9-sinf Huquq fanidan Fan olimpiadasi uchun test
21.09.2017
Xiva xonligi mazvusiga oid testlar
22.09.2017
Show all

Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid testlar

1 “Agar bizning  quvvat va qudratimizga  ishonmasang , bizning imoratlarimizga boq. “

Qo‘yidagi so‘zlar  Amir Temur qurdirgan qaysi inshoat peshtoqiga yozib qo‘yilgan.

A  Ko‘ksaroy  B. Oqsaroy  S Bo‘stonsaroy  D. Ulugbek madrasasiga.

2. Prezident I. A. Karimov farmoni bilan  nechanchi yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi.

A. 1997 B. 1995  S. 1996.  D. 1998.

3. Amir Temur Sulton Boyazid bilan bo‘ladigan bo‘lajak to‘qnashuvda qanday maqsadni ko‘zlab Genuya va Venetsiyaga sovg‘a salomlar  hamda maktublar bilan elchilar yuboradi.

A. Genuya va Venetsiyadan yordam so‘rash maqsadida . B. Venetsiya harbiy askarlaridan bo‘lajak to‘qnashuvda foydalanish maqsadida    S. Sulton Boyazid bilan to‘qnashuvda Terapezunt va Kanstantinopolning  harbiy kemalaridan foydalanish maqsadida  D B. J. T.

4. YUNESKO qarori bilan 1996-yil aprel oyida qaysi shaharda A. Temur  tavalludining 660-yilligi keng nishonlandi.

A. Bonn  B. Glazgo.  S. Istambul. D. Parij.

5. A. Temurning qaysi hukmdor ustidan qozonilgan g‘alabasi faqat O‘rta Osiyo uchun emas, balki Sharqiy Yevropa  shuningdek Rus  knyazliklarining  birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan.

A. A. Husayn  B. Sulton Boyazid. S. Ilyosxo‘ja  D. To‘xtamishxon.

6. A. Temurning  yetti yillik  harbiy yurishlari davrini ko‘rsating

A. 1392-1399 B. 1386-1393 S. 1388- 1395 D. 1399-1404.

7. 1996-yilda O‘zbekistonning qaysi shaharlariga  A. Temur ordeni topshirildi.

A. Samarqand va Shahrisabz. B. Shahrisabz va Buxaro. S. Samarqand va Termiz  D. Samarqand va Xiva.

8. 1370-yil 10-aprelda…

A. Balx shahri A. Temurga taslim bo‘ldi. va A. Husayn asr olinib qatl etildi. B. Chig‘atoy ulusining bek va amirlari viloyat va tumanlarning dorug‘alari, A. Temur piri Sayid Baraka ishtirokida qurultoy o‘tkazildi.

S.A. Temur hukmronligi rasman tan olinib u Movaraunnahr hukmdori deb e’lon qilindi.

D. B. J. Noto‘g‘ri.

9. O‘zaro yordam masalasida A. Temur  qaysi davlat noibi bilan  yozishmalar olib boradi.

A. Fransiya qiroli Karl VI bilan.  B. Kastiliya va Leon qiroli Genrix III  de Trastamara. S. Buyuk Britaniya qiroli Genrix IV.  D. T. J. Yo‘q.

10 A. Temur qaysi shaharda otasi va o‘g‘li  Jahongirning qabri ustiga  maqbara qurdirgan.

A. Samarqand  B. Shahrisabz. S. Buxoro  D. Xiva.

11. A. Temur qaysi shahar  tevaragini Oxanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh , So‘zangaron va Feruza  kabi nom bilan yuritiluvchi  olti darvozali  mustahkam yangi qa’la devor bilan o‘rab chiqadi.

A. Buxoro B. Shahrisabz. S. Samarqand. D.Toshkent.

12. A. Temurning qarorgohi bo‘lmish Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroylar qaysi shahar arkida barpo etilgan.

A. Buxoro B. Shahrisabz. S. Samarqand. D.Toshkent.

13.Ispaniya elchisi Klavixo nechanchi yillarda Samarqandda bolgan.

A. 1403-1405 B.1403-1407  S. 1405-1406 D. 1403-1404

14. 1402-yilning bahorida Ispaniya elchilari dastlab A. Temurning qaysi qarorgohiga yuboriladi.

A Samarqanddagi Koksaroyga B. Shahrisabzdagi Oqsaroyga  S. Mo‘g‘ulistondagi Qoraqurumga D. Kichik Osiyodagi  qarorgohiga.

 

 

 

15 Ispaniya elchisi Klavixoning Samarqanddagi  taassurotlari qanday nomlar ostida ispan tilida bir necha bor nashr qilinadi.

A. “ Buyuk Temur tarixi “, “Temur qarorgohi”,  “Samarqanddagi sayohat kundaligi”. B.  . “ Buyuk Temur tarixi “, “Temur qarorgohi”, “Temurning harbiy yurushlari.” S. “ Zafarnoma”, “ Temur tuzuklari”.

D.” Samarqanddagi sayohat kundaligi”, “ Samonli yo‘l “.

16.A. Temur tavallud topgan sanani ko‘rsating.

A. 1337-yil 9- aprel  B. 1338-yil 9-aprel S. 1336-yil 9-aprel. D. 1336-yil 7-aprel

17 A. Temur shaxsi ulu’lanib qaysi shaharda A. Temur haykali o‘rnatilgan.

A. Ispaniya   B. Fransiya S. Turkiya  D . Rossiya

18. A. Temur qaysi urug‘dan bo‘lgan

A. Oltoy  B Qoraqalpoq S.  Barlos D T. J. Yoq

19. A. Temur 1404-yil 27-noyabrda 200 ming qo‘shin bilan…

A. Hindistonga yurish qiladi    B. Sulton Boyazida qarshi yurish qiladi.  S. Samarqanddan Turkiya safariga chiqadi. D Samarqanddan  Xitoy ustiga yurish qiladi.

20. A. Temur qachon vafot etadi.

A. 1405-yil 18-fevral    B.1407-yil 13may.  S. 1404-yil 18-fevral   D. 1405-yil 2iyun

 

 

 

uz_UZUzbek