30 dan 39 gacha bo’lgan sonlar mavzusida dars ishlanma
16.09.2017
Gap va matndan harakatni bildirgan so`zlarni topa olish
16.09.2017
Show all

1 va 2 xonali sonlar mavzusida dars ishlanma

MAVZU: “BIR VA IKKI XONALI SONLAR”

Sinf:1-“B”

Darsning maqsadi:

ta’limiy:a) Bir xonali sonlar haqida egallagan bilimlarini boyitib borish,ikki xonali sonlar haqida bilim berish;

b).Ikki xonali sonning xona birliklari haqida bilganla- rini puxtalab borish.

tarbiyaviy:a).Mavzu mohiyatini yoritish maqsadida “Bo’g’ir-soq” ertagidan unumli foydalanish. Ertak orqali o’quvchilarda zukko,bilimdon,topqir bo’lish fazilatlarini tarbiyalash;

b).O’quvchilarni matematika faniga qiziqishini ort-tirib borish;

d).Ayyor bo’lmaslik,to’g’riso’z bo’lish,insonparvarlik ruhida tarbiyalash.

rivojlantiruvchi:O’quvchilarga yangi mavzu mohiyatini yetka-zib berish jarayonida ularning faollik qobiliyatini rivojlantirib borish.

Darsning metodi:Aralash,ertak,suhbat

Darsning jihozi:1-sinf “Matematika” darsligi, bo’g’irsoq ertagiga slaydlar,

DARSNING BORISHI:

I.Tashkiliy qism:Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligi ni tekshirish,navbatchi ishini baholash.

II.O’tgan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash:

Og’zaki savol-javob o’tkazish.

Bir xonali sonlarni aytib bering:1,2,3,4,5,6,7,8,9

Ikki xonali sonlarni ayt:10,11,12,13,14,15,16,17,18,19,20

III.Yangi mavzuni bayon etish:

Yangi mavzuni “Bo’g’irsoq” ertagi orqali o’quvchilar ongiga singdirish.Bo’g’irsoqning yo’li tasvirlangan slayd ko’rsatiladi va quyidagicha ertak boshlanadi:

Qadim zamonda bir chol bilan kampir bo’lgan ekan.Ular ju-da kambag’al bo’lganligi uchun non qilishga qurbilari yetmab-di.Kampir suprani sidirib,bittagina bo’g’irsoq pishiribdi.Bo’g’ir-soqni sovisin deb deraza yoniga qo’yibdi,u o’tirib-o’tirib zeri-kibdi va dumalab zinaga,zinadan yo’lakka,yo’lakdan o’rmon yo’ liga chiqib,o’zining quvnoq qo’shig’ini aytib ketayotgan ekan,ol didan quyoncha chiqib qolibdi.Quyon bo’g’irsoqqa:”Men seni yeyman”,debdi,shunda bo’g’irsoq:”Mayli,lekin bitta shartim bor,shuni bajara olsang,meni yeyishing mumkin”.Quyon rozi bo’libdi.

Bo’g’irsoq unga darslikdagi 1-misolni tushuntirib berishini so’rabdi.Quyon bu misolni qanday tushuntirishni bilolmay hay-ron  bo’lib turgan ekan,bo’g’irsoq o’zi qo’shig’ini boshlabdi,un-ga o’quvchilar qo’shilishibdi:

Men bo’g’irsoq,bo’g’irsoq,

Supradagi un-urvoq.

Supurishib oldilar,

Qaymoqqa xo’p qordilar.

Pishirdilar tovada,

Sovutdilar havoda.

Qochib kerdim bobomdan,

Qochib ketdim buvimdan.

Eshit quyon bo’ldi bas,

Sendan qochish hech gapmas…

O’qituvchi:Quyon bu misollarni tushuntirib bera olmabdi.Qani, bolajonlar,sizlar tushuntirib bering-chi,deb bolalarga murojaat etiladi.

O’quvchilar:1,2,3,4,5,6,7,8,9-bular bir xonali sonlar;

10,11,12,13,14,15,16,17,18,19,20-bular ikki xonali sonlar deb aytib beradilar.

O’quvchilarning bu fikrlarini to’ldirish maqsadida,o’qituvchi quyidagi jadvaldan foydalanib tushuntiradi.

Bo’g’irsoq yo’lda davom etib ketayotgan ekan,oldidan bo’ri chiqib qolibdi.Bo’ri ham bo’g’irsoqqa:”Men seni yeyman”,debdi. Bo’g’irsoq quyonga aytgan gapini aytibdi:”Mayli,lekin bitta shartim bor,shuni bajara olsang,meni yeyishing mumkin”.

Bo’g’irsoq 5-misolni yechib berishni so’rabdi.Bo’ri esa bu vazifani bajara olmabdi,bu misolni ham o’quvchilar bir zumda aytib berishadi:

13,15,17,19 sonlaridan oldin keladigan qo’shni sonlar 12,14, 16,18 dir.12,14,16,18 sonlaridan keyin keladigan qo’shni son lar 13,15,17,19 deb aytadilar.

Bo’g’irsoq yo’lida davom etib ketayotgan edi,oldidan ayiq chi qib qolibdi.Ayiq ham bo’g’irsoqqa:”Men seni yeyman”,debdi. Bo’g’irsoq quyonga aytgan gapini aytibdi:”Mayli,lekin bitta shartim bor,shuni bajara olsang,meni yeyishing mumkin”.

Bo’g’irsoq 4-misolni yechish kerakligini aytadi.Ayiq ham bu vazifani bajara olmaganidan so’ng,o’quvchilar yordam beradi-lar.3-misolda sonlar tartibini davom ettirish kerak edi.

6,7,8,9,10,11,12,13;14,15,16,17,18,19,20.

Bo’g’irsoq yana yo’lda davom etib ketaveradi,ayiq orqasidan qarab qolaveradi.Bo’g’irsoq o’z qo’shig’ini aytib ketayotib,tul-kiga duch kelibdi.Tulki bo’g’irsoqqa: :”Men seni yeyman”,deb-di.Bo’g’irsoq tulkiga ham shart qo’yibdi.

Bo’g’irsoq tulkiga 2-masalani yechish kerakligini aytibdi. Tulki bu masalani yecha olmabdi.O’quvchilar bu vazifani quyi-dagicha bajaribdilar:

Sharti:

Bor edi-8 ta daftar

Berdi-2 ta daftar

Bo’ldi-? ta daftar

Yechish: 8+2=10 (ta) daftar

Javob:10 ta daftar bo’ldi.

O’qituvchi:Aziz,bolajonlar,ko’rdingizmi? Bilimning kuchi tufayli bo’g’irsoq falokatdan qutulib qoldi.Matematikani bilmaganlikla-ri uchun quyon,bo’ri,ayiq va tulkilar bo’g’irsoqni yeya olmabdi-lar.Bolajonlar,bo’g’irsoq kabi zukko,aqlli,topqir bo’lishingiz u-chun yaxshi o’qishingiz kerak ekan.

V.Darsni yakunlash:O’quvchilar bilimini baholash,faol qatnash gan o’quvchilarni rag’batlantirish.

VI.Uyga vazifa:Ikki xonali sonlar.Darslikning 96-betidagi

3-misolni yechish.

 

 

Manba: Eduportal.uz

uz_UZUzbek