Biologiya fanidan bilimlar bellashuvining Respublika bosqichi uchun nazorat materiallari
6- sinf 1- variant
1. Gulqo‘rg‘on qanday qismlardan iborat ?
A) gultoji va gulkosacha B) gulo‘rin va gulkosacha
C) urug‘chi va changchi D) gulband va gulo‘rin
2. To‘g‘ri gulli o‘simliklarni aniqlang
A) beda, isfarak B) nastarin, burchoq
C) shaftoli, o‘rik D) kiyiko‘t, loviya
3. Bitta gulda ham urug‘chi ham changchi bo‘lsa qanday nomlanadi?
A) bir jinsli gul B) bir uyli o‘simlik
C) ikki jinsli gul D) ikki uyli o‘simlik
4. Qaysi o‘simlik urug‘ida urug‘palla qat-qat bo‘lib joylashgan?
A) go‘za B) sedana C) ravoch D) turp
5. O‘simliklarga tayanch va uning organlariga mustahkamlik beruvchi to‘qima qaysi?
A) asosiy B) po‘kak C) mexanik D) po‘stloq
6. Parazit bakteriyalar odamda qanday kasalliklar paydo qiladi?
A) grip, qizamiq B) ichburug‘, suvchechak
C) terlama, vabo D) oshqozon, ichak
7. Sholipoyalarda keng tarqalgan suv o‘ti qaysi ?
A) ulotriks B) nemalyon C) xara D) kladofora
8. Qo‘ziqorinlarning meva tanasi qachon xosil bo‘ladi ?
A) bahorda B) qishda C) kuzda D) yozda
9. Assimilyatsiya, suv va havoni jamg‘arish vazifalarini bajaradigan to‘qima
A) asosiy B) po‘kak C) mexanik D) po‘stloq
10. Ikki urug‘pallali o‘simliklarning urug‘i qanday qismlardan tuzilgan?
A) po‘st, endosperm, murtak B) po‘st, 2 ta urug‘palla, murtak
C) endosperm, ildizcha, kurtakcha D) ildizcha, poyacha, kurtakcha
11. Chatnaydigan mevalarni aniqlang
A) qo‘zoq, don, ko‘sak, yong‘oq
B) ko‘sak, yong‘oq, dukkak, uchma
C) don, yong‘oq, dukkak, qo‘zoqcha
D) dukkak, ko‘sak, qo‘zoq, qo‘zoqcha
12. Qaysi o‘simliklarning urug‘ida zaharli moddalar bo‘ladi?
A) g‘o‘za, kungaboqar, yong‘oq B) sholi, bug‘doy, makkajo‘xori
C) shaftoli, mastak, kampirchopon D) loviya, mosh, no‘xot
13. Suvo‘tlarda xlorofill vazifasini nima bajaradi?
A) xromatofora C) xloroplast B) leykoplast D) sitoplazma
14. Avtoxor o‘simliklarni belgilang
A) burchoq, xina, yorongul B) qayrag‘och, shumtol, zarang
C) qoqio‘t, terak, tol D) zubturum, kurmak, qo‘ypechak
15. Urug‘ nafas olganda nima yutib, nima chiqaradi?
A) kislorod yutadi, karbonat angidrid,suv, issiqlik chiqaradi
B) karbonat angidrid yutadi, kislorod chiqaradi
C) kislorod yutadi, havo, karbonat angidrid hiqaradi
D) karbonat angidrid yutadi, issiqlik, havo chiqaradi
16. Ildizning uchki qismini nima o‘rab turadi?
A) lldiz tukchalari B) lldiz qinchasi
C) lldiz naychalari D) lldiz o‘tkazuvchilari
17. Chala butalarga qaysi o‘simliklar kiradi
A) sho‘ra, qora qat B) shuvoq , sho‘ra
C) zirk, do‘lana D) qora qat, zirk
18. Q’o‘za go‘mazini qaysi organizmlar keltirib chiqaradi
A) bakteriyalar B) achitqilar C) zambrug‘lar D) viruslar
19. Lub tolasi poyasida yaxshi rivojlangan o‘simliklar?
20. Shakli o‘zgargan yerosti poyalar qaysilar?
21. Funariya yo‘sinining jinsiy azosi nima deb ataladi?
22. O‘simliklarda xlorofill donachalari qaysi omil ta’sirida paydo bo‘ladi?
23. Gulpoyada bandsiz yoki qisqa bandli bo‘lib joylashgan gullar nima deb ataladi?
24. O‘rik, g‘o‘za, beda, oqquray kabi o‘simliklar nima yordamida changlanadi?
25. Yer yuzida gulli o‘simliklarning qancha oilasi bor?