Bilimlar bellashuvining Respublika bosqichi uchun ona tili va adabiyot fanidan nazorat materiallari
8-sinf
1-variant
1. Ikki yoki undan ortiq mustaqil ma’noli so‘zdan tuzilgan, o‘zaro Grammatik va ma’no jihatdan bog‘langan so‘zlar ……. deyiladi.
A) qo‘shma so‘zlar B) so‘z birikmasi C) juft so‘zlar D) otli birikma
2. Tobe bog‘lanishli so‘z birikmasini toping.
A) yoshu qari B) Markaziy Osiyo C) mehnatda fidokor D) shaftoli va o‘riklar
3. Qaysi qatorda tobe so‘z bilan bosh so‘zning moslashuvli birikishi berilgan?
A) do‘stga sadoqat B) chiroyli yozmoq C) Vatanga muhabbat D) maktab kutubxonasi
4. Tilshunoslikning qaysi bo‘limida gapning ikkinchi darajali bo‘laklari haqida bahs yuritiladi?
A) sintaksisda B) fonetikada C) leksikologiyada D) morfologiyada
5. Ot-kesimli gapni aniqlang.
A) Pastak eshik g‘iyqillab ochildi B) Jahl-dushman, aql-do‘st
C) Shoikrom qizning gapini eshitmadi D) Xadichaning uzunchoq sarg‘ish yuzi qizardi
6. Gap bo‘lagi vazifasida kela olmaydigan so‘z turkumlarini berilgan javobni toping.
A) mustaqil so‘z turkumlari B) ot, olmosh, ravish
C) bog‘lovchi, yuklama, ko‘makchi D) son, olmosh, sifat
7. Ikkinchi gap – to‘liqsiz gapda qaysi gap bo‘lagi tushirilgan? – Ukangiz bormi?
– Bor.
A) to‘ldiruvchi B) hol C) ega D) aniqlovchi
8. Kesimlar qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
A) fe’l kesim, ot kesim B) sodda va murakkab kesim
C) yetakchi va ko‘makchi fe’ldan tuzilgan kesim D) bog‘lamali va sifat kesim
9. Murakkab ot-kesimli gapni toping.
A) U irg‘ib o‘rnidan turdi.
B) Mehnat qancha qiyin bo‘lsa, noni shuncha shirin bo‘ladi.
C) Daraxtlarga o‘zim qarab turaman.
D) Bola boldan shirin
10. Shaxsi ma’lum gapni toping.
A) Otaning amaliga suyanma.
B) Hayotni go‘zalliksiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
C) Kitoblarni kutubxonaga topshirgani ketdi.
D) Keksalikni ko‘prikka tashbeh qiladilar.
11. Shaxsi noma’lum gapni aniqlang.
A) Ziyolilar bilan mayin ohangda gaplashmoq zarur.
B) Yolg‘onni hazil bilan ham, jiddiy ham gapirib bo‘lmaydi.
C) She’rda aql bovar qilmas sehr bor.
D) Sharqda savdogarlarga alohida hurmat bilan qaraganlar.aydi.zil bilan ham, jiddiy ham gapirib bo’zarur.
12. Shaxsi umumlashgan gapni aniqlang.
A) Birovning izidan gapirma, yuziga gapir.
B) Aruz vaznining ohangini yurak urishiga o‘xshataman.
C) Zo‘r quvonchga faqat katta mehnat bilan erishish mumkin.
D) Farzandni gulag, onani bo‘stonga o‘xshatadilar.
13. Vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan gapni belgilang.
A) Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod.
B) Do‘st bilan sirdosh bo‘l, ishiga yo‘ldosh bo‘l.
C) Gulnora jo‘shib she’r o‘qidi.
D) Xolamning o‘g‘li biz bilan bir sinfda o‘qiydi.
14. Vositali to‘ldiruvchining so‘roqlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) kimga? nimaga? kimda? nimada? kimni?
B) kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? kim bilan? nima bilan? kim haqida? nima haqida? kim tomonida?
C) qayerni? qayerga? qayerda? qayerdan?
D) nima uchun? kim haqida? nima haqida? nimani?
15. Xalq dostonlarining ko‘pchiligiga xos xususiyat – …
A) ularda ishq-muhabbat mavzusining ustunligi
B) ham nasr, ham nazm usulida yozilishi
C) aql bovar qilmaydigan qahramonliklar tasvirining mavjudligi
D) ularda sehrli tilsimlarning ko‘p uchrashi
16. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonida baxt ramzi bo‘lgan qahramonni aniqlang.
A) Kuntug‘di B) Oyto‘ldi C) O‘g‘dulmish D) O‘zg‘urmish
17. Qofiyasidagi sakkizta so‘zdan 6 tasi o‘zbekcha, 2 tasi tojikcha bo‘lgan Navoiyning g‘azalini belgilang.
A) “Orazin yopqach ko‘zimdin” B) “Qaro ko‘zim…”
C) “Kelmadi” D) “Deyin”
18. Ushbu misralar G‘afur G‘ulomning qaysi asaridan olingan?
E, o‘g‘lim, jonginang salomat bo‘lsin,
O‘z bog‘ing, o‘z mevang danagin saqla.
Shu meros bog‘ingni, o‘z qo‘lingga ol,
Menga topshirilgan merosiy haq-la.
A) “Sen yetim emassan” B) “Vaqt” C) “Alisher” D) “Sog‘inish”
19. 1908-yilda Oqtosh shahrida shifokor oilasida tug‘ilgan, “Mirzo Ulug‘bek” fojiasi, “Iskandar Zulqarnayn” dostonining muallifi kim?
20. Fransuzcha so‘z bo‘lib, inson hayotini jamiyat bilan bog‘lab, keng tasvirlovchi yirik epik janr – bu:
21. Quyida berilgan ijod mahsulining to‘rtinchi misrasida qanday jumlalar bo‘lishi kerak?
Vatan – ona so‘zi naqadar laziz,
Sensan har narsadan mo‘tabar, aziz,
Hurmatingni saqlar har bir o‘g‘il-qiz,
Muqaddas, mo‘tabar, ulug‘ Vatanim,
………………………………………….
22. Suyukli yorni “kipriklari uzun kokillaridan”, “barcha farishtalar sening qalbingda ijarada turgan qizlar men uchun”, – deya ta’riflagan shoir kim?
23. R.Tagorning qaysi qo‘shig‘i Bangladesh Xalq Respublikasining davlat madhiyasi hisoblanadi?
24. Berilgan gapdan ajratilgan izoh bo‘lakli gapni toping: Qobiljon Umaraliyev, tasviriy san’at o‘qituvchisi, to‘garak ishini yo‘lga qo‘yib yubordi.
25. Tong shabadasi g‘ir-g‘ir esmoqda. Ushbu gapda holning qaysi turi qo‘llangan?