Ushbu parcha qaysi asardan olingan va kimning qalamiga mansub?

-Mulla G‘avvos Muhammad inim! Mashaqqat bo‘lsa ham Buxoroyi sharifni ko‘rib qo‘yganimiz yaxshi, dedi ….. ochiq chehra bilan.

A) “Mardlik afsonasi”, Shuxrat                        B) “Me’mor”, Mirmuhsin

C) “Qiyomat qarz”, O‘lmas Umarbekov          D) “Oq kema”, Chingiz Aytmatov

17. Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asarida bola o‘z-o‘zi bilan gaplashishni yaxshi ko‘rardi, lekin bu safar u o‘zi emas, ……. ga so‘z qotdi.

A) saman toychog‘iga            B) Bo‘key xolasiga            C) bobosiga          D) portfeliga

 

18. “Ravshan” dostonida Ravshan Zulxumor haqida qanday xabar topadi?

A) Yunus pari xabar beradi                                       B) tushida xabar topadi

C) uzuk ko‘zidagi yozuvdan xabar topadi                D) o‘tkinchi qalandarlar xabar berishadi

 

19. Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonida “Mehr” so‘zi qizning ismini bildirish bilan birga yana qanday ma’noni anglatardi?

 

20. Qofiyadan keyin takrorlanadigan so‘z yoki so‘zlar birligi …… deyiladi.

 

21. Cho‘lpon mustamlaka asoratiga tushib qolgan va shunga ko‘nikkan o‘lkani qanday ataydi?

 

22. 1860-yil avgustining 14-kunida tug‘ilgan, “Yovvoyi yo‘rg‘a” asarining muallifi kim?

 

23. Qaysi adibimiz dastlabki asarlari ostiga “Norin Shilpiq”, “Sarimsoq” singari taxalluslar qo‘llagan?

 

24. Haydash-chaqirish ma’nolarini bildiruvchi so‘zlar deb nimaga aytiladi?

 

25. Qaysi so‘z turkumlari so‘zlovchining anglatilayotgan fikriga munosabatini ifodalaydi?

 

 

uz_UZUzbek