1. Biopolimerlarga mansub bo‘lmagan organik birikmalarni aniqlang.
1) oqsil 2) lipid 3) polisaxarid
4) ATF 5) nuklein kislota 6) yog‘ kislota
А) 1, 3, 5 В) 2, 4, 6 С) 1, 2, 5 D) 3, 4, 5
2. Ildizga xos bo‘lmagan xususiyatlarni aniqlang.
а) barg hosil qilmaydi
b) karbonat angidridning yutilishini va kislorodning ajralishini ta’minlaydi
v) fotosintezni amalga oshiradi
g) o‘simlikni tuproqqa biriktrib turadi
d) suv va mineral moddalarni shimadi
е) nafas olishda ishtirok etmaydi
А) а, g, d В) а, v, d С) b, v, е D) b, d, е
3. Nematoda chuvalchanglardan farq qilib ko‘p tukli halqali chuvalchanglarda… rivojlangan:
А) hazm sistemasi; В) ayirish sistemasi; С) qon aylanish; D) nerv sistemasi.
4. Chigirtkalarning qanotlari tananing qaysi bo‘limida joylashgan?
А) ko‘krak va qorin В) ko‘krak С) boshko‘krak va qorin D) boshko‘krak.
5. Qon aylanish sistemasining murakkablashib borishi bo‘yicha ketma–ket joylashtirilgan hayvonlar qatorini aniqlang.
А) salamandra – tovushqon – gavial – dengiz tulkisi;
В) skat – triton – gavial – tovushqon;
С) akula – timsoh – salamandra – tovushqon;
D) alligator– akula – salamandra – norka.
6. Prokariot organizmni aniqlang.
А) nozema. В) nitella С) laminariya D) nostok.
7. Translyatsiya jarayoni uchun matritsa – qolip vazifasini … bajaradi.
А) tRNK; В) DNK; С) rRNK; D) iRNK.
8. Odamning qaysi faoliyati shartli refleksga misol bo‘la olmaydi?
А) Kun tartibiga rioya qilish В) yorug‘lik ta’sirida ko‘z qorachig‘ining kengayishi
С) qo‘ng‘iroq chalinganda darsga kirish D) hisoblash
9. Tashqi muhitdan olingan ta’sirlarning impulsga aylanishi …. da sodir boladi.
А) harakatlantiruvchi nervda В) analizatorning markaziy qismida
С) analizatorning periferik qismida D) bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida
10. Hujayraning membranaga ega bo‘lgan qismlarini aniqlang.
1. Yadro 2. Ribosoma 3. Mitoxondriya 4. Hujayra markazi 5. Golji apparati
А) 1, 2, 3; В) 1, 3, 5; С) 2, 4, 5; D) 1, 2, 4.
11. Katta qon aylanish doirasi qon tomirlarini aniqlang.
1. Aorta 2. Buyrak venasi. 3. Buyrak arteriyasi. 4. o‘pka arteriyasi. 5. o‘pka venasi. 6. Pastki kovak vena
А) 1,2, 6 В) 2, 3, 4 С) 1, 4, 5 D) 1, 4, 5
12. Qizil to‘shning hujayrasiga mansub bo‘lmagan tuzilmalarni aniqlang.
1. mitoxondriya
2. Sellyulozadan iborat hujayra qobig‘i
3. Golji apparati
4. Plastida
5. Ribosoma
6. hujayra shirasi bilan to‘lgan vakuola
А) 2, 5, 6. В) 2, 3, 4, 6. С) 2, 4, 6. D) 1, 4, 6.
13. Qon tomirlari va ularda qanday qon oqishini juftlang.
1) venoz qon 2) arterial qon
а) kichik qon aylanish doirasining vena tomirlari; в) katta qon aylanish doirasining vena tomirlari; с) kichik qon aylanish doirasining arteriya tomirlari; d) katta qon aylanish doirasining arteriya tomirlari
А) 1 – а, d; 2 – в, с В) 1 – а, в; 2 – с, d С) 1 – с, d; 2 – а. в D) 1 – в, с; 2 – а, d
14. Qarag‘ay va na’matak uchun umumiy xususiyatni aniqlang.
А) qo‘sh urug‘lanish; В) gulning mavjudligi;
С) urug‘idan ko‘payishi; D) tugunchadan meva hosil bo‘lishi.
15. Boshoqdoshlar oilasi vakillari orasida … hayot shakllari ko‘p uchraydi:
А) o‘t В) liana С) buta D) daraxt
16. O‘simliklarda organic moddalar … orqali harakatlanadi.
А) lub tolalari В) elaksimon naylar С) ksilema naylari D) floema naylari.
17. Sarv o‘simligi zuhrasochdan farq qilib:
А) quruqlikda o‘sadi В) ildiz va poyaga ega
С) urug‘kurtakdan urug‘, tugunchadan meva hosil qiladi D) urug‘idan ko‘payadi.
18. Dengiz cho‘chqalari o‘zaro chatishtirilganda avlodda 50% qora (dominant) va 50% oq (retsessiv) ho‘chqalar olindi. Ota – onalarning genotipini yozing.
19. RNK nukleotidlari tarkibini aniqlang.
1) A, U, G, C azot asoslari
2) almashinmaydigan aminokislotalar
3) glitserin
4) riboza uglevodi
5) yog‘ kislota
6) fosfat kislota qoldig‘i
20. Qaysi metod yordamida hujayra qismlarini ajratib olib o‘rganiladi?
21. O‘simliklarning sistematik guruhlarini kichikdan kattaga qarab ketma – ket yozing.
1) sholg‘om
2) karamdosh
3) ikki pallali
4) yovvoyi sholg‘om
5) yopiq urug‘li
22. O‘simlik guruhlarini evolyutsion jarayonda kelib chiqishi b‘oyicha ketma – ket tartib bilan yozing. 1) yashil suvo‘tlar
2) yo‘sinlar
3) yopiq urug‘lilar
4) qirqquloqlar
5) ochiq urug‘lilar
23. No‘to‘gri fikrlarni aiqlang. Tegishli raqamlarni tartib bilan yozing.
1) iRNK nasliy axborotni yadrodan ribosomaga yetkazadi
2) tRNK nasliy axborotni yadrodan ribosomaga yetkazadi
3) iRNK yakka polinukleotid zanjiridan tuzilgan
4) iRNK ning ikkita polinukleotid zanjiri bir-biri bilan vodorod bog‘lar orqali birikkan
5) RNK tarkibida riboza uglevodi va uratsil azot asosi mavjud
6) RNK tarkibida dezoksiriboza uglevodi va timin azot asosi mavjud
24. To‘g‘ri fikrlar berilgan raqamlarni yozing. Simpatik nerv sistemasi faoliyatini aniqlang.
1) siydik qopi muskullarini bo‘shashtiradi;
2) bronxlarni toraytiradi;
3) bronxlarni kengaytiradi;
4) nafas olishni tezlashtiradi;
5) me’da va ichaklarning harakatini tezlashtiradi.
6) ter ajralishini susaytiradi
25. O‘simlik va ularning bargi o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang.
А. Oddiy barg. 1) shirinmiya
Б. Murakkab barg. 2) tok
3) yeryong‘q
4) itsigak
5) o‘rik