1-bosqich Fan olimpiadasi o’tkazish uchun test savollari.
1.Konstitutsiyada mustahkamlanganidek, O’zbekiston bu- ……..
A) Suveren demokratik respublika;
B) mustaqil demokratik respublika;
D) mustaqil xalq- demokratik respublikasi;
E) suveren, mustaqil demokratik respublika;
2. O’zbekiston Respublikasining “Jamiyat huquqiy madanyatini yuksaltirish milliy dasturi” qachon qabul qilingan?
A) 1997- yil 29- avgustda B) 2001- yil 4- yanvarda
D) 1998- yil 29- avgustda E) 2001- yil 18- yanvarda
3. Kishilarning xulq-atvoriga, ularning xatti-harakatlariga va odatlariga ta’sir o’tkazish imkoniyati nima deyiladi?
A) Jamiyat B) Hokimyat
D) Davlat E) Jamoa
4. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq qonunchilik tashabbusi huquqi kimlarga berilgan?
A) O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlis Deputatiga
B) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga
D) Oliy sudga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Xo’jalik sudiga,O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga
E) Yuqoridagilarning barchasi to’g’ri
5. Axloq qanday vujudga kelgan?
A) Jamoa a’zolari tomonidan o’rnatilgan
B) Davlat tomonidan o’rnatilgan
D) Huquq va Davlat bilan vujudga kelgan
E) Davlat apparati tarkibida paydo bo’lgan
6. Qaysi qatordagi javob g’amxo’rlik qilish ma’nosini anglatadi?
A) Advokat B) Adliya vazirligi
D) Prokuror E) Sudya
7. “Ov qilish huquqidan mahrum qilish” qaysi javobgarlik turiga kiradi?
A) Ma’muriy B) Intizomiy
D) Jinoiy- intizomiy E) Fuqaroviy
8. Agar 16 yoshli yoki 18 yoshga to’lmagan voyaga yetmagan shaxs o’ta o’gir jinoyat sodir etgan bo’lsa, unda necha yilga ozodlikdan mahrum qilish mumkin?
A) 12 yil B)15 yil
D)10 yil E) Umrbod ozodlikdan mahrum qilish
9. “O’zbekiston Respublikasida o’lim jazosini bekor qilish to’g’risida “gi qonun qachon kuchga kirgan?
A) 2008-yil 1- yanvarda B) 2005- yil 1- avgust
D) 1992- yil 2- mart E) 1991-yil 31- avgust
10. O’zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati tizimi qaysi prinsipga asoslangan?
A) xalq deputatlari Kengashlarining yalpi hukmronligi
B) hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo’linishi
D)qonun chiqaruvchi hokimiyatning ustunligi
E) hamma javoblar to’g’ri
11. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga muvofiq kim O’zbekiston xalqi nomidan ish ko’rishga haqli?
A) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
B) Oliy Majlis
D) Vazirlar Mahkamsi
E) to’g’ri javob A va B
12. “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?
A) 1991-yil 31-avgust B) 1992-yil 8-dekabr
D) 1990-yil 29-dekabr E) 1990-yil 23-yanvar
13. ”Apatridlar” bu – ………
A) fuqaroligi bo’lmagan shaxslar
B) mamlakatning tub ahliga mansub aholi
D) fuqarolikni qabul qilgan boshqa davlatdan ko’chirilganlar
E) ikkinchi fuqarolikni qabul qilgan ajnabiy fuqarolar
14. Jinoiy javobgarlik qaysi yoshdan boshlanadi?
A) 18 yoshdan B) 21 yoshdan
D) 16yoshdan E) 13yoshdan
15. Xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatiga kim rahbarliklari qiladi?
A) Oliy Majlish Kengashi B) Vazirlar Mahkamasi
D) Hokim E) Oliy Majlis Raisi
16. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimi qachon ta’siz etilgan?
A) 1991- yilda B) 1990- yilda
D) 1992-yilda E) 1993- yilda
17. Inson va fuqarolarning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqlari……………
A) siyosiy huquqi B) shaxsiy huquqi
D) ijtimoiy va iqtisodiy huquqi E) Konstitutsiyaviy huquqi
18. Lotincha – bildirilishi shart bo’lgan narsa?
19. O’zbekiston qachon BMTning to’la huquqli a’zosi bo’lgan?
20. “Fuqorolarning murojaatlari to’g’risida”gi qonunning yangi tahriri qachon qabul qilingan?
21. Jinsiga, qaysi millatga mansubligiga, diniy va siyosiy e’tiqotiga ko’ra, ma’lum bir guruhdagi fuqorolar huquqlarini noma’lum tarzda cheklash yoki mahkum qilish……….. deb ataladi.
22. Qonunchilik protsessining birinchi bosqichi.
23. Inson huquqlari bo’yicha vakillik institut.
24. “Mehnatga tayyorlash maqsadida o’quvchilar 15 yoshdan boshlab o’qishdan bo’sh vaqtda ishga qabul qilinishi mumkin” huquq normasi qaysi qonunning nechanchi moddasida belgilangan.
25. Qaysi partiyaning maqsadi huquqiy demokratik davlat barpo etish, ijtimoiy adolat o’rnatish.